Ограждения дорожные. Методы



Yüklə 358,97 Kb.
səhifə2/13
tarix22.03.2024
ölçüsü358,97 Kb.
#183385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3486 Йўл тўсиқлари Натурал синов усуллари Стандарт вариант lotin

Mundarija

1.

Qo‘llanish sohasi (doirasi)

3

2.

Normativ havolalar

3

3.

Atamalar va taʼriflar

4

4.

Sinovlar usullariga qo‘yiladigan umumiy talablar

7

5.

Natural sinovlar

8

6.

Sinov natijalariga ishlov berish

14

7.

EN 1317-1 va EN 1317-2 Yevropa standartlarida to‘siqning ushlab qolish qobiliyatiga qo‘yiladigan asosiy xavfsizlik talablari

15

8.

Avtomobillar uchun ushlab qolish to‘siqlarining yeyilishini aniqlash uslubi

16




Bibliografiya

18




Bibliografik maʼlumotlar

19




O‘zgartirishlarni ro‘yxatga olish varag‘i

20


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTI

Yo‘l to‘siqlari.
Natural sinov uslublari


Ограждения дорожные.
Методы натурных испытаний


Road restraint systems.
Test methods


Kiritilish sanasi (Joriy etish sanasi) ___________

1 Qo‘llanish sohasi ( doirasi)


Mazkur standart avtomobil yo‘li, ko‘prik inshooti va ajratuvchi tasmaning yon tomonida joylashgan ushlab qoluvchi yon yo‘l to‘siqlari (quyida - to‘siqlar)ni natural sinov usullariga taalluqli. Standart talablari har xil maqsad va sharoitdagi to‘siq tuzilmalarini sinovdan o‘tkazishda va ulardan foydalanishda, shuningdek, loyihalash paytida turli yo‘l bo‘laklari uchun zarur bo‘lgan to‘siq tuzilmalarini tanlashda hisobga olinadi.


  1. Normativ havolalar


Mazkur standartda quyidagi davlatlararo standartlarga havolalardan foydalanildi:
ГОСТ 9.307:2021 (98) Единая система защиты от коррозии и старения. Покрытия цинковые горячие. Общие требования и методы контроля; (loyiha matnida keltirilmagan)
GOST 9.307:2021 Korroziya va eskirishdan himoya qilishning yagona tizimi. Issiq sink qoplamalari. Umumiy talablar va nazorat usullari;
ГОСТ 9.401:91 (2018) Единая система защиты от коррозии и старения. Покрытия лакокрасочные. Общие требования и методы ускоренных испытаний на стойкость к воздействию климатических факторов; (loyiha matnida keltirilmagan)
GOST 9.401: 91 Korroziya va eskirishdan himoya qilishning yagona tizimi. Boyoq-lak qoplamalari. Iqlim omillari ta’siriga chidamlilik bo‘yicha tezlashtirilgan sinov usullari va umumiy talablar;
ГОСТ 5781:82 (muddati tugagan 31.12.2022 o`rniga ГОСТ 34028-2016 qabul qilingan) Сталь горячекатаная для армирования железобетонных конструкций;
ГОСТ 5781:82 Temirbeton konstruktsiyalarini mustahkamlash uchun issiqlayin jo‘valangan po'lat;
ГОСТ 26633:91 (2015) Бетоны тяжелые и мелкозернистые. Технические условия;
ГОСТ 26633:91 Mayda donali va og‘ir betonlar. Texnik shartlar;
ГОСТ 33127:2014 Дороги автомобильные общего пользования. Ограждения дорожные. Классификация; (loyiha matnida keltirilmagan)
ГОСТ 33127:2014 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari. Yo‘l to‘siqlari. Tasniflash;
ГОСТ 33128:2014 Дороги автомобильные общего пользования. Ограждения дорожные. Технические требования; (loyiha matnida keltirilmagan)
ГОСТ 33128:2014 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari. Yo‘l to‘siqlari. Texnik shartlar;
ГОСТ 33151:2014 Дороги автомобильные общего пользования. Элементы обустройства. Технические требования. Правила применения; (loyiha matnida keltirilmagan)
ГОСТ 33151:2014 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari. Jihozlash elementlari. Texnik shartlar. Qo‘llash qoidalari;
ГОСТ 26804:2012 Ограждения дорожные металлические барьерного типа; (loyiha matnida keltirilmagan)
ГОСТ 26804:2012 Baryer turidagi metal yo‘l to‘siqlari.
Izoh: Ushbu standartdan foydalanganda joriy yilning yanvar holati bo‘yicha tuzilgan tegishli standartlar (klassifikatorlar) ko‘rsatkichi bo‘yicha va joriy yilda chop etilgan tegishli axborot ko‘rsatkichlari bo‘yicha havola berilgan standartlarning (va klassifikatorlarning) O‘zbekiston hududida amal qilinishini tekshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agar havola berilgan hujjat almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, mazkur standartdan foydalanganda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga tayanish zarur. Agar havola berilgan hujjat almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unda mazkur hujjatga havola berilgan band ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llanadi. (O‘z DSt 1.6)



Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə