Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi


IKKINCHI BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BOLALARINI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING MAZMUN, SHAKL VA METODLARI



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə8/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

IKKINCHI BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BOLALARINI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING MAZMUN, SHAKL VA METODLARI
2.1. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BOLALARINI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
Maktabgacha ta’lim muassasai bolalarini kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo’lib, narsa va buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq uchun zarur ekanligi to’g’risida tushuncha berib boriladi. Masalan, o’simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda ishlatilishi to’g’,risida bilim va tushunchalar berib boriladi.

Kattalarning mehnati bilan tanishtirish yana quyidagi maqsadni ko’zlab ham amalga oshiriladi: kattalar mehnati to’g’risida aniq bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va mehnat natijalarini qadrlashga o’rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbat uyg’otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga o’rgatish.


Kattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
- har bir kishi mehnatining ijtimoiy mohiyati;
- mehnat ahli o’rtasidagi ijobiy o’zaro yordam berish munosabati;
- har qanday kasb ham muhim ekanligini tushuntirish.
Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirish:
- mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati;
- materiallarni tanlash (mehnat materiallari);
- jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan asboblarni tayyorlab olish);
- mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun bajariladigan mehnat harakatlari);
- natija – mehnat mahsuloti.
Bolalar bog’chasi dasturiga binoan har bir yosh guruhidagi bolalar kattalar mehnati to’g’risida quyidagi bilim va ta-savvurlarni egallab olishlari lozim:
Kichik guruh: 1. Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni.
2.Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari.
3.Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli material.
4.Ma’lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar.
5.Mehnat natijasi.
6.Kishi mehnatining ijtimoiy ahamiyati.
O’rta guruhda mehnat to’g’risida qo’shimcha tasavvur va bi-limlar beriladi:
1.Harakat sifati haqida.
2.Kishining mehnatini yengillatuvchi moslamalar.
3.Kishilarning mehnatga muhabbati.
Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va bilimlar beriladi
1.Kishilarmehnatini yengillatadiganmashina va mexanizmlar to’g’risida.
2.Kishilar mehiati jamoa xarakterida ekanligi to’g’risida.
3.Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o’zaro munosabatlari to’g’risida.
4.Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an’analari haqida.
Mehnat qilish muntazam tarzda bo’lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar quyidagi mehnat turlariga jalb qilinadi: o’z-o’ziga xizmat qilish, xo’jalik-maishiy mehnat, tabiat quchog’idagi mehnat va qo’l mehnati.
O’z-o’ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo’lib, unda bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga, kiyinish va yechinishga, o’yinchoqlarni yig’ishtirib qo’yishga o’rgatiladi. O’z-o’ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik, ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar qo’llaridan kelgan ishni o’zlari bajarishga o’rganadilar. O’z-o’ziga xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi, batartiblilikka, intizomli bo’lishga, xulq-odobga o’rgatadi.
Bolalar xujalik-maishiy mehnagga bolalar bog’chasida va oilada jalb etnladn. Uning mazmuni h,ar xil bo’ladi: xona va bog’cha maydonchasini yig’ishtirish, stolni bezatish va stoldagi idish-tovoqlarni yig’ishtirish, choy idishlarini, qo’g’irchoq kkpimlarinn, mayda narsalarni yuvish, mashg’ulotga kerakli mnteriallarni taiyorlab qo’yish, mashg’ulotdan ksyin stol ustidagi narsalarni yig’ishtirib olish va h. k.
Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lib, o’simlik vahayvonlar,yil fasllari, jonsiz tabiat to’g’risidagi bilimlar manbai, bolalarda mehnat sevarlikni, tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalash vosntasndar, shu bilan birga bolalar mehnatnint bu turi orqalya tuproqni ekishga tayyorlash va o’g’itlash, ko’chatni o’tqazish, o’simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka va ko’nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar or-ganizmini chiniqtiradi, ularning sog’lig’ini mustahkamlaydi. Qo’l mehnati – mashg’ulot, o’yinlarga mehnat faolnyati uchun zarur bo’lgan o’shshchoq va qurilmalarni tayyorlash bo’yicha bo-lalar mehnatidir (qog’oz qiyqimlarini tashlash uchun, o’simliklar urug’i uchun qutichalar, qo’g’irchoq knynmlari, qalpoqcha-lar, niqoblar va shunga o’xshash narsalar tayyorlash).
Qo’l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi – narsa, buyum vujudga ksladi. Bolalar yopishtirish, bo’yash, qirqish, arralash, mix qoqishni, tikish va shunga o’xshash oddiy mehnat malaka va ko’nikmalarini egallab oladilar. Ularda ijodkorlik, topag’oplik, zehnlilik xislatlari o’sadi.
Bolalarda mehnat faoliyatini shakllantirish. Mehnat faoliyati-har xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, har xil mehnat turlarini birlashtiruvchi keng tushunchadir. Mehnat jarayoni – mohnat faoliyatining o’ziga xos bir bo’lagi bo’lib, uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy qismlari, mehnatning maqsadi, material va mehnag qurol-aslahalari, biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qilingan barcha mehnat harakatlari, mehiat sabablari va mehnat mahsuli yavdol qo’zga tashlanadi.
Mehnat faoliyatiii egallash-bu birnnchi navbatda mehnat jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir. Shunga qarab bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular quyidagilardan iboratdir:
Bolalarnn bo’lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo’yishga o’rgatish.
Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini eng oddiy rejalashtirib olishga o’rgatish.
O’z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga o’rgatish.
Mehnat malakasi va ko’nikmalarini o’rgatish.
Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qancha vaqtda bajarnlganligiga qarab o’zining va boshqalar-nnng ishini to’g’ri baholashga o’rgatish.
Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.
Jamoa mehnat faoliyatn vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni shakllantirish.
Maqsad qo’yish. Maqsad qo’yish kattalar taklif etgan maqsadni qabul qilishdan boshlab to o’zi mustaqil masad qo’yadigan bo’lguncha rivojlanib boradi (o’simlikka suv quyishdan to uni o’stirguncha). Bolalarning o’z oldilariga maqsad qo’yib ish bajarishlarini rivojlantirish uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
Bolalar mehnat qilishdan ko’zlangan maqsadni tushunib stishlari kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlarya kerak, undan ko’zlangen natija nima?) kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga o’xshashlar tarzida ko’rsatmali tasavvur eta bilish; ishning mo’ljallangan vaqtda bajarilishi; bolalar kuchi stadigan ishlarni qilishi (masalan,ko’chat o’tqazish, o’simlikni sug’orish, ularni parvarish qilish va shunga o’xshashlar) kerak. Bola o’z mehnatidan ma’lum bir natijaga ega bo’lishpi anglab stgan taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini mustaqil belgilaydi va ishtiyoq bilan mehnat qiladi.
Mehnat malakalarn va ko’nikmalarini egallab olish – maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat jarayonpning muxim tarkibnn qismn hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bilmasa, u hech qachon mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bolalar mehnat malakalari va ko’nikmalarini egallab olganlarida mehnat jarayonini bajondil bajaradilar. Masalan, tikishda ipni o’lchab kesib olish, ninaga o’tkazish, uchini tugish, tikish; o’pinchoq yasash uchun egish, bukish, taxlash, burchaklarini bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olishlari kerak bo’ladi. Bu ish harakatlarini ma’lum tartib bilan bajarish uchun har bir bola o’z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola bilishi kerak.
Mehnat jarayonini rejalashtirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: maqsad qo’yish, mehnat faoliyati uchun kerakli ish shurollarini tayyorlab olish, qaysn harakatlarni qaysi izchillikda bajarish kerakligini va undan kutilgan natijani aniqlab olish, ish joynnn yig’ishtnrib qo’yish.
Lavaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga tarbiyachi o’rgatadi: mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli materiallarni, mehnat qurollarini tanlaydi va uni har bir bola oldiga tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faollyati jarayonini qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi.
O’rta va katta guruhlarga borganda bu harakatlarni mustaqil bajarishga o’rgatadi. Buning uchun bolalarga quyidagi savollar bilan murojaat qilib boradi:
1. Biz nima qilamiz?
2. Buning uchun nima qilishimiz kerak?
3.Ishimizuchun nimalar – qanday materiallar, qanday ish qurollari kerak?
4. Bu material va ish qurollaridan foydalanish o’ng’ay bo’lishi uchun ularni ish o’rnimizda qanday joylashtirishimiz kerak?
5. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishimiz kerak? (savol mehnatning oddiy va murakkabligiga, mazmuniga qarab bir necha marta takrorlanishi mumkin).
6. Ishni qanday tugatamiz?
Mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o’rgatish mehnatni sifatli bajarishga va mehnat madaniyatiga o’rgatadi.
Natija – mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, uni bolalar ongli ravishda anglab yetishlari kerak.
Natijaga erishish bolalarda mehnat qilish odatini, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi, mehnat harakatlarini sifatli bajarishga o’rgatadi.

Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə