Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi


Tojik shoiri Nosir Xusrav iison mehnatining natijasini shunday izohlaydi



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə7/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

Tojik shoiri Nosir Xusrav iison mehnatining natijasini shunday izohlaydi:
Jahonning shodligin boisi dehqon,
Uning birla ekinzor bog’u bo’ston.
Bu shidan yaxshi olamda na bordir,
Odam nasliga bu ishi yodgordir.
O’zbek shoirlari, yozuvchilari: Alisher Navoiy, Furqat, Muqimiy, Hamza mehnatning insonni ma’naviy go’zallashtiruvchi poliga, mehnatsevarlikni tarbiyalashga va mehnat ahlini qadrlashga katta o’rin beradilar.
A. Navoiy mehnat qilib yashash zarurligini shunday ifodalaydi:
Bir diram oamoq chekibon dast ranj,
Yaxshiroq andinki birov bersa ganj.
Azaldan mehnatkash, tinib-tinchimas xalqimiz o’zining mehnati bnlan bog’larni gulistonga, cho’lni bo’stonga aylantirib kelmoqda.Qadimda ota-bobolarimizning mehnat haqida aytilgan dono naqllari hozirga qadar ham o’z qadrini yo’qotgani yo’q.
Masalan:
Mehnat qilsang, ko’ksing tog’,
Hurmat qilsang, diling bog’.
Mehnatli non – shakar,
Mehnatsiz non – zahar.
Mehnat baxt keltirar.
Mehnat qilib topganing,
Qandu asal totganing.
Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug’laydi, uning samarasi haqida fikr yurptadi.
O’zbek bolalar yozuvchi va shoirlari ham kattalar mehnatining mazmunini yoritib bsrganlar. Bunga Q. Muhammadievning «Etik», «Bir hovuch yong’ok», Q. Hikmatning «Suv» kabi she’rlari misol bo’ladi.
Yuqorida aytganlarimizdan ko’rinib turibdiki, mehnat har qanday moddin va ma’naviy boyliklarshshg asosiy mapbai, shu bilan birga shaxsni har tomonlama kamol toptirishiing muhim vositasidir. Mehnat jarayonida insoniy hislatlarning faol namosn bo’lishi uchun eng qulap sharoitlar yaratadi va har bir kishida ma’naviy qoniqish hosil qiladi.
Har bir bola maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur. Bolalar bogchasida, oilada bajariladigan uncha murakkab bo’lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak.
Bola mehnatning ahamiyati va mohiyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o’zlari baja-radigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidai ekskursiyalar uyushtiradi.
Bolalar quruvchilarning mehnatini kuzatishyapti, deylik. Qurilish maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular ko’tarma kran bilan tushiriladi. Keyin bolalar g’isht teruvchilar, duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, bo’yoqchilar mehnatini kuzatadilar.
Bolalarning qurilish bilan tanishish davomida bilib olgan barcha tasavvur va tushunchalari, ularning ko’zi oldida ajoiib bino bunyod etgai kishilar mehnatining go’zalligi namoyon bo’ladi.
Mana, tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga gul soluvchi kishilar mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi bilam birgalikda ularning mohirona chizgan rasmlari natijasida chinni idishlarning har xil jilo berib turlanishidan zavqlanib, «Ularning qo’llari gul ekan», deydilar.
Bularning barchasi bolalarda kishilar mehnatiga muhabbat uyg’otadi. Pedagog bolalarni mehnatning moddiy boylik keltiruvchi tomonini ham, estetik tomonini ham ko’ra bilishga o’rgatadi. Aprel kunlaridan birida tarbiyachi bolalarni daraxtlar gullab turgan boqqa olib kiradi. Gulsapsar va piyongul bilan o’ralgan yo’lkalarga qum sepilgan, daraxtlarning tanasi bog’bonlar tomonidan ohak bilan oqlangan. Tepada esa gullab turgan o’rik, gilos, olma, olcha, shaftoli. Gullarning atrofida asalarilar g’uvillashib uchib yuribdi. Bularning hammasn bolalarda ajoyib zavqli kechinmalar uyg’otadi.
Mehnat bolalarning jismoniy, to’gri rivojlanishida zarur shartlardan bnri hisoblanadi. Mehnatda bola o’zining ishlash, harakat qilish ehtiyojini qondiradi, harakatlarning aniq, uyg’un bo’lishini taminlamdi. Mexnat jarayonida bola organizmining umumiy hayotiy faoliyati, unnng chidamliligi ortadi.
Bolalarniig turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etish-lari, kattalar mehnati bilan tanishishlari ularning tevarak-atrofdagi hayot haqida, kishilarning o’zaro muiosabatlari to’g’risida, narsalar va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov bsrish usullari haqida, qurplmalar va asboblar to’grisida muayyan tasavvurlarga ega bo’lishlariga yordam beradi.
Mehnat bolalardan diqqat, o’tkir zehnlilik, topqirlik, bilib olgan malaka va ko’nikmalarini amaliyotda qo’llay bilish, ijodkorlik qobpliyatlarini egallashni talab etadi. Mexnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog’ozni buklash, kerakli uzunlikni o’lchash, andazaga qarab shaklni qirqib olish kabi harakatlarni) anglatuvchi bir qan-cha tushuncha va atamalardan fopdalanishga, bajarilgan ish-dagi izchillikni so’zlab berishga to’g’ri keladi. Bular bola nupxini yangi so’zlar bilan boyitadi, uning mantiqiy bog’liq ravishda grammatik jihatdan to’g’ri shakllanishiga imkon beradi.
Bolalarni eng oddiy mehnat qurollari, materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishtirish kerak. Bog’chadagi mehnat ularni maktabdagi politexnik ta’limga tayyorlaydi.
Mehnat kishining va jamiyatning eng zarur yashash shartidir. Inson nima bilan faxrlansa va u nima bilan e’zozlansa, ularning hammasi mehnatning natijasidir. Mehnat barcha boyliklarning manbai bo’lish bilan birga, u inson hayotining mazmuni hamdir. Buning ma’nosi shundaki, insonning o’zini inson sifatida shakllantirgan (narsa) ham, insonning qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish qilgan ham ana shu mehnatdir.
Mehnat – butun moddiy va ma’naviy madaniyatning, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyotning negizidir.
Mehnat tarbiyasining vazifalari ko’p qirralidir. U bolalarni mehnat faoliyatiga amaliy tayyorlashning juda ko’p tomonlarini qamrab oladi. Mehnat tarbiyasining eng muhim vazifasi yosh avlodni mehnat qilish xohishini, havasini, intilishini, ko’nikma va mahoratni ularda shakllantirishdan iborat. Eng muhimi mehnat qilayotgan kishi o’zi bjarayotgan ish natijalarini ko’rgan taqdirdagina uning uchun mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Eng zaruri mehnat uning uchun moddiy va ma’naviy qimmatga ega bo’lishi shart. Busiz mehnatning natijasi bo’lishi mumkin emas.
Hozir mehnat tarbiyasining maqsadi mulkka munosabatni shakllantirishga qaratilmog’i zarur. Umuman mehnat insonni ijodiy fikrlashga, fidoiylikka, mustaqillikka da’vat etmog’i shart. Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash eng asosiy muammo. Shaxsning ma’naviy qiyofasini tarkib toptirishda mehnatning roli nihoyatda kattadir. Mehnatda shaxsan qatnashmay turib, degan edi Ushinskiy, inson o’zining axloqiy rivojlanishida olg’a qarab borolmaydi, bir joyda ham turolmaydi, u orqaga ketadi.
Mehnatning axloqiy qimmati uning jamiyat uchun qanchalik axamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Mehnat har bir bolani o’z mehnatining ijtnmoiy ahamiyatini tushunib yetishga, uning jamiyat hayotiga kirib borishiga, o’zini shu jamiyatning a’zosi deb his etishiga imkon yaratadi.
Har bir bola oilada, bolalar mehnatida o’z ulushi borligini xis eta bilishi lozim. Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va intizomlilnkni, burch hissini tarbiyalaydi. Shuning uchun bolalarni jamoa mehnatnda tarbnyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi ahamiyati shundaki, mehnat jarayonida ular borliqni faol anglay boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoniyati yaratiladi.
Bog’cha yoshidan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi.


Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə