Ограждения дорожные. Методы


Rasm O‘rnatilgan yo‘l to‘sig‘iga ega namunaviy sinov maydonchasining sxemasi



Yüklə 358,97 Kb.
səhifə9/13
tarix22.03.2024
ölçüsü358,97 Kb.
#183385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3486 Йўл тўсиқлари Натурал синов усуллари Стандарт вариант lotin

1 Rasm O‘rnatilgan yo‘l to‘sig‘iga ega namunaviy sinov maydonchasining sxemasi


1 – ko‘prik guruhi to‘siqlarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan tasma; 2 – yo‘l guruhi to‘siqlarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan tasma; 3–sinov avtomobilini tezlatish uchun yo‘naltiruvchi monorels o‘qi; 4–o‘rnatilgan yo‘l guruhi to‘sig‘i; 5–transport vositasining to‘siqqa urilish nuqtasi, 6– avtolift o‘rnatilgan joy; L -o‘rnatilgan to‘siq uzunligi; α -avtomobilning 20° ga teng bo‘lgan to‘siqqa nominal urilish burchagi.
5.2.3 Montaj qilingan to‘siqning har bir uchi yaqinida videokamera o‘rnatish uchun maydoncha bo‘lishi zarur. Montaj qilingan to‘siqning boshlang‘ich uchastkasida avtomobilning to‘siqqa urilish jarayonini yuqoridan tasvirga olinishini taʼminlash maqsadida konsolli avtoliftni o‘rnatish uchun maydon ko‘zda tutilishi yoki sinov maydonchasi shunday tasvirga olish ishlarini amalga oshirish imkonini beruvchi statsionar konstruksiya (masalan, ferma yoki ajratilgan tirgovuch estakada) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
5.2.4 Avtomobillarni tezlatish uchun tasma to‘g‘ri chiziqli, qattiq va tekis qoplamali bo‘lishi, eni esa kamida 3,5 m ni tashkil qilishi lozim.
Avtomobilni tezlatish va mo‘ljalga to‘g‘irlash tizimlari avtomobilning to‘siq bilan to‘qnashishigacha to‘g‘ri chiziqli harakatni taʼminlashi zarur. Avtomobil to‘siqqa urilishiga 5 m qolganida u inersion kuchlar taʼsirida teng sekinlashgan tarzda harakatlanishi kerak.
5.2.5 Avtomobilning to‘siq bilan o‘zaro taʼsiri jarayonida to‘siqning dinamik bukilish kattaligini hamda avtomobilning harakat tezligini aniqlash uchun sinovni o‘tkazishdan oldin sinov maydonchasining yuzasiga uning butun ishchi uchastkasi uzunligi bo‘ylab tomonlarining o‘lchami 1,0 m bo‘lgan kvadrat katakli koordinata to‘ri chizilishi lozim. Chiziqlar sinov maydonchasi yuzasining fonida ajralib turishi zarur. Bo‘ylama chiziqlar to‘siqning bo‘ylama o‘qining boshlang‘ich holatiga parallel bo‘lishi kerak.

5.3 Sinovdan o‘tkazilayotgan to‘siqqa qo‘yiladigan talablar


5.3.1 Sinovdan o‘tkazilayotgan to‘siq konstruktorlik hujjatlarining talablariga to‘g‘ri kelishi lozim. Sinovdan o‘tkaziladigan to‘siq shikastlanishlarga ega bo‘lmasligi zarur. Sinov uchun yetkazib beriladigan to‘siqlarning uzunligi, har bir sinovdan (avtomobil to‘siqqa urilganidan) keyin almashtiriladigan elementlar sonini hisobga olgan holda, sinovlar dasturini amalga oshirish uchun yetarlicha bo‘lishi kerak.
5.3.2 Sinovdan oldin to‘siq shunday o‘rnatilishi kerakki, bunda sinov avtomobilining to‘siq bilan kontakt qilish nuqtasi to‘siq umumiy uzunligining, uning boshidan hisoblagan holda, kamida 1/3 qismini tashkil qiluvchi masofada turishi lozim (1 Rasmga qarang).
5.3.3 To‘siqlar, to‘siq bo‘laklari va parapet to‘siqlari bloklari tekis qattiq (deformatsiyalanmaydigan) plastinka bilan yuklanadi. Parapet to‘siqni sinovdan o‘tkazishda uning bloki va yuklash plitasi orasiga elastik qistirma (masalan, kauchukdan qilingan) qo‘yilishi kerak, bu kuchning nuqtali o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi.
5.3.4 Ustunlarni sinovdan o‘tkazish uchun stendning asosiy parametrlari:

Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə