Ограждения дорожные. Методы


- yukni qo‘llash balandligi (stend yoki gruntning pastki tekisligi darajasidan) 300 dan 1500 mm gacha



Yüklə 358,97 Kb.
səhifə10/13
tarix22.03.2024
ölçüsü358,97 Kb.
#183385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3486 Йўл тўсиқлари Натурал синов усуллари Стандарт вариант lotin

- yukni qo‘llash balandligi (stend yoki gruntning pastki tekisligi darajasidan) 300 dan 1500 mm gacha;


- ustun yoki bo‘lakka tushadigan yuklama - 50 kN dan kam emas;
- yuklama beriladigan plita va ustun orasidagi masofa - 100 mm dan kam emas;
- ustunga yuklama berish tezligi (yuklama beradigan plitaning harakatlanish tezligi) 1 dan 80 mm/min; - yuklama beradigan qurilmaning (yuklama beruvchi plita) yurishi - 500 mm dan kam emas;
- yuklamani to‘xtatib turish va yukni kamida 30 s ushlab turish imkoniyati.
5.3.5 Stend statik yuklanishni bir maromda tushishini taʼminlashi kerak - zarbalarsiz, siltanishlarsiz va pulsatsiyalarsiz, shuningdek, yuklamani qaytarib olishda ham bir maromda ko‘tarilishini taʼminlashi kerak.
5.3.6 Sinov paytida kontaktdan keyin kuchlar va deformatsiyalar o‘lchanadi va sinov jadvaliga yoziladi. Diagrammaning avtomatlashtirilgan yozuvi bo‘lmasa, u o‘lchovlar asosida sinov natijalariga ko‘ra quriladi:
- 1,0 mm aniqlikdagi deformatsiyalar;
- 1,0 kN aniqlikdagi kuchlar.
O‘lchovlar orasidagi intervallar 10 kN – kuch yoki 100 mm – deformatsiyadan oshmasligi kerak.

5.4 Sinovda qo‘llanadigan transport vositasiga qo‘yiladigan talablar


5.4.1 Sinovlarda qo‘llanadigan transport vositalari seriyali modellar sirasidan tanlanishi kerak. Ularni tanlaganda va tayyorlaganda, shu jumladan yuklaganda va salon yoki kuzovda ballastni taqsimlaganda, 2 Jadvalda keltirilgan talablarga amal qilinishi zarur. 2 Jadvalda ko‘rsatilgan avtomobillarning massasini, xuddi shu urilish energiyasini saqlash uchun to‘siqqa urilish tezligiga tegishli tuzatishni kiritgan holda, 10% atrofida oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
2 Jadval
Sinovda qo‘llanadigan avtomobil vositalarining parametrlari

Avtomobil
ning umumiy massasi
Q, kg

Yengil avtomobil



Yuk avtomobili



Avtobus


Avto- poyezd






1000

1200

1500

12000

16000

18000

22000

12000

15000

2000
0

35000




±50

±75

±100

±400

±500

±600

±750

±400

±500

±75
0

±1000

O‘qlar soni

2

2

2

2

2

3

3

3

2

2

3

4

5

Old o‘qqa tushadigan massa Q, %

50


±10

50


±10

50


±10

30


±10

30

25

25
±4

20
±3

40
±6

35
±5

25
±3

15

12
















±5
















±1

G‘ildirak bazasi (chekka o‘qlar orasidagi minimal
masofa),
m

-

-

-

4,0

4,0

5,0

5,0

4,5

5,0

6,0

10

11

Yuk massasi markazini ng yerdan balandligi
m (±10%)

0,5

0,6

0,6

1,5

1,6

1,8

2,0

1,0

1,2

1,2

2,2

Avtomobil massasi markazidan old o‘qqacha bo‘lgan
masofa
, m (±10%)

-

-

-

3,5

3,5

4,0

4,0

2,5

3,5

4,0

7,8



5.4.2 Transport vositasidagi ballast, avtomobil to‘siqqa urilganida, uning siljib ketishini oldini oladigan tarzda mahkamlanishi kerak.
Sinovda qo‘llanadigan avtomobil (avtobus)ni ballastlash ishlari, o‘tirgan yo‘lovchilar massasiga to‘g‘ri keladigan ballastning bir qismini salondagi o‘rindiqlarga, qolgan qismini esa salon yoki yuk platformasi poliga uning uzunligi bo‘ylab bir tekis joylashtirishdan iborat bo‘lishi zarur.
5.4.3 Transport vositasi barcha asosiy agregatlar bilan butlangan bo‘lishi lozim. Transport vositasining umumiy holati undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma tomonidan shinalar, osmalar, g‘ildiraklarning o‘rnatilishburchaklarini rostlashhamda rama vakuzovningumumiy holatiga qo‘yiladigan talablarni qondirishi kerak. Transport vositasi, sinov natijasiga sezilarli taʼsir ko‘rsatadigan tarzda, uning xarakteristikalarini o‘zgartirish bilan birga modernizatsiya qilinmasligi yoki taʼmirlanmasligi zarur. Transport vositasining yonilg‘i baki bo‘sh bo‘lishi lozim. Akkumulyatorlar demontaj qilingan bo‘lishi kerak. Konditsionerlash tizimida (agar mavjud bo‘lsa) sovutish xladagentining bosimi bo‘lmasligi zarur. Rul boshqaruvi va osma (masalan, amortizator suyuqligi) normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan suyuqliklardan tashqari, barcha moylar va ishchi suyuqliklar, shu jumladan dvigatelni sovutish tizimining sovutuvchi suyuqligi ham, to‘kib tashlanishi kerak. Gidravlik tormoz tizimini to‘kilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, agar reglamentli ishlarni bajarishda to‘kib tashlanish imkoniyati avtomobil konstruksiyasi tomonidan ko‘zda tutilmagan bo‘lsa yoki avtomobil to‘siqqa urilish jarayonida va undan keyin moylar va ishchi suyuqliklarning tashlanish yoki sizib chiqish ehtimoli kam bo‘lsa, alohida uzellar va agregatlardagi moylar va ishchi suyuqliklarni to‘kib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Transport vositasi toza bo‘lishi kerak. Sinovlar boshlanishidan oldin kino va video tasvirga olish ishlarini olib borish sharoitlarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan urilish paytida yuzaga keladigan chang va urilganda sachrashlarni keltirib chiqaradigan butun iflosliklar va namlik tozalanishi zarur. Xuddi shu maqsadda, avtomobilning to‘siqqa urilishi jarayonida hosil bo‘ladigan shisha va plastikning maydalangan parchalari sonini kamaytirish uchun yorug‘lik texnika qurilmalarini hamda kabina (salon)ning yopishtirilmagan oynalarini demontaj qilishga ruxsat etiladi.
5.4.4 Sinovlar natijalarini tahlil qilishni yengillashtirish uchun transport vositasiga markirovka belgilari va sinovning tartib raqami qo‘yiladi. Yengil avtomobilda raqam kapotga va old eshiklarga, avtobusda – kuzovning old va ikkala yon paneliga, yuk avtomobilida – kabinaning ikkala eshigiga qo‘yiladi. Markirovka belgilari transport vositasining kapoti va kabinasiga qo‘yiladi.



Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə