Ограждения дорожные. Методы


Sinov maydonchasiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 358,97 Kb.
səhifə8/13
tarix22.03.2024
ölçüsü358,97 Kb.
#183385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3486 Йўл тўсиқлари Натурал синов усуллари Стандарт вариант lotin

5.2 Sinov maydonchasiga qo‘yiladigan talablar


5.2.1 Sinov maydonchasida to‘siqlarni ishlab chiqaruvchining texnik talablariga muvofiq yo‘l va ko‘prik guruhlarining turli tiplaridagi to‘siqlarini o‘rnatish imkoniyati ko‘zda tutilishi lozim.
Yo‘l guruhining to‘siqlari avtomobil yo‘llari yo‘l poyi (yo‘l yoqasi)ga qo‘yiladigan talablarga muvofiq to‘kilgan gruntli maydonga o‘rnatiladi. Maydonga to‘kish uchun grunt sifatida yo‘l poyi (yo‘l yoqasi)ning ishchi qatlamini to‘kish uchun mo‘ljallangan materiallarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan shag‘alli qumdan (bo‘kmaydigan va shishmaydigan) foydalaniladi. Gruntning zichlashish koeffitsiyenti kamida 0,98 bo‘lishi zarur. Grunt sifatida, namlik va uning zichlashish koeffitsiyenti bo‘yicha talablarga muvofiqlik sinovlarning har bir seriyasidan oldin tekshiriladi. Gruntli uchastkaning uzunligi kamida 80 m bo‘lishi kerak.
Asfaltbeton qoplamali uchastkalarda (masalan, ajratuvchi tasma) montaj uchun mo‘ljallangan yo‘l guruhi to‘siqlari ularning tegishli ish sharoitlarini yaratuvchi maydonchada montaj qilinadi.
Ko‘prik to‘siqlari to‘siq ustunlarini mahkamlash uchun mo‘ljallangan qo‘yilma detallarga ega gorizontal temir-beton plitaga (plitaning 1 % gacha atrofida egilish mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi) o‘rnatiladi.
5.2.2 Ko‘prik guruhi to‘siqlarini mahkamlash uchun maxsus temir-beton plita siqilish mustahkamligi V35 sinfiga mansub, suv o‘tkazmaslik xususiyati W6, sovuqqa chidamliligi F200, fraksiyalar bo‘yicha bo‘lgan holda shag‘alning maksimal yirikligi 20 mm bo‘lgan, ГОСТ 26633 bo‘yicha og‘ir betondan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Plita armaturasi A-III sinfi, 25 G2S yoki 35GS markasida bo‘lishi, ГОСТ 5781 bo‘yicha issiqlayin jo‘valangan armatura po‘latidan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Plita o‘z ustida uzunligi kamida 70 m bo‘lgan to‘siqlarning to‘g‘ri uchastkalarini tezlanish tasmasining bo‘ylama o‘qiga nisbatan 20° burchak ostida o‘rnatish imkonini taʼminlashi lozim. O‘rnatilgan detallar o‘qidan plita qirg‘og‘igacha bo‘lgan masofa 0,75-1,0 m atrofida bo‘lishi zarur. Bunda to‘siqqa urilish nuqtasidan tashqarida plitaning uzunligi kamida 50 m ni, urilish nuqtasi oldida esa kamida 15 m ni tashkil qilishi lozim (1-rasm).
O‘lchamlar metrlarda

Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə