Ограждения дорожные. Методы



Yüklə 358,97 Kb.
səhifə3/13
tarix22.03.2024
ölçüsü358,97 Kb.
#183385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3486 Йўл тўсиқлари Натурал синов усуллари Стандарт вариант lotin

3 Atamalar va taʼriflar


Ushbu standartda quyidagi atamalar tegishli taʼriflar bilan qo‘llaniladi:
3.1 avtomobillar uchun ushlab qoluvchi yon yo‘l to‘sig‘i (to‘siq): Yo‘l chekkasida, ko‘prik inshootida yoki ajratuvchi tasmasi joylashgan, transport vositalarining yo‘ldan chiqib ketishi, ajratuvchi tasmani kesib o‘tishi yoki ko‘prik inshootidagi trotuarga chiqib ketishining oldini olish uchun mo‘ljallangan yo‘l harakatini tashkil qilishning texnik vositalari (qurilmalar).
To‘siqlar quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin: chegaraviy toshli xoshiyali, parapetli, baryerli, trosli, kombinatsiyalashgan turdagi.
3.2 avtomobilning yo‘ldan chiqib ketishi: To‘siqqa urilgandan keyin avtomobilning boshqarilmaydigan harakat jarayoni.
3.3 to‘siq balandligi: Qatnov qismi tomonidan to‘siqning qirrasida o‘lchangan, to‘siqning eng baland nuqtasidan ko‘prik inshooti qoplamasigacha, ajratuvchi tasmagacha yoki yo‘l yoqasigacha bo‘lgan vertikal tekislikdagi masofa.
3.4 to‘siqning dinamik egilish (egilish): unga transport vositasi (avtomobil) urilganda, deformatsiyalanmagan to‘siqning old yuzasiga nisbatan to‘siqning old yuzasining ko‘ndalang yo‘nalishda eng katta gorizontal siljishi. (gap mazmuni qayta ko`rib chiqilishi maqsadga muvofiq)
3.5 ishchi kenglik: Avtomobil kuzovining, uning ichidagi yukning yoki to‘siq parchasining (to‘siq o‘rnatilgan joyga qarab) deformatsiyalanmagan to‘siqning old yuzasiga nisbatan yon tomonga maksimal dinamik siljishi.
Izoh: Ishchi kenglik to‘siqlarni ajratuvchi tasmaga, ko‘prik yo‘l tirgovuchlari, axborot yo‘l belgilarining konsolli yoki ramali tirgovuchlari, elektr uzatuvchi va aloqa liniyalarining tirgovuchlari, yoritish tizimi va yer usti kommunikatsiyalari o‘tkazuvchi quvurlarining tirgovuchlari va h.k.lar (quyida – katta to‘siqlar) yonida o‘rnatganda hisobga olinadi. Boshqa holatlarda egilish hisobga olinadi.
3.6 to‘siqqa urilish burchagi: Transport vositasi bo‘ylama o‘qining yo‘l tekisligiga proyeksiyasi (uning to‘siq bilan kontakti boshida) va deformatsiyalanmagan to‘siq o‘qi o‘rtasidagi burchak.

Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə