Nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti


Mazmuni Materiya xossalarining ayrim asosiy ta’riflari



Yüklə 11,6 Mb.
səhifə9/127
tarix01.03.2023
ölçüsü11,6 Mb.
#101691
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127
KIMYO FANI O`UM(УМК)

Mazmuni

    1. Materiya xossalarining ayrim asosiy ta’riflari.

Materiyaning holatlari
Kimyoda markaziy mavzu
Energiyaning ahamiyati

    1. Ilmiy yondoshuv - nazariyani rivojlantirish

O‘lchov birliklari va birliklardan o‘zaro o‘tish koeffitsientlari
Sistematik yondoshuv
1.3. Ilmiy tadqiqotlardagi birliklar sistemasi
SI sistemasi birliklarining o‘ziga xosligi
Intensiv va ekstensiv xossalar
1.4. O‘lchashlardagi noaniqlik: son qiymatlarini yiriklashtirishning ahamiyati
Ahamiyatli xatolarni aniqlash
Xisoblashlar va olingan son qiymatlarini yiriklashtirish
Aniqlik, tartiblilik va kalibrovka usullari



Kimyo biz kundalik hayotda ishlatayotgan moddalarnigina o‘rganmaydi. Sog‘liqni saqlash, iqlim o‘zgarishi, hayotning paydo bo‘lishi va boshqa juda ham muxim masalalar va muammolarning asosiy qismini kimyoni qo‘llamasdan va materiyaning fizikaviy va kimyoviy xossalarini tadqiqot usullarisiz hal qilish mumkin emas.
    1. Ayrim fundamental holatlar


Kimyo materiyani va uning fizikaviy xossalarini, turli ta’sirlar natijasida doimo energetik o‘zgarishlar bilan birga kuzatiluvchi o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Materiyaning xossalari.
Olamni tashkil qiluvchi barcha narsalar materiyadir: havo, planetalar va boshqalar, ya’ni massa va hajmga ega bo‘lgan barcha narsalar. Kimyogarlar doimo materiyaning tarkibini, uni tashkil qilgan oddiy moddalarning turlarini bilishni xoxlaydilar. Modda materiyaning bir turi bo‘lib, u ma’lum o‘zgarmas tarkibga ega. Materiya uning xossalari orqali o‘rganiladi, chunki tavsiflovchi moddalar uni individualligini belgilaydi. Moddalarni identifikatsiya qilish uchun ikki tur - fizikaviy va kimyoviy xossalar o‘rganiladi:
Fizikaviy xossalar qaynash temperaturasi, suyuqlanish temperaturasi, zichlik, elektr o‘tkazuvchanlik va boshqa ko‘pgina xossalarni o‘z ichiga oladi. Fizikaviy o‘zgarish - bu modda o‘zining fizikaviy xossalarini o‘zgartirgan holda kimyoviy tarkibini saqlab qoladi.
Masalan, suyuqlanish jarayonida moddalarning fizikaviy xossalari o‘zgaradi, xususan, qattiqligi, zichligi, oquvchanligi. Ammo bunda tarkib o‘zgarmaydi: suv (qattiq) - suv (suyuq).



Yüklə 11,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə