Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə12/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

MAVZU. OSHPAZNING MEHNATI.
Maqsad. Bolalarni oshpazning mehnati bilan tanishtirish, bolalarga uning mehnati mazmuni, natijasi, ahamiyati to’g’risida bilim berish, mehnat jarayoni, oshpazning mehnatini yengillashtiruvchi moslamalar bilan tanishtirish.
Ekskursiyaning borishi: ertalabki nonushtadan keyin tar-biyachi bolalarni o’z atrofiga to’plab quyidagi savollar bo’yicha suhbatlashadi:
Bugun biz nonushtada nima yedik?
Ovqat shirin pishirilganmidi?
Bizga nonushtani kim tayyorlab beradi? Bolalarning javoblaridan keyin tarbiyachi bolalarga so’zlab beradi: nonushta, tushki ovqat, kechki ovqatni bog’chada oshpaz tayyorlaydi. Oshpaz hamma ovqatlar mazali, chiroyli, o’z vaqtida tayyor bo’lishi uchun harakat qiladi. Oshpaz oshxonada ishlaydi. Bizning bog’chamiz oshxonasida ikkita oshpaz ishlaydi: Gulchehra Bahodirovna va Sanobar Karimovna. Biz sizlar bilan oshxonaga borib, oshpazlarimiz qanday ishlayotganini ko’ramiz. Ularning ishlariga xalaqit bermaslik uchun o’zingizni odobli tutinglar vasekin gaplashinglar. Oshxonaga borganimizda oshpazlarga «Assalomu alaykum» deysizlar.
Bolalar oshxonaga borib oshpazlarga salom berishadi. Oshpazlar ham bolalarning salomiga alik olib, ichkariga – oshxonaga taklif qilishadi.
Tarbiyachi: Gulchehra Bahodirovna, Sanobar Karimovna, sizlar bolalarimizga judayam mazali ovqatlar pishirib berasizlar, buning uchun sizlarga katta rahmat! Ular sizlar tayyorlagan taomlarni ishtaha bilan yeb sog’lom va baquvvat bo’lib o’sishmoqda. Ular sizlarning taomlarni qanday tayyor-lashingizni ko’rishmoqchi.
Oshpaz Gulchehra Bahodirovna bolalarga oshxonani, u yerdagi katta plitani, stollar, idishlarni ko’rsatadi va nomini aytadi. Keyin shunday deydi: «Plitaning ustida turgan katta kostryulkalarda sizlarga suyuq ovqatlarni tayyorlaymiz. Bugun tushki ovqatga mastava pishiramiz». Unga ketadigan masalliqlarni bolalarga ko’rsatib, nomini aytadi. Mahsulotlarning qaysinisiga qanday ishlov berishni ko’rsatadi va so’zlab beradi: kartoshkani archib, yuviladi, uni mana bunday shaklda qirqiladi, piyozning po’stini archib, yuviladi va mana bunday to’g’raladi va hokazo. Keyin kartoshka tozalagich mashinani ishlatib ko’rsatadi, bolalar elektr go’sht maydalagichni ko’rishadi, keyin bolalar oshpazlarning ovqat tayyorlashlarini ko’radilar.
Yakunlovchi suhbat. Tarbiyachi: oshpazimiz har bir ovqat uchun kerakli masalliqlarni tanlab oladi va ularga ishlov beradi, yuvadi, tozalaydi, pichoq bilan kesadi, xamir qoradi, qovuradi, pishiradi. Oshpaz uchun qanday asboblar kerak? (Bolalarning javoblari.)
Tarbiyachi: demak, oshpazga plita, stollar, idishlar va har xil asboblar kerak (hammasining nomini takrorlaydi). Oshpazga qanday mashinalar yordam beradi? (Bolalarning javoblari.)
Tarbiyachi: kartoshkani tozalash juda qiyin va unga ko’p vaqt ketadi. Go’shtni qiyma qilish ham qiyin, xamir qorish ham kuch va vaqtni talab qiladi. Bu ishlarni oson va tez bajarishda oshpazlarga mashinalar yordam beradi (nomini aytib chiqadi). Oshpazlarimiz qanday ishlashadi? (Bolalarning javoblari.)
Tarbiyachi: oshpazlarimiz o’zaro inoqlikda bizga ovqatlarni tez va shirin qilib tayyorlab berishadi. Oshxonani ko’ringlar, hammayoq saranjon-sarishta, hamma idishlar, kiyimlari ham top-toza.
Oxirida oshpazlar bolalarga o’yinchoq idishlar sovg’a qilishadi va mana endi sizlar ovqatlarni qanday tayyorlashni bilib oldinglar, qo’g’irchoqlaringizga mazali ovqatlar tayyorlab berasizlar, deb aytishadi.
Tarbiyachi va bolalar oshpazlarga hamma xizmatlari, sov-g’alari uchun minnatdorchilik bildirishadi va xayrlashib chiqib ketishadi.
Eslatma: Agar kattalar mehnati to’g’risidagi bunday hajmdagi bilim va tasavvur bolalarga og’irlik qilsa, dastur materialini ikkiga bo’lib, ekskursiyani ikki marta o’tkazish mumkin.
Shunday qilib, kattalar mehnati bilan tanishtirish bolalar mehnat va axloqiy tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə