Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi


KIRISH Tadqiqotning dolzarbligi



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə2/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

KIRISH


Tadqiqotning dolzarbligi. Respublikamizda ijtimoiy munosabatlar mazmuni yangilanayotgan ayni paytda o’sib kelayotgan yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashni yangicha asoslarda, bir tomondan, milliy pedagogik qadriyatlarimiz zaminida, ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda olib borishga ijtimoiy zaruriyat sifatida qaralmoqda. Chunki mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbai, barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy shart-sharoitidir. Demak, mehnat inson faoliyatining asosiy shakli, kishi hayotining mazmuni, har bir jamiyat a’zosining vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan jamiyatning axloqiy tamoyili hisoblanib kelgan, moddiy va ma’naviy madaniyatning hamda ijtimoiy taraqqiyotning negizi hamdir. Mehnat faqat shaxsiy moddiy farovonlik manbaigina bo’lib kolmay, balki xalqqa xizmat qilish, vatan uchun qayg’urish, shaxsiy manfaatdan xalq manfaatini ustun qo’yishning asosi hamdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasini bolalarga yangicha singdirish, ularda mehnat qilishga ishtiyoq o’stirish, mehnat natijasidan zavqlana bilish kabi hislarni tarkib toptirish orqali ularda mehnat ahliga hurmatni, jamiyat foydasiga mehnat qilish qobiliyatini, fidoyilik va mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish kabi axloqiy sifatlarni tarkib toptirish lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarini mehnatga o’rgatishda, eng avvalo, ularni psihologik va amaliy tayyorlash: jamoada mehnat qilish ko’nikmalarini tarbiyalash muhim rol uynaydi. Mehnatga ruhiy, aqliy va amaliy tayyorlash jarayonida yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, halollik, intizomlilik kabi sifatlar shakllanishi bilan birga ularda axloqiy – irodaviy hususiyatlar ham shakllanib boradi. Ayniqsa, mehnat madaniyati ko’nikmalarini tarbiyalay borish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki madaniyatli qilish mehnatsevar bo’lib yetishadi. Shunday ekan, mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, tarbiyalanganligi avvalo mehnatga bo’lgan munosabatida ko’rinadi. Mehnat insonni ulug’laydi, go’zallikka chorlaydi. Mehnatsiz turmush mazmunsiz, deyiladi. Mehnat qilmaydigai insonning hayoti zerikarlidir. Unday inson ma’naviy qashshoq va jismonan zaif bo’ladi. Uzoq umr ko’rishning siri ham mehnatdir. Mehnat qilmasang xatto iste’dod ham so’nadi. Mehnat har qanday qobiliyatni rivojlantiradi. Mehnatga bolalar dastlab oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida va tarbiya jarayonining butun tizimida o’rgatilib boriladi. Bolalar bog’chasida va oilada bajariladigan uncha murakkab bo’lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak.
Bola mehnatning ahamiyati va madaniyatini tushunib yetish uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o’zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalarning har xil mehnat jarayonida ishtirok etishi, kattalar mehnati bilan tanishtish ularning tevarak atrofdagi hayet, kishilarning o’zaro munosabatlari to’grisida narsalar va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari, qurilmalar va asboblar to’g’risida muayyan taassursslarga ega bo’lishlariga yordam beradi.
Mehnat bolalardan diqqat, o’tkir zehn, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog’ozni buklash, biror bir shaklni andozaga qarab qirqish, kerakli o’zunlikni o’lchash kabi harakatlarni) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni berishga to’g’ri keladi. Bu bola nutqini yangi so’zlar bilan boyitadi, fikrlashi, dunyoqarashini shakllantirishga imkon beradi. Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan, unga to’g’ri nazorat yoki rahbarlik qilgandagina ijobiy natija berishi mumkin. V.I. Loginovning ta’kidlashicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to’g’risidagi bilimlar sistemasini o’zlashtirib olishlari kerak bo’ladi:
1. Mehnat maqsad va uning natijasini belgilab olishdan boshlannadi (maqsad - mehnat tasviri).
2. Mehnat qilishdan ko’zlangan maqsad bo’yicha kerakli materiallarni tanlab ajratib olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab ajratib olish.
4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.

Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə