Nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti



Yüklə 11,6 Mb.
səhifə3/127
tarix01.03.2023
ölçüsü11,6 Mb.
#101691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
KIMYO FANI O`UM(УМК)

Fanning dolzarbligi
Ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat olib borayotgan bakalavriaturani bitirgan mutaxassislar o‘z sohalarida turli materiallarni qo‘llashlari uchun ularni fizik kimyoviy xossalarini bilishlari shart. Bunday xusussiyatlarni kimyo fani o‘rgatadi, shuning uchun ham bu fan dolzarbdir.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
va uslubiy jihatdan uzviyligi
Kimyo fani aniq fanlar; matematika, fizika, materialshunoslik, payvandlash materiallari, polimerlar, polimer kompozitsion materiallar va boshqa qator fanlar bilan mantiqiy bog‘liqdir.
Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o‘rni
Sanoatda kimyoviy jarayonlar turli sharoitlarda: yuqori bosim ostida, vakkumda, yuqori yoki past haroratda, turli muhitlarda olib boriladi. Bunday sharoitda reaksiyani olib borish uchun mutaxassis ishlatilayotgan modda materiallari xossalarini, ularning samaradorligini bilishi talab etiladi.
Fanni o‘qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
hamda o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash
Talabalarning “Kimyo” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys-texnologiyalaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarida va laboratoriya ishlarida o‘qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, Insert, klaster, “Venna diagrammasi”, Sinkveyn va boshqalar)dan foydalaniladi.
Fan o‘qituvchisi tomonidan pedagogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida “Kimyo” fani o‘quv mashg‘ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi.


Fan modulining dasturi (module syllabus)



Yüklə 11,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə