O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo


Ijtimoiy psixologiyada shaxsni o`rganishning o`ziga xosligi



Yüklə 329,48 Kb.
səhifə34/58
tarix22.06.2022
ölçüsü329,48 Kb.
#89927
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Psixologiya-fayllar.org

Ijtimoiy psixologiyada shaxsni o`rganishning o`ziga xosligi. 
Shaxs turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi bo`lganligi 
tufayli ijtimoiy psixologiyada o`rganiladi. Shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham,
yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, psixologiyaning qator maxsus 
bo`limlarida ham o`rganiladi. Har bir bo`lim yoki tarmoq uni o`z mavzui va vazifalari
nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo`lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy 
psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning maxsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi
deb qaraydi.
Ya

’ni ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori 


qanday qonuniyatlarga buysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta


’sirlari 
uning ongida qanday aks topishini o`rganadi.
Guruhning shaxs psixologiyasiga ta
’siri qay yusinda sodir bo`lishi ijtimoiy psixologiyada
ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bogliq bo`lsa, bu ta
’sirlarning shaxs hatti-harakatlari,
xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy yo`l-yo`riqlar muammosi bilan 
bog`liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi
shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish 
mexanizmlarni ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Shaxs shakllanishining o`z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud. 

Faoliyat sohasi, ya


’ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita 
jalb etilgan bo`lib bu jarayonda fan qatalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat
Shaxsning 
shakllanishi asosan
uch sohada amalga 
oshiriladi
Faoliyat 
sohasi
Muloqot

sohasi
O`z-o`zini 


anglash sohasi
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondoshishning o`ziga xosligi 
shundaki, u turli guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o`zaro munosabatlarning
oqibati sifatida qaraladi.


56


turi individdan maxsus fazilatlarning, malaka va ko`nikmalarining, bilimlarning borligini
talab etadiki, ularni koniktirish yo`lidagi aktivligi unda o`ziga xos ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
Muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o`smirlik davrlaridagi 
muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy xislatlarni paydo qiladiki, uning natijasida u
faol hayotiy mavqega ega bo`ladi, jamiyatda o`z o`rnini tasavvur qilishga erishadi.
O`z-o`zini anglash sohasi, ya
’ni "MEN" obrazining yil sayin o`zgarib borishi jarayoni 
bo`lib, avval o`zini boshqalardan farqliligini, o`zicha mustaqil xarakat qilish, mustakil fikr
yurita olish kobiliyatini anglash, sungra o`z-uzini baholash, anglash, nazorat qilish 
xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. Shaxs
sotsializatsiyasi, yukorida ta
’kidlab o`tganimizdek, bola tugilishi bilan boshlansa-da,
sezilarli, samaradorlik nuqtai nazaridan uning bosqichlari farqlanadi. Masalan, birinchi 
bosqich - mehnat faoliyatigacha bo`lgan bosqich bo`lib, unga bolaning maktabgacha yesh
davri hamda o`qish yillari kiradi. 



Yüklə 329,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə