O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124

maqsadli  pul  fondlari  tashkil  etiladi:  Davlat  budjeti,  Respublika  y o i  
ja m g ‘armasi,  davlat  bandlik  ja m g ‘arm asi,  budjetdan  tashqari  pensiya 
ja m g ‘armasi  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  M ulk  qo'm itasining 
maxsus  fondi.
Lekin  shuni  ham   t a ’kidlab  o 't is h   lozim ki,  bu  m aqsadli  m ar- 
kazlashgan  pu!  fondlarini yana bir o ‘ziga xos tom oni shundan  iboratki
ulardagi  xarajatlarning  sarflanishi  faq a t  O 'z b e k isto n   Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  t o i i q   ixtiyorida  b o iad i.
Ja m iy a td a   m a rk a zla sh g an   pul  f o n d la r id a n   ta s h q a ri  m a r k a z -  
lashmagan  pul  fondlari  tashkil  etiladi.  M arkazlashmagan  pul  fond- 
larinirig  markazlashgan  pul  fondlaridan  asosiy  farqi  shuki,  ular  ishlab 
chiqarish, xizmat  ko‘rsatish,  ish bajarish faolivatini amalga oshirayotgan 
xo‘jalik subyektlarining  ixtiyorida  shakllantiriladi  ham da  faqatgina ana 
shu  xo'jalik   su b y ek tlarin in g   ijtim o iy -iq tis o d iy   x a ra jatlarin i  rno- 
Iiyalashtirishga  yo ‘naltiri!adi.  M arkazlashgan  pul  fondlariga  quyida- 
gilarni  ko'rsatish  mumkin:  ish  haqi  fondi,  amortizatsiya  fondi,  fan  - 
texnikani  rivojlantirish  fondi,  m oddiy  rag'batlantirish  fondi,  zaxira 
fondi  va  boshqalar.
Moliyaning  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  boshqa  iqtisodiy  kate- 
goriyalardan ajratib tumvchi  o ‘ziga xos b o ig a n  belgilari  quyidagilardan 
iborat:
—  m oliya-huquqiy  asosga  ega  va  tartibga  solib  turiladigan  pul 
munosabatlari;
—  moliya-pul  munosabatlari  ishtirokchilaridan  biri  turli  huquqiy 
vakolatga  ega  davlat  organi  b o i g a n   munosabatlar;
—  moliya-pul  m ab lag iari  fondlarini  (markazlashgan  va  m arkaz­
lashmagan)  tashkil  etuvchi  pul  munosabatlari;
—  moliya-jamiyatda  yaratilgan  yalpi  ijtimoiy  m ahsulot  va  milliy 
daromadni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  munosabatlari;
—  moliya-iqtisodiy  jih atd an   d o im o   noekvivalent  xususiyatga  ega 
munosabatlar.
Yuqorida  ta ’kidlab  o ‘tilgan  belgilar  moliyaning  ijtimoiy-iqtisodiy 
m ohiyatini  va  uning  m az m u n in i  o c h ib   berishga  xizm at  qiladigan 
xususiyatlar hisoblanadi.  Ular har bir jam iyatda yaratilgan yalpi  ijtimoiy 
mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida 
u  yoki  bu  ko ‘rinishda  yuzaga  chiqadi  h a m d a   amal  qiladi.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy m ohiyatini yanada kengroq ochishda 
uning  bajaradigan  funksiyalarining  tahlili  yordam  beradi.  Biz  quyida 
moliyaning  funksiyalarini  yoritishga  harakat  qilamiz.


3 .2 .  Moliyaning  funksiyalari
H ar  qanday  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  moliya  ham   o ‘z  funk- 
siyalariga  ega.  Iqtisodiy  kategoriya  bajaradigan  funksiyalar  ushbu 
kategoriyalar  mohiyati  va  u  bajaradigan  majburiyatlarda  n am oyon 
bo ‘ladi.  Funksiyalar  obyektiv  va  m o ‘tadil  (stabil)  b o ‘lib,  u  iqtisodiy 
kategoriyalarning jamiyatdagi  maqsadini  ochib  berishga  xizmat  qiladi. 
Moliyaning ham tub mohiyati u bajaradigan funksiyalar orqali namoyon 
b o i a d i .
Shuni  t a ’kidlash  lozimki,  iqtisodiy  adabiyotlarda  olimlar  o ‘rtasida 
hozirga  qadar  m oliyaning  funksiyalari  rniqdori  va  uning  tuzilishi 
t o ‘g ‘risida  tortishuvlar  mavjud  ham da ushbu  asosda  masala  to ‘g‘risida 
yagona  bir  qaror  y o ‘q.  M asalan,  moliya  fanida  yetakchi  va  m ashhur 
iqtisodchi  olim lar  hisoblangan  professorlar  E.A.  Voznesenskiy  va 
A.  Aleksandrovlar  moliyaning  quyidagi  uch  funksiyasini  ajratib  k o 'r- 
satadilar:
1.  Pul  daromadlari  va  fondlarini  shakllantiradi.
2.  Pul  daromadlari  va  fondlaridan  foydalanadi.
3.  Nazorat.
Akadem ik  G.B.  Polyak  va  L.A.  Drobozinalarning  t a ’kidlashicha1, 
moliya  quyidagi  uchta  funksiyani  bajaradi:
1.  Taqsimlash  funksiyasi;
2.  N azorat  funksiyasi;
3.  Tartibga  solib  turish  funksiyasi.
Moliyaning  bajaradigan  funksiyalari  to ‘g ‘risida  professor  A.I.  Ar- 
xipovning2  fikricha  moliya  quyidagi  funksiyalarni  bajaradi:
1.  Taqsimlash  funksiyasi;
2.  N azorat  funksiyasi;
3.  Rag‘batlantirish  funksiyasi.
Moliyaning  funksiyalari  to ‘g'risida  O ‘zbekistonlik iqtisodchi  olim- 
la rn in g   h a m   q a ra s h la r i  m av ju d .  M a sa la n ,  iq tiso d   fanlari  d o k to ri 
N .  Xaydarovning  fikricha,  hozirda  moliyaning  ikki  funksiyasi,  ya’ni 
taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  funksiyasi  ham da  nazorat  funksiyalari 
m avjuddir3.
'Поляк  Г.Б.  и др.  Финансы. Денежное обращение.  К редит—  М.:  ЮНИТИ, 
2004.
2  Сениагов  В.К.  и  др.  Финансы,  денежное  обращение  и  кредит  —  М.: 
Проспект,  2004.
3  /V.  Хаус1ат\’.  «МоНуа»  —  Т.:  «Акаскгтуа».  2001.


Biz yuqoridagi  qarashlarni tahlil etsak,  u  holda  m oliya funksiyalari 
m iqdori  t o ‘g ‘risidagi  qarama-qarshiliklarga  q a ra m asd a n ,  moliyaning 
quyidagi  um u m iy  xususiyatlari  t o ‘g‘risida  tortishuv  y o ‘q:
—  moliya  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  ishlab  chiqarish  jarayoni 
bilan  bevosita  bog‘liqdir;
—  moliya  jamiyatdagi  tovar-pul  m unosabatlari  va  davlat  bilan 
b o g ‘liqdir;
—  moliya  bu  qiymat(pul)  k o ‘rinishidagi  kategoriyadir;
—  moliya  yordam ida  yalpi  ijtimoiy  m ahsulot  va  milliy  darom ad 
taqsimlanishi  ham da  qayta  taqsimlanishi  amalga  oshiriladi;
—  moliya  haqiqiy  pul  m ablag‘lari  fondlarida  n a m o y o n   b o ‘ladi. 
Biz  m oliyaning  tub  m ohiyatini  t o ‘liq  ochib  bera  o lad ig a n   taniqli 
iqtisodchi  olimlar vayetakchi  amaliyotchilar fikrlaridan tahliliy xulosa 
chiqarib,  hozirda  moliya  asosan  uch  funksiyani  bajaradi  deb  hisob- 
laymiz.  Ular  quyidagilardan  iborat:
1)  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  funksiyasi;
2)  nazorat  funksiyasi;
3)  tartibga  solib  turish  funksiyasi.
Moliyaning taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  funksiyasi jam iyatning 
barcha sohalarida:  moddiy ishlab  chiqarish,  n o m oddiy ishlab  chiqarish 
va  m uom ala  sohalarida  amalga  oshadi.
U shbu  funksiya  bo ‘lib,  m am lakatda  yaratilayotgan  va  pul  shak- 
lidagi  yalpi  ijtimoiy  m ahsulot  ham d a  milliy  d a ro m a d   hisoblanadi. 
Taqsimlash va qayta taqsimlash  subyektlari  m ikrodarajada  m am lakatda 
faoliyat  ko‘rsatayotgan  x o ‘jalik  subyektlari  va  aholi  hisoblansa,  m ak- 
rodarajada-davlat  hisoblanadi.
Moliyaning  bu  funksiyasi  yordam ida  m am lakatda  yaratilayotgan 
yangi  qiymat  mikrodarajada  taqsimlanadi  va  u shb u  qiym at  m akro- 
darajada  qayta  taqsimlanadi.  Biz  fikrimizni  kengroq  bildirsak,  y a ’ni 
taqsim lash  obyektining  m ikroiqtisodiy  ko ‘rsatkichi  b o ‘lib  tu sh u m , 
d arom ad  va  foyda  hisoblansa,  makroiqtisodiy  k o ‘rsatkich  b o ‘lib,  yalpi 
ijtimoiy  mahsulot  va  milliy  d aro m ad  hisoblanadi.
Moliyaning taqsimlash va qayta taqsimlash  funksiyasi  o ‘zaro b og ‘liq 
bo'lgan  uch  bosqichni  o ‘z  ichiga  oladi.  Bu  bosqichlar  quyidagilardan 
iborat:
1. 
M am lakatda  turli  pul  m ablag‘lari  fondlarining  tashkil  topishi. 
Bu jarayonda mikroiqtisodiy darajada xo‘jalik subyektlarining faoliyati 
u c h u n   zarur  b o ‘lgan  moliya  resurslari  va  m ak rod arajada  davlatning 
markazlashgan  pul  m ab lag iari  fondlari  tashkil  etiladi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə