Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi


MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BOLALARINI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHGA DOIR ASOSIY MANBALAR VA TARIXIY TAJRIBALAR



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə6/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

1.2. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BOLALARINI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHGA DOIR ASOSIY MANBALAR VA TARIXIY TAJRIBALAR
Mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbai, barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy shart-sharoitidir, shu bilan birga inson hayotiy faoliyatinipg asosiy shaklidir, kishi hayotining mazmuni va har bir jamiyat a’zosi-nnng vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat hadnm-dan jamiyatning axloqiy prinsipi hisoblanib kelingan.

Mehnat-faqat shaxsiy moddiy farovonlik manbaigina emas, balki xalqqa xizmat qilish, vatanimiz gullab-yashnashi va uning qudratini oshirishning asosi hamdir.


Madaniyatli kishi mehnatsevar bo’lib yetishadi. Mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, tarbiyalanganlign avvalo mehnatga bo’lgan munosabatida ko’rinadi.
Mehnat insonni ulug’laydi, go’zallikka chorlaydi. Mehnatsiz turmush mazmunsiz o’tadi. Mehnat qilmaydigan inson hayoti zerikarlidir. U ma’naviy qashshoq, jismoniy zaif bo’ladi. Uzoq umr ko’rish siri ham mehnatdadir. Mehnat qilmasang, hatto buyuk iste’dod ham so’nadi, mehnat har qanday qobiliyatni rivojlantiradi. Terlab-pishib qilingan mehnat erta hosil beradi, mehnatdan qobiliyat, qobiliyatdan iste’dod, undan esa daholik paydo bo’ladi. Hammasining zamirida sidqidildan qilingan mehnat yotadi.
Mehnat baxt timsoli ekanligi hammaga ayop. Inson yaralgandan beri mehnat faoliyati bilan shug’ullanib kelgan.
Inson hayotida mehnatning aha.chiyati hamma vaqt barcha xalqlarning eng asl farzandlari – mutafakkirlari, olimu fozillarining diqqat markazida bo’lgan.
«Bola o’z mehnati bilan o’zini boqish qurbiga ega bo’lgandan keyingina otaning o’g’liga (yoki qiziga) bergan mehnat tarbiyasi yakunlangan hisoblanadi» deb hisoblagan Ibn Sino.
Qaysi narsaga ko’p mehnat qo’shilsa,
O’sha narsa sevimli, hammadan aziz.
Qaysi narsaga kishi umrini sarf qilsa,
O’sha narsa shirin jon barobarida sevimli bo’ladi.
Biror ishni qilishga qasd qilgan bo’lsang, butun zehning, butun vujuding bilan tirishib, bitirmaguncha undan qo’l tortma, - deb o’git qilgan Amir Temur.
K.D.Ushinskiy «Tarbiyaning o’zi, agar kishining baxtli bo’lishini istasa, uni baxt uchun tarbiyalamasligi, balki hayotdagi mehnatga tayyorlashi kerak», - degan.
Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil. (A.Navoiy)
Mehnat tarbiyasi tarbiyaning tarkibiy qismini tashkil etadi. Haqiqatdan ham, kishining eng birinchi, zaruriy ehtiyoji – mehnatdir. «Buning uchun mehnat zarur, - deb uqtiradi Beruniy, faqat aql-idrok va mehnatning jonlanishigina kishilar hayotini belgilab beradi». Insonning asosiy burchi va vazifasi – mehnat qilishdir, chunki istalgan narsaga mehnat sarflash orqali erishiladi.
A.N.Forobiy inson o’z ijtimoiy vazifasini bajarish uchun unga, birinchidan, kundaliy hayotda odamlar bilan muloqotda bo’lish zarurligini, ikkinchidan esa, u mehnat va kasb-hunar ko’nikmalarini va axloqiy fazilatlarni hosil qilishi lozimligini ta’kidlaydi. Va yana «Har bir kishiga berkitilgan ma’lum bir ish bo’lishi kerak, toki u kishi o’ziga berkitilgan ishni kechiktirmasdan o’z vaqtida bajarsin», - deydi.
Ali Abu ibn Sino «Kitob ush-shifo» asarida ideal davlat tuzumi ko’rinishini chizib beradi. Uning fikricha, bu davlatning har bir a’zosi jamiyat uchun foyda keltiruvchi biron bir ish bilan shug’ullanishi kerak. Odamni shundagina odam deyish mumkinki, qachonki u o’z manfaati uchungina emas, balki xalq va umumjamiyat manfaatlari uchun foydali mehnat qilishi bilandir. Birovlar halol mehnat qilib jamiyat uchun foyda keltirsa, boshqalar tekinga yashasa – bu adolatsizlik, deb ta’kidlaydi, Ibn Sino «Tadbir-al manozil» asarining «Afsofiy bahtarin zanho» bo’limida barcha jamiyat a’zolari ishlab chiqarish mehnati bilan shug’ullanishi zarur, - degan g’oyani ilgari suradi.
Kaykovus «Qobusnoma»ning «Hunarning afzalligi va qadri baland, oliy tabiatli bo’lish haqida» degan bobida farzandlarni mehnat qilishga undar ekan, agar mehnat qilib badanni o’zingga bo’ysindirmasang sog’lom va baland martabali bo’la olmaysan.
Pahlavon Mahmud «Inson yuksak kamolotdir, lekin u ana shu sharafga loyiq bo’lish uchun, avvalo, foydali mehnat bilan shug’ullanishi va o’z manfaatini xalq manfaatidan yuqori qo’ymasligi lozim», - degan g’oyani ilgari suradi.
Abdulqodir Bedilning fikricha «Insonda o’z hayotini yaxshilash uchun imkoniyat mavjuddir. Bu imkoniyat, uning nuqtai nazaricha, kishining hafsalasida, harakatchan bo’lishida, ilm, kasb-hunar o’rganishi va mehnat qilishidadir».
Yu.X.Xojib «Qutadg’u-bilik» dostonida «Inson faqat jamiyatdagina, boshqa kishilar bilan muloqatda va o’zaro munosabatda, ijtimoiy foydali mehnatdagina chinakam kamolotga yetishadi», - deb ta’kidlaydi.
Mehnat tarbiyasi haqida mashhur pedagog V.A.Suxomlinskiy quyidagi fikrlarni bildiradi: «O’zi yaxshi ko’rmaydigan ish bilan shug’ullanmaydigan kishini hech qanday madaniy boyliklar, xazinalar bilan shod etib bo’lmaydi», «Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatni qo’shib olib borish – bu aqliy mehnatdan keyin mexaniq tarzda jismoniy mehnat bilan mashg’ul bo’lish degan so’z emas, balki aqliy mehnatda hosil qilingan bilimni jismoniy mehnat vaqtida muttasil qo’llab borish demakdir», «Mehnatdagi muvaffaqiyat – bu muvaffaqiyat qozongan kishining faxri. O’z mehnatidan faxrlanmaydigan haqiqiy insonning o’zi yo’q», «Kam qayg’uradigan, kam o’ylaydigan kishi, birdan mehnatsevar bo’lib qolishi mumkin emas», «Bola mehnatga o’z-o’zidan qiziqib qolmaydi, modomiki qiziqishi bo’lmas ekan, demak mehnatga muhabbat ham bo’lmaydi, albatta. Bolalar mehnatini noto’g’ri uyushtirish uni mantiqsiz bir ishga aylantiradi va u mehnatdan bezib qoladi».
Islom dinida mehnat qilish ibodat qilish bilan barobarligi, mehnat qilishdan uyalmaslik kerakligi aytiladi. Zero mehnat – inson hayotining ko’rki, bezagi. Mehnat insonga baxt saodat, farovonlik baxsh etadi. Halol mehnat ma’naviy hayotning mezonidir. Mehnat insonni uch balodan: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan saqlaydi. Yana «Ishni puxta va yaxshilab qilgan kishini Alloh yaxshi ko’radi» (Hadis) deb musilmonlarni sidqi dildan mehnat qilishga chorlaydi.
Sh.Sa’diy insoniy qadr-qimmatni mehnatda, hunarga tayanishda deb tushunadi va shunday deb ta’lim beradi.
O’z mehnatidan non yegan kishi
Hotam minnatidan ozod yosh-qishi
Bolalarga mehnat quvonchi, o’qishdagi yutuq quvonchini berish ular qalbida faxrlanish hissini, o’z izzat-nafsi hissini uyg’otish – bu tarbiyaning eng asosiy birinchi vazifasidir, degan Suxomlinskiy.
Avestoda «Bolalar yosh paytdanoq daraxt ko’chati o’tqazish, uy-ro’zg’or qurilmalarini yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o’rgatish kerakligini» - ta’kidlagan.
Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o’z qo’llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratishi lozim.
...Mehnat qilmaydigan odamlar! Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta’zim qilib, abadul-abad bosh egib turajaksan! Haqiqatdan ham sening yoningdan turli xil ziroatlarni olib o’tadilar, bu noz-ne’matlarning barchasi mehnat qilayotgan, to’g’ va farovon yashayotgan xonadonga nasib qiladi. Abadul-abad shunday bo’lajak!
Inson butun umr davomida suv, tuproq, olov, umuman inson, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir.
Chorvador to’g’ bo’lsin uchun chorvani muttasil parvarish qilmoq lozim, kabi g’oyalar ta’kidlangan.
Har qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak, - degan Servantes.
Agar inson biron kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi, degan Andre Morua.
Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod hamma bab-barobar bo’ladi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladigan – deb ta’kidlagan A.N.Forobiy.
«Mehnatdan tashqari va mehnatsiz tarbiya yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, chunki murakkab va ko’p qirrali mehnatsiz haqiqiy insonni tarbiyalab bo’lmaydi» va yana «Mehnatsevarlik – bu obrazli qilib aytganda, uchta tushuncha: zarur, qiyin va go’zal degan tushunchalar yig’indisidan iborat».
O’tmishdagi iste’dodli shoir Abu Shukur Balxiyning mehnatni ulug’lovchi quyidagi she’riy satrini keltirish mumkin:
Orzu-tilak yo’li mehnat tagida,
Xazinaning mo’li mehnat tagida.

Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə