O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo


Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari



Yüklə 329,48 Kb.
səhifə35/58
tarix22.06.2022
ölçüsü329,48 Kb.
#89927
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
Psixologiya-fayllar.org

Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari. 
Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan ainan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib 

yoqishini tushunmaidi. O`sha guruhdan yangi bir kitob qo`lga kirganda u albatta yoqishi


kerak degan tasavvurda bo`ladi shu manoda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi 
anglanmagan munosatbatlarga o`xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir.
Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma
’no ham, baholar
sistemasi ham, bilimlar ham o`z ifodasini topadi. Ya
’ni ijtimoiy ustanovka shaxsning turli
ijtimoiy ob
’ektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu ob’ektlar
bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma
’lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik
holatidir. 
Ijtimoiy
ustanovka 
shaxs
xulk-atvorining 

ichki,
anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi


.



57

Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni 

shakllantiruvchi va o’zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm - bu


ijtimoiy ustanovkalardir. 
Bu -
shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy hodisalarni, ob’ektlarni, 

ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan


munosabatlar o’rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni 
ham o’zgartirishga aloqador kategoriyadir.
Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorda bevosita namoyon bo’ladi. U yoki bu 
xulq-atvorning sababi uning motividir. Ijtimoiy psixologiya shaxs xulq-atvorining
motivlari sifatida ijtimoiy ustanovkalarni o’rganadi. 


58


Ijtimoiy ustanovka muammosi G`arbda, ayniqsa, Amerika Kushma Shtatlarida har 

taraflama chuqur o`rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning

shaxsning avvalgi hayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlariga bog`liqligini o`rginib, 

shaxs xulq-atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. (U.


Tomas, F. Znanetskiy, G. Olport, M. Smit, K. Xovland, Laper, D. Kats, N. Rokich va 
boshqalar) ular ijtimoiy ustanovkani bir so`z bilan -"attityud"so`zi bilan ifodalaydilar. 1942
yildayoq M. Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. 

Rus olimi V.A. Yadov o’zining dispozitsion konsepsiyasini 


yaratib, unda ustanovkalarni to’rt bosqich va to’rt tizimli sifatida


tasavvur qilgan 
Eementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida
ko’p incha 
ongsiz tarzda hosil
bo’ladigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun 
moddiy shart - sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini
o’zgartirish 
kifoya.
Itimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar 
ta’sirida ijtimoiy
ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish 
uchun ijtimoiy shart - sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va
munosabatlari tizimini 
o’zgartirish kerak.
B`azaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy 
yo’nalishini belgilaydi
va ularni 
o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir.
Qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida 

jamiyatda qadr - qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih


hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul 
qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan
va avloddan avlodga 
o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.



59

Kognetiv qism - bu shaxsdagi attityud obektiga nisbattan bilimlar, uning odam 

tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan tashkari g`oyalar, tasavurlar


prinsiplar va hokazolar kiradi.
Affektiv qismi - bu o`sha ob
’ektni hissiy emotsional baholash bo`lib, yoqtirish yoki 
yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi.
Konativ qismi yoki xulq-atvor bilan bog`liq qismiga esa ob
’ektga nisbatan amalga
oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor kiradi. Lekin ba
’zi olimlarda ustanovkaning
aynan ob
’ektga yoki vaziyatga nisbatan bo`lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ham bor
edi. Xususan, Laperning 1934 yilda o`tkazgan mashhur eksperimenti bunga misol bo`lishi 
mumkin. Eksperimentning mazmuni quyidagicha edi.
Laper ikkita xitoylik talabalar bilan AQSH bo`ylab sayohatga chiqadi. Ular hammasi bo`lib 
252 ta mexmonxonada bo`lishib, ularning deyarli barchasida (bittasidan tashqari) iliq,
samimiy munosabatning guvohi bo`lishadi. Ma
’lumki, o`sha paytlarda irqiy belgi bo`yicha
odamlarga tanlab munosabatda bo`lishar, xitoyliklar ham sariq tanlilar sifatida kamsitilardi. 
Laper bilan hamroh bo`lgan talabalarga munosabat bilan olimga bo`lgan munosabat
o`rtasida deyarli farq sezilmadi. Sayohat tugagach, Laper o`sha barcha mehmonxona 
egalariga minnadorlik xati yozib, yana o`sha talabalar bilan borsa, yana o`shanday iliq kutib
olishlari mumkinligini so`radi. Javob faqat 128 ta mehmonxona egalaridan keldi, ularning 
bittasi ijobiy javob, 58 da rad javobi, qolganlarida turlicha formalarida noaniq javoblar
olindi. Bundan Laper shunday xulosaga keldi: demak, xitoy millatiga mansub shaxslarga 
nisbatan ustanovka bilan mexmonxona egalarining real xulq-atvorlari o`rtasida farq bo`lib,
aslida ustanovka salbiy ekanligi, vaziyatga qarab esa, u boshqacha-ijobiy namoyon 
bo`lganligi aniqlandi.
Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo`lgan umumiy qonuniyatlardan yana biri uning uzoq 
muddatli xotira bilan bog`liqligidir. Ayni vaziyatga shakllangan obrazlar uzoq muddatli
xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda aktuallashadi, ya
’ni "jonlanadi". Masalan, ba’zi bir
etnik steriotiplar ana shunday xotira obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy ustanovka ob
’ektga
hamda konkret vaziyatga bog`liqdir.

Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida o`zgarishi mumkinligi muhim


ijtimoiy psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovlant fikricha, ijtimoiy 
ustanovka o`rgatish yo`li bilan o`zgarishi mumkin. Ya
’ni o`quvchilardagi turli 
ustanovkalarni o`zgartirish uchun rag`batlantirish yoki jazolash sistemasini o`zgartirish
lozimdir.



Yüklə 329,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə