Ограждения дорожные. Методы


Ushlab qolish qobiliyatining darajasi



Yüklə 358,97 Kb.
səhifə7/13
tarix22.03.2024
ölçüsü358,97 Kb.
#183385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
3486 Йўл тўсиқлари Натурал синов усуллари Стандарт вариант lotin

Ushlab qolish qobiliyatining darajasi

Zarba energiyasi, kJ

Avtomobil massasi Q, t,
urilish tezligi V, km/h

Tavsifi

Belgilanishi




Yengil
avtomobil

Yuk avtomobili

Avtobus

Avtopoyezd

Yuqori daraja

У 1

130

1,0/80

12/50

-

-




У 2

190

1,0/80

12/60

12/60

-




У 3

250

1,0/90

16/60

12/65

-




У 4

300

1,0/90

16/65

15/70

-




У 5

350

1,0/90

18/65

15/75

-




У 6

400

1,2/90

18/70

20/70

-




У 7

450

1,2/100

18/75

20/75

-




У 8

500

1,5/100

22/70*

-

35/55**




У 9

550

1,5/100

22/75*

-

35/60**

O‘ta yuqori
daraja

У 10

600

1,5/100

22/80*

-

35/65**

* Bir (bo‘g‘imga bo‘linmagan) ramaga ega uch-to‘rt o‘qli transport vositasi.
** To‘rt-besh o‘qli transport vositasi.

To‘siqlar ham yengil, ham yuk avtomobillarining (yuk avtomobili, avtopoyezd yoki avtobus) taʼsiriga sinovdan o‘tkaziladi.


To‘siqlarning natural? sharoitlardagi sinovlari natijalari bo‘yicha ularning asosiy isteʼmolchilik xususiyatlari – ushlab qolish qobiliyati, dinamik egilishi va ishchi kengligi aniqlanadi.


5 Natural sinovlar
5.1 Umumiy qoidalar
5.1.1 Sinovlardan maqsad – ushlab qolish qobiliyatining haqiqiy qiymatlarini va to‘siqning unga muvofiq keladigan dinamik ko‘ndalang egilishning (egilish, ishchi kengligini aniqlash, shuningdek ushbu to‘siqning ushlab turilgan avtomobil ichidagi odamlar uchun xavfsizlik ko‘rsatkichi, avtomobil va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilari xavfsizligining haqiqiy qiymatlarini aniqlash.
5.1.2 Sinov to‘siqning konstruktorlik hujjatlari yoki texnik shartlariga muvofiq, to‘siqning belgilangan ushlab qolish qobiliyati darajasiga qarab, muayyan tip va massadagi (yuk, yengil avtomobil, avtobus, avtopoyezd), muayyan tezlikdagi avtomobilning to‘siqqa 20° burchak ostida urilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sinov rejimlari to‘siqning talab qilingan ushlab qolish qobiliyati darajasiga qarab (mazkur davlat standartining) 1 Jadval bo‘yicha qabul qilinadi. Urilish burchagi 15°-20° atrofida bo‘lishi kerak. Urilish burchagi 20° dan kichik bo‘lganida, talab qilingan zarba energiyasini taʼminlash uchun urilish tezligini oshirish zarur. Har bir sinov rejimi uchun zarba energiyasi saqlanganida, mazkur standartning 1 Jadvalida ko‘rsatilgan qiymatning 5 % doirasida harakat tezligidan chetga og‘ishga yo‘l qo‘yiladi.
Har bir tipdagi (turdagi) to‘siq kamida yengil avtomobilning, avtobus, yuk avtomobili yoki avtopoyezdning to‘siqqa bir marotaba urilish bilan sinovdan o‘tkazilishi kerak. Dastavval sinov yengil avtomobil to‘siqqa urilish bilan o‘tkaziladi. Sinov ijobiy natija berganida to‘siq tiklanadi va shahar sharoitlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan to‘siqni tekshirish uchun avtobus zarbasi bilan hamda shahardan tashqari sharoitlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan to‘siqni tekshirish uchun yuk avtomobilining urilishi bilan keyingi sinov ishlari o‘tkaziladi. Avtopoyezd bilan sinash ishlari, ruxsat etilgan maksimal massasi 30 t va undan katta bo‘lgan avtomobillarning harakatlanish jadalligi 1000 avt./d dan past bo‘lgan holatlarda avtomobil yo‘llarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan, talab qilingan ushlab qolish qobiliyatining darajasi У8, У9 va У10 bo‘lgan to‘siqlarni sinash uchun o‘tkaziladi.
5.1.3 Sinovlar inshooti va uskunalari hamda unda mavjud bo‘lgan o‘lchov va qayd etish apparaturasi to‘siqlarni 5.1.2 bandda ko‘rsatilgan rejimlarda o‘tkazish imkonini beradigan maxsus sinov maydonchasida o‘tkaziladi.

Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə