Ограждения дорожные. Методы



Yüklə 358,97 Kb.
səhifə5/13
tarix22.03.2024
ölçüsü358,97 Kb.
#183385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3486 Йўл тўсиқлари Натурал синов усуллари Стандарт вариант lotin

3.15 stendli sinov: Sinovdan o‘tgan mahsulotga (element yoki panjara bo‘lagi) statik yoki zarba yukini taʼminlaydigan va zarur parametrlarni ro‘yhatdan o‘tkazadigan stendda sinov. ( ГОСТ Р 52721 asosida tarjima qayta ko`rib chiqilishi maqsadga muvofiq)
3.16 natural sinov: Sinov maydonchasiga o‘rnatilgan to‘siqni uning ustidan transport vositasini o‘tkazish usuli bilan sinovdan o‘tkazish. ( ГОСТ Р 52721 asosida tarjima qayta ko`rib chiqilishi maqsadga muvofiq)


3.17 sinov maydonchasi: To‘liq miqyosda sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan yetarli uzunlikdagi to‘siqni o‘rnatish, transport vositasini kerakli tezlikkacha tezlashtirish va uni kerakli burchak ostida to‘siqqa urilish imkoniyatini taʼminlaydigan muhandislik inshootlari va uskunalar majmuasi.
3.18 jaroxatlanish og‘irligi indeksi: Avtotransport vositasi to‘siq bilan o‘zaro to‘qnashganda yo‘lovchilarga taʼsir qiluvchi inersial ortiqcha yuklarning taʼsirini tavsiflovchi ko‘rsatgich.
Izoh: Jarohatlanishning og‘irlik indeksi transport vositasining to‘siq bilan o‘zaro taʼsiri jarayonida paydo bo‘ladigan va harakat qiladigan inersial ortiqcha yuklarning o‘rtacha haqiqiy va ruxsat etilgan qiymatlari nisbati kvadratlari yig‘indisining kvadrat ildizi qiymatiga teng. Vaqt bo‘yicha davomiyligi 50 ms bo‘lgan eng katta ortiqcha yuklarga taʼsir qilish oralig‘i tanlanadi.
3.19 inersial ortiqcha yuklama: Avtomobil to‘siq bilan to‘qnashganda va transport vositasining massa markazi yaqinida o‘lchanganida 50 ms davomida taʼsir qiluvchi o‘rtacha tezlanishning (sekinlashishning) erkin tushish tezligiga nisbati.
3.20 avtolift: Avtomobilning to‘siq bilan to‘qnashuvi jarayonini yuqoridan video tasvirga olish uchun odam yoki uskunani balandlikka ko‘tarish uchun mo‘ljallangan transport vositasi yoki pritsepli shassi.
3.21 xavfli hudud: Nazorat qilinmagan transport vositasining yo‘lovchilarini unga kirishdan himoya qilish uchun to‘siqni o‘rnatish kerak bo‘lgan maydon.
Ushbu standartda quyidagi belgilar va qisqartmalar qabul qilingan: ?
У – to‘siq fragmenti yoki uning elementining, to‘siqning ushlab qolish qobiliyati (energosig‘im), kDj;
Р – stendda statik sinovlar o‘tkazilganda yuklamalarning kuchi, kN;
h – to‘siqning balandligi, m;
V – avtomobilning harakat tezligi, km/soat;
М – sinov o‘tkazilayotgan transport vositasining og‘irligi, t;
у ustunning, fragmentning yoki to‘siqning egilishi, m;
а – transport vositasining to‘siqqa urilish burchagi, gradus;
wp – ustun sterjenining kesishishdagi qarshilik momenti, sm3;
a – egilish kuchlanishlari, MPa;
Emzarbali telejkani kinetik energiyasi, Dj;
f ustunning dinamik og‘ish kattaligi, m;
B, W, F – betonning xususiyatlari (siqilishda mustahkamlik sinflari, suv o‘tkazmaslik, sovuqbardoshlilik);
Иjarohatlanish og‘irligi indeksi;
ТЗsinov uchun texnik vazifalar;
СТО – tashkilot standarti;
МКЭ – yakuniy elementlar metodi;
ТС – transport vositasi.



Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə