Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə4/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

Tadqiqot metodlari: tadqiqot mavzusiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik, metodik adabiyotlar va ta’lim mazmunini yorituvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganish, tahlil qilish; shaxsga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar, mashg’ulotlar, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va umumlashtirish.
Ilmiy tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari.
Birinchi bosqich (2010 yil sentabrdan – 2010 yil dekabrgacha)da tadqiqot muammosiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlar, ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek, pedagogik ta’lim mazmuni o’rganildi. Shu asosda tadqiqot ishining maqsadi, obyekti, predmeti, ilmiy farazi va vazifalari belgilandi. Maqbul metodlar aniqlandi. Dastlabki tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun materiallar tayyorlandi.
Ikkinchi bosqich (2011 yil yanvardan – maygacha)da asosiy e’tibor tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga qaratildi. Tajriba sinov ishlarini o’tkazish uchun tajriba maydoni belgilab olindi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning nazariy asoslari ochib beriladi, maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning pedagogik mohiyati yoritiladi, maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash mezonlari ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Bitiruv ishida yoritiladigan nazariy va amaliy g’oyalardan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida pedagogik faoliyatni tashkil etish va tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish jarayonida samarali foydalanish mumkin. Ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tadqiqot ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 4 paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Hajmi 51 bet.

Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə