O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124

Jamiyatdagi  pul  munosabatlarining asosiy qismi  ekvivalent  xususi- 
yatlarga  ega  boMadi.  Bu  munosabatlarda  bir  to m ondan  pul  resurslari 
oqimi,  ikkinchi tom ondan tovarlaryoki xizmatlar oqimi  harakat qiladi. 
Bu  m unosabat  orqali  ishtirokchilar  o'zlarining  iqtisodiy  ehtiyojini 
q o n d ira d ila r.  M o liy a   m u n o s a b a tid a   pul  h a ra k a ti  n o e k v iv a le n t 
xarakterga  ega  boMadi.  Bu  yerda,  bir  to m o n d a n   pul  oqimi,  ikkinchi 
to m ond an   tovar  yoki  xizmatlar  harakati  oqimi  qarshi  chiqolmaydi. 
M asalan,  bunga  misol  qilib  quyidagini  keltiramiz.  M a ’lumki,  davlat 
budjeti  taqchilligini  qoplashning  xalqaro  amaliyotda  quyidagi  y o 'n a - 
lishlari  mavjud:
1)  Markaziy  bank  tom onidan  q o ‘shim cha  pul  emissiyasini  amalga 
oshirish;
2)  Davlat  budjeti  xarajatlarini  qisqartirish;
3)  Davlat  budjeti  daromadlarini  k o‘paytirish  (soliqlar  stavkasini 
oshirish,  yangi  soliq  turlarini  kiritish);
4)  M u o m a la g a   q im m atli  q o g 'o z   ch iq a rish   y o rd a m id a   davlat 
kreditini  olish.
Bu  holatlar  0 ‘zbekiston  Respublikasiga  taqqoslansa,  yuqorida- 
gilardan  t o ‘rtinchi  y o ‘nalishni  amalga  oshirilayotganining  guvohi 
b o ‘linadi.  M asalan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  hozirgi 
v a q td a   h u k u m a t   n o m id a n   m u o m a la g a   d a v la t  qisq a  m u d d a t li  
obligatsiyalarini  va  davlat  o ‘rta  m uddatli  g 'a z n a   m ajburiyatlarini 
c h iq a rib ,  u la rn i  yuridik  shaxslar  o rasid a   jo y la sh tirish n i  a m alg a 
oshirm oqda.  Bu  orqali  mavjud  davlat  budjeti  taqchilligi  qisqarmoqda, 
inflatsiya  sur’ati  past  holda  saqlanib  turibdi,  lekin  bir to m o n d a n   tovar 
oqimi  emas,  balki  davlat  qarz  majburiyati  yuzaga  chiqmoqda.
U m u m a n   olganda,  moliya  —  hamisha  pul  munosabatlarini  tashkil 
yetib,  ushbu  m unosabatda  ishtirok  etuvchi  tom onlardan  biri  albatta 
markaziy  davlat,  mahalliy  hokimiyat  yoki  uning  vakolatiga  ega  biron 
bir  organ  bo'lishi  shart.
M oliyaning  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyatini  ochish uchun  unga quyi­
dagi  t a ’rifni  berish  m um kin.  Moliya  —  davlat  to m o n id an   tashkil 
etiladigan  pul  munosabatlarining  yig'indisi  b o ‘lib,  unda  um um davlat 
pul  mablagMari  fondlarini tashkil  etish va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy 
va  siyosiy  vazifalarini  bajarish  uchun  taqsimlanish  ham da  sarflanish 
amalga  oshiriladi.
Davlatning  markazlashgan  pul  mablag‘i  fondlarini  tashkil  etishda 
soliqlarning ahamiyati  kattadir.  Soliqlar yordamida esa davlat jam iyatda 
yaratilgan  milliy  darom adni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlashni  amalga


oshiradi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  soliqlar  davlatning  qaysi 
tuzum ga  ega  boMishidan  qat’i  nazar  mavjud  b o ‘ladi.  Chunki,  davlat 
jamiyatni boshqarish  (u davlat demokratik tizim, totalitär tizim boMishi- 
dan  q a t’i  nazar)  uchu n   o'zining  oldida  turgan  vazifalarini  bajarish 
niaqsadida  zam r  b o ‘lgan  moliya  mablag‘larini  aynan  soliqlar  h a m d a  
soliq  funksiyalarini  bajaruvchi  boshqa  majburiy  to ‘lovlar  yordam ida 
shakllantiradi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlari  sharoitida hech qanday davlat 
soliqlarni  bekor qila  olmaydi.  Faqatgina  asosiy  m u am m o   soliq turlari, 
ularning stavkalari va soliqqa tortish  obyektlarini belgilash hisoblanadi. 
Oqilona  va  puxta  islilab  chiqilgan  soliq  siyosatigina  jam iyatda  soliq 
t o ‘lovchilar  o ‘rtasidagi  kelishm ovchiliklarning  oldini  oladi.  Hayot 
tajribasi  shundan  dalolat bermoqdaki,  m am la k a td a y u rid ik v a jis rn o n iy  
shaxslar uchun  ko‘p  turdagi  va yuqori  stavkalar amal  qilishi  natijasida 
soliq  to ‘lashdan  qochish  hamda  turli  y o ‘llar  bilan  soliq  obyektlarini 
yashirish  holatlari  yuzaga  keladi  va  kuchayishi  ainalga  oshadi.  Biz  bu 
holatni  AQSHlik  iqtisodchi  olim  Ar.  Leffer  egrisi  yordam ida  yoriti- 
shimiz  mumkin  (3-chizma).
Ar.  Leffer  o ‘z  izlanishida  m am lakatdagi  soliq  stavkalari  yuqoriligi 
va  davlat  budjetiga  ular  orqali  kelib  tu s h a d ig a n   soliqlar  m iqd ori 
o ‘rtasidagi  o ‘zaro  bog‘liqlikni  tahlil  qilgan.  Tahlil  natijasida Ar.  Leffer 
quyidagilarning  guvohi  b o ‘lgan:  davlat  t o m o n id a n   soliq  stavkasini
3-chizma.  Leffer egrisi.1
1  Manba:  Мамедов  О.Ю.  Современная  экономика.  —  Ростов Д.:  Ф еникс. 
1998.


oshirishning  dastlabki  bosqichida  budjetga  soliq  tushumlari  miqdori 
ortadi.  Lekin  soliq  stavkasi  m a ’lum  chegara  M d a n   ortgandan  so‘ng, 
budjetda  soliq  tushum larining  kamayishi  kuzatiladi.  Chunki,  soliq 
stavkasining ortishi ishlab chiqarishni rivojlantirishni qanoatlantirmaydi. 
B uning   n a tija sid a   davlat  budjetiga  kela y o tg an   soliq  tu sh u m la ri 
kamayadi.  Ar  Letïer  egrisiga  asosan,  yuqori  stavkadagi 
 nuqtasidan 
soliq  tushumlari  m iqdori  bilan 
L  past  stavkadagi  soliq  tushum lari 
miqdori bilan teng.  Lekin 
 nuqtadagi soliq stavkalari ishlab chiqarishni 
rivojlantirishni  rag'batlantirmaydi  va  buning  aksi 
L  nuqtadagi  soliq 
stavkalari  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga  asos  yaratadi  va  buning 
natijasida  m am lakatda  yaratilayotgan  milliy  d arom ad  ortadi.  0 ‘z- 
bekiston  Respublikasida  ham   bozor iqtisodiyotiga bosqichm a-bosqich 
o ‘tish,  iqtisodiyotni  rivojlantirish  natijasida  soliq  stavkalarining  pasay- 
tirilishi  ham da  b a ’zi  soliq  turlarining  bekor  qilinishi  amalga  oshiril- 
moqda.  Lekin shuni  alohida t a ’kidlash  lozimki,  bu soliq stavkalarining 
pasaytirilishiga  qaram ay,  keyingi  yillarda  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
davlat  budjetining  taqchilligi  qisqarmoqda.
Tarixan  davlat  o ‘zining  rivojlanish  bosqichlarida  xarajatlarning 
sarflanishida  asosan  t o ‘rt  y o ‘nalishga,  y a ’ni,  davlatning  boshqaruv 
xarajatlari,  harbiy  xarajatlar,  iqtisodiyotni  rivojlantirish  xarajatlari 
ham da  ijtimoiy  soha  xarajatlariga  y o ‘naltirilgan.  Xarajatlar  tarkibida 
u  yoki  bu yo'nalish  xarajatlarining egallagan  ulushi  davlatdagi  mavjud 
siyosiy tuzumga,  iqtisodiy  rivojlanish  darajasiga,  texnik,  tabiiy,  demo- 
grafik  holatiga  ham da uning  chegaradosh  m am lakatlar va um um jahon 
hamjamiyatidagi  hodisalarga  asosan  turlicha  b o ‘lgan  va  b o ‘lib  kel- 
moqda.
Davlatning  shakllangan,  markazlashgan  bu  mablag‘lari  fondlarini 
alohida  hudud,  iqtisodiyotning  alohida  olingan  tarm og‘i  yoki  xo'jalik 
subyektlari  iqtisodiy  manfaatlarini  qondirish  maqsadida sarflamasdan, 
balki  jam iyat  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlarini  to ‘liq  mos  keladigan 
xarajatlarini  moliyalashtirishga  sarflanadi.  U shbu  y o ‘nalishda  h u - 
dudlarda aholini  ish joylari bilan ta ’minlash,  demografik holatni hisobga 
oigan  hold a  aholini  ijtimoiy  him oya  qilish,  hu dudlarni  iqtisodiy 
rivojlantirish  kabi  um um jam iyat  ehtiyojlar  hisobga  olinadi.  Xarajatlar 
adresli  b o 'lis h in i  am alga  oshirish  m aq sa d id a   m arkazlashgan  pul 
mablagMari  fondlarining  turli  tadbirlarni  moliyalashtirishga  m o ‘ljai- 
langan  fondlarga  ajratish  amaliyoti  mavjud.  0 ‘zbekiston  R espub- 
likasining  2000-yil  14-dekabrda  qabul  qilingan  «Budjet  tizimi  to ‘g‘ri- 
sida»gi  qonuniga  asosan  m am lakatim izda  quyidagi  markazlashgan


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə