Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi


BIRINCHI BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BOLALARINI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING NAZARIY PEDAGOGIK JIHATLARI



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə5/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

BIRINCHI BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BOLALARINI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING NAZARIY PEDAGOGIK JIHATLARI
1.1. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BOLALARINI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
O’sib kelayotgan yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog’cha yoshidagi bolalarni jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir.
Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etiladi, unga to’g’ri rahbarlik qilgandagina yetarli natijaga erishish mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatining o’ziga xos tomonlari ko’pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o’rganib chiqilgan.
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo’lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga: mashinadan – stolga, stoldan – mashinaga ko’chiradi va hokazo. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni ko’rsatib, uni mashinada shkafga olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashinasida shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab qo’ya boshlaydi. «Qatnov» bir necha marta takrorlanib, barcha kubiklar joyiga yig’ishtirib qo’yiladi. Bolalar fao-liyatida maqsad paydo bo’ladi. Keyingi galda bolaning o’zi o’ynayotgan o’rtoqlariga o’ynab bo’lg’andan keyin o’yinchoqlarni mashinada joyiga olib borib qo’yishni aytadi.
Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo’yish qobiliyati moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, o’yinchoqlar yasash va boshqalar.
Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini ko’rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko’p vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o’z ishlaridan o’zlari qoniqmaydilar.
Tarbiyachi bolalarni o’z faoliyatlarini taxminiy rejalashtirib olishlariga o’rgatishi va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim. Shunday qilib, butun bog’cha yoshi davrida mehnat va o’yin o’zaro bog’liq holda kechadi, biroq har qanday holda ham bolalar mehnatini o’yinga aylantirish, ularning farqini yo’qka chiqarish noto’g’ri bo’lur edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta’sirida asta-sekin bolalar mehnati o’z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi.
Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatnnng majburiy, tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bnlan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga havas hissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik omil deb qarash kerak.
Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar o’rtoqlarining bahosi va o’ziga-o’zi baho berish katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan buyumlar o’yin va mashg’ulotlarda qo’llanilsa, ular o’zlari yasayotgan buyumlar yanada sifatli bo’lishiga intiladilar.
Maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning yoshi ulg’ayishi bilan mehnat sabablari ham o’zgarib boradi. Ya.Z.Neverovich, L.Ye.Obrazsovlarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o’zlashtirib olar ekanlar.
Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o’z mehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar. Masalan, onalar va buvilar uchun 8 martga sovg’a tayyorlash, kichik guruh bolalari maydonchasini yig’ish-tirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarini yamab berish, konsert va teatr qo’yib berish va boshqalar bolalarda mehnatning muayyan natijasiga intilish uyg’otadi, faoliyatning ijtimoiy sabablarini anglatib, mehnatga havasini, ishni bajarishda bolalarning o’z oldilariga qo’yadigan talablarini oshiradi.
V.I.Loginovaning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarida ta’kidlanishicha bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to’g’risidagi bilimlar sistemasini o’zlashtirib olishlari kerak ekan:
1. Mehnat maqsad qo’yish va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi: maqsad – mehnat tasviri.
2. Mehnat qilishdan ko’zlangan maqsad bo’yicha kerakli materiallarni tanlab (ajratib) olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajratib) olish.
4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.
Bu sistemani quyidagi sxemada keltirish mumkin: maqsad, mehnatni tanlash, materialni tanlash, mehnat faoliyati – mehnat quroli, mehnat natijasi.
Shunday qilib, maktabgacha tarbiya yoshi davrida mehnat faoliyati shakllantiriladi. Pedagog rahbarligida mehnatning ijtimoiy sabablarini hamma muhim tomonlari shakllanadi. Kattalar mehnati va uning ijtimoiy ahamiyati to’g’risidagi bilimlar o’zlashtirib olinadi.
Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o’ziga xos tomonlaridan yana biri bolalar mehnatining o’yin bilan bog’liqligidir.
O’yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o’yin shakliga aylantirishadi, masalan, barglarni zambillarda tashishadi, mashinalarda yurishadi.
Shu bilan birga o’zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko’ra mehnat va o’yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo’yiladi, uni amalga oshirish, natijaga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O’yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O’yinda mehnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag’ishlaydi, ular o’zlarida qoniqish hissini sezadilar. O’yinda bola o’z o’ylaganini rivojlantirishi yetakchi rolni o’ynaydi, mehnatda natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajaradi. O’yinda bolaning o’ylagan narsasi yetakchi rolni o’ynaydi, mehnatda esa natijaga erishish yo’lidagi mehnat harakatlari, o’yin o’zining rivojlanishidagi har qanday bosqichda to’xtatilishi mumkin, mehnatda esa albatta ko’zlangan natijaga erishiladi.
Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib o’yindan ajratiladi? Kichik bog’cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o’z-o’ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o’rgatishda ko’pincha o’yin vaziyatlaridan foydalaniladi («Qo’g’irchoqni sayrga otlantiramiz», «Qo’g’irchoqni uxlatamiz» va shularga o’xshashlar). Avvaliga bolalar o’yin obrazi orqali mehnatga o’rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o’rganadilar.
Sekin-asta o’z-o’ziga xizmat qilish malaka, ko’nikmalari shakllana boradi.
Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishini singdirib borishdir.
Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir, shuning uchun ularni guruhlar bo’yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi (V. I. Loginova):
Birinchi guruh vazifalari bolalarning musta-qil mehnat faoliyatiga pedagogik ta’sir ko’rsatish bilan belgilanadi:
1. Bolalarni maqsad qo’yishga, mehnat malakalari, ko’nikmalari, mehnat madaniyati bo’yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini tanlab olishga o’rgatish.
2. Bolalarda bo’lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat jarayonlarini mehnatda qatnashuvchilar o’rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish.
3. Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish, buyumlar va harakatlarga qizisish uyg’otish orqali mehnat natijalariga erishish, katta gruppalarda esa mehnatning ijtimoiy ahamiyatli ekanligini tushunib yetish.
Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga qaratilgan:
1. Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat qilayotganini tushuntirish.
2. Bolalarda mehnat ahliga hurmatni, ularga qo’lidan kelganicha yordam berish xohishlarini tarbiyalash.
3. Kattalarning mehnat natijalarini asrab-avaylashga o’rgatish.
Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan:
1. Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda qatnashish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o’z shaxsiy mehnatiga nisbatan to’g’ri munosabatni tarbiyalash.
2. Javobgarlik, mustaqillik, maqsadga qaratilganlilik, qat’iylik, tashabbuskorlik va faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola shaxsining axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
3. Madaniy xulq va o’z tengdoshlariganisbatanijobiy munosabatni tarbiyalash, o’zaro kelishgan holda birga ishlay olish, jamoa ishida natijaga erishguncha o’z mehnati bilan qatnashish, o’zi va o’rtoqlarining mehnatini xolisona baholash, yordam berish.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida mehnat tarbiyasi ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:
1) Bolalarning o’zini mehnatga o’rgatish.
2) Kattalar mehnati bilan tanishtirish.
Bolalar mehnatining mazmuni «Bolalar bog’chasida ta’lim va tarbiya dasturi»ning birinchi va ikkinchi, kichik guruhlar uchun «Mehnat faoliyati uchun zamin tayyorlash» bo’limida, o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa «Mehnat» bo’limida berilgan.
Kattalar mehnati bilan tanishtirish hamma yosh guruhlari uchun «Mashg’ulotlarda ta’lim berish», «Tevarak-atrof bilan tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalariga qiziqishni tarbiyalash» bo’limlarida berilgan. Katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun qo’l mehnatining mazmuni «Qurish-yasash» bo’-limida berilgan.
Dasturda bolalar mehnatiga mustaqil faoliyat va axloqiy tarbiyaning vositasi sifatida qaraladi.
Bolalarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik jihatdan puxta tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biriga aylandi. Bu davrda ularda mehnatga yaxshi munosabatda bo’lish asoslari tarkib topa boshlaydi, mehnatga havas uyg’onib ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etish hissi tarbiyalanadi. Binobarin uning eng yaxshi axloqiy sifatlari ilk bor ijtimoiy foydali mehnat jarayonida shakllanadi. Ongli ravishda bajarilgan muhit mehnat va shaxs kamolotiga hamisha ijobiy ta’sir etadi. Shu jarayonda shaxsning barcha sifatlari, psixik jarayonlari, xususiyatlari va fiziologik chiniqishi nomoyon bo’ladi.
Yosh avlodni mehnatga psixologik tayorlash esa uning hamisha umum foydasi uchun astoydil mehnat qilishiga bo’lgan ichki tayorgarligini yuzaga keltiradi. Buning uchun esa, avvalo uni shu mehnatga har tomonlama qiziqtirish emosional hayri xoxlikni shakllantirish lozim. Chunki ana shu qiziqishlar orqali izchillik xushchaqchaqlik, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi hislatlar tarkib topadi. Bola mehnatga o’z-o’zidan qiziqib qolmaydi. Madomiki qiziqish bo’lmas ekan mehnatga muhabbat ham bo’lmaydi degan edi mashhur pedagoglarimizdan biri. Bolalar mehnati noto’g’ri uyushtirilsa bola mehnatdan bezib qolishi mumkin.
Bolalarni ijtimoiy foydali mehnatga tayorlash asosan quyidagi ikki yo’nalish bo’yicha olib boriladi. Birinchi yo’nalishda ko’proq mehnat darslarining mazmundorligi uning bola psixikasiga, qobiliyatiga va kasb tanlashiga mos kelishi, shuningdek bola ongida qiziqishlarni shakllantirish asos qilib olinadi. Masalan bolalar uchun yangi yil o’yinchoqlari yasash, bog’chadagi buzilib qolgan o’yinchoqlarni sozlash, turli xil texnik modellar tayorlash kabilarda bolalarning qobiliyatlarini ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Ularda foydali ish qilganliklaridan quvonch hissi ortib, ijtimoiy motivlarning shakllanishi uchun dastlabki zamin hozirlaydi. Birinchi gurux tarbiyalanuvchisi Durdona; men E’zozaga konvert yasab berdim, menga esa G’anisher konvert yasayapti, men uni albatta avaylashim kerak deb quvonadi.
Ko’ramizki bola o’zgalarga foyda keltirayotganidan g’oyat mamnun, ayni bir vaqtda boshqalar mehnatini qadrlashga, e’zozlashga odatlanayapti.
Ikkinchi yo’nalish bo’yicha esa maktabgacha ta’lim muassasasidan tashqari ishlar bolalar ongiga jamoaviylik, vatanparvarlik, tashabbuskorlikni his etish singari hususiyatlar singdirib boriladi. Shu bilan birga ijtimoiy foydali mehnatga ishtirok etishdan o’zini chetga oladigan ayrim bolalarga ham jamoa ta’siri kuchaytiriladi. Jamoa mehnati bolalarga o’z oldiga vazifalar va ularni hal etish imkonini beradi. Bunday topshiriqlarni ular alohida bajara olmaydilar, topshiriqlar ularda o’zaro nazorat qilish bir-biriga tanqidiy ko’z bilan qarash malakasini shakllantiradi.
Shu boisdan individual va jamoadagi mehnatning bola shaxsini rivojlantirishga bo’lgan ta’siri masalasi muhim taraqqiyot obektiga aylangan. Har bir bola yoshligidanoq jamoa ishlarini sidqidildan bajarishga odatlanish, o’zining ijtimoiy ma’suliyatini to’g’ri talqin qilishga o’rganish kerak.
Aks holda uning mehnati faqat o’zi yoki o’z oilasi uchungina foydali bo’lishi mumkin, xolos. Bu esa bolada salbiy illatlarni tarkib topishiga zamin hozirlaydi.
Masalan, qanday ishni tirishqoqlik bilan bajaradilar, mehnat qiladilar? Lekin bog’chadagi ijtimoiy foydali mehnatdan ustun qo’yadilar. Bu hol ularning psixikasiga hudbinlik va shaxsiy manfaatparastlik kabi salbiy sifatlar shakllanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham har bir tarbiyachi bunday bolalarga ko’proq e’tibor berib, ular bilan individual tarbiyaviy ishlar olib borishi kerak.
Mehnatning ijtimoiy ahamiyati haqida taassurotli suhbatlar o’tkazish ham bolalarda mehnatga muhabbat hissini uyg’otadi. Bolalarning tashabbuskorligini yuzaga keltiruvchi bir qator metodlardan foydalanish ham muhim axamiyatga egadir. Shuni ham unutmaslik kerakki, bolalar o’zlari bajargan ijtimoiy – foydali mehnatning natijasini doimo kuzatib boradilar. Jamoa bo’lib bajargan ishlari ko’pchilik tomonidan qadrlansa, bolalar nihoyatda quvonib, o’zlariga go’yo “qo’lidan ish keladigan va umum manfaati uchun xizmat qiladigan kishidek his etadilar.
Bolalarni mehnat faoliyatiga psixologik – pedagogik tayyorlashning vosita va yo’llari quyidagi metodik imkoniyatga tayanadi.
Bolalarni mehnatga tayyorlashda uning intellektual mehnat mazmunini anglab, idrok qila olish, tafakkur jarayonlarini rivojlantirish, bolani sabr-toqatli bo’lishga, tirishqoqlikka, mustaqillikka, prinsipiallikka, mustaqillikka undash, emosional mehnat faoliyatiga bevosita qiziqish ishining ijtimoiy ma’suliyatini his etish, o’z mehnatidan zavqlanish kabi, tomonlariga asosiy e’tiborni qaratish g’oyatda muhimdir.
Bolalarda mehnat faoliyati orqali faqat ijobiy sifatlarni o’stirishni ko’zlash;
Mehnat qurollari bolaning yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi va undan o’rinli foydalanishni ta’minlash;
Mehnat topshirig’ini bajartirishdan oldin bolada shu ishga nisbatan ko’nikma, qiziqish va malakalarni hosil qilish va uni puxta mustahkamlash;
Mehnat tarbiyasi mavzularida suxbatlar uyushtirish orqali har bir bolaning axloqiy dunyoqarashini rivojlantirish;
Ijtimoiy foydali mehnat orqali har bir bolada ijtimoiy javobgarlik hissini singdirib, rivojlantirish;
Bolaning mehnat faoliyatini tarbiya jarayoni deb bilish va shu asosda ish tutish.
5-7 yoshli bolalar katta yoshlilar mehnatiga zo’r qiziqish biror mehnat jarayonini kattalar bilan birga qatnashish yoki biror narsani mustaqil bajarish ishtiyoqini namoyon qiladilar. Ularning faoliyatlari kichik maktab yoshidagilarga nisbatan anchagina maqsadga yo’naltirilgan, e’tiborlari hamda maqsadga qaratilgandir. Bolalarda mehnat malakalari mehnat qilish odatini shakllantirish har bir ishni oxiriga yetkazish ko’nikmasini tarbiyalash pedagogik jarayonini to’g’ri tashkil etib quyidagi qoidalarga rioya kilingandagina:
  1. Katta guruhlarga o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish mehnati, xo’jalik turmush mehnati, tabiatdagi mehnat, shuningdek qo’l mehnatini tashkil etish.


  2. Kun tartibiga ko’ra «Bolalar bog’chasi ta’lim tarbiya dasturi» asosida mehnat uchun nazarda tutilgan vaqtdan to’liq foydalanish. Bolalarni har xil sport turlariga muntazam jalb qilish.


  3. Mehnatning har xil turlari tashkil etilar ekan bolalar faoliyatining yakka va jamoa turlaridan foydalanish.


  4. Bolalar mehnatiga rahbarlik metod va usullarini ta’lim-tarbiya vazifalariga muvofiq tanlash.


  5. Xilma xil mehnat turlarini tashkil etishda ularning bolalar faoliyatining boshqa turlari bilan oqilona biriktirish orqaligina amalga oshirish mumkin.


Har kuni kun tartibida guruhdagi barcha bolalar uchun va har bir bola uchun yakka mehnatni nazarda tutish kerak. Bolalar to’g’ri tashkil etilgan mehnatdan katta quvonch his qiladilar.


Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning kun tartibida o’z o’ziga xizmat ko’rsatish mehnati sezilarli o’rinni egallaydi. Tarbiyachilar mustaqil yuvinish, kiyinish ko’nikmasini shakllantirishni davom ettiradilar. Ular bolalardan yuvinish, yechinish, ovqatlanish tartibini aniq bilishni ularni o’z vaqtida va anik bajarilishlarini talab qiladilar. Tarbiyachi bu shakllangan ko’nikmalardan bolalarning o’zaro yordamlarini tashkil etish va axloqiy normalarni tarbiyalashda foydalaniladi.
O’z-o’ziga xizmatni yaxshi tashkil etish shartlaridan biri kun tartibi jarayonini izchil va bosqichma-bosqich o’tkazish va bunda barcha bolalarning ishtirok etishi, bolalar o’zlariga qo’yilayotgan talablarni tushunishlari va o’z burchini muntazam tarzda bajarishlari kerak. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o’ziga o’zi xizmatlari tashkil etishda guruh tarbiyachisi bolalardagi malakalarni hisobga olib shunga muvofiq harakat usullarini eslatadi. Va shu orqali ularning e’tiborini jalb qiladi. Tarbiyachi shuningdek bolalarning o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishiga doir ish sifatlarini hisobga olib boradi, uni baholaydi, nima yaxshi chiqayotgan bo’lsa tahlil qiladi.
Katta va tayyorlov guruhida muhim vazifa nonushtagacha tayyorlanish, nonushtadan so’ng shuningdek, tushlik va kech tushki ovqatga tayyorlanish vaqtida navbatchilar ishini aniq tashkil etishdan iborat. Navbatchilik qilish ko’nikmasini shakllantirish ishi davom ettiriladi, chunki navbatchilikning vazifalari kengayib boradi. Navbatchilikni tayinlashda bu ishda tajribaga ega bo’lganlar qatori yangi bolalarni tayinlash ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Yil boshida tarbiyachi navbatchilarni o’z vazifalari bilan tanishtiradi, zarurat bo’lganda ayrim harakatlarni ko’rsatadi. Topshirilgan ish uchun jamoa oldidagi mas’uliyatini ta’kidlaydi (o’z vaqtida kelish, harakatlar izchilligi, hamma narsani bolalar to’planishiga tayyorlash, asbob-anjomlardan to’g’ri foydalanish shu kabilar).
Shuningdek navbatchilar mashg’ulotga kerakli asbob anjomlarni o’quv materiallarini mashg’ulot o’tish uchun tayyorlab qo’yishlari kerak. Bola mustaqil mashg’ulotga tayyorlana turib mashg’ulotga kerakli bo’lgan qalam, idishda suv, latta va mo’yqalam tayyorlashi mashg’ulot tugashi bilan ularni joy-joyiga qo’yib ish o’rnini tozalab olishi, qurish-yasash o’yinini o’ynab bo’lgandan so’ng ularni detallaridan ajratib olib idishga solish va o’z o’rniga olib borib qo’yish, tarbiyachi bolalar mehnat qilayotganlarida ularni batartibligi yoki ehtiyotkorligini tartibsizlikka e’tibor beryaptilarmi yoki befarq qilayaptilarmi, shularni hammasini diqqat bilan kuzatib boradi.
Navbatchilarning tabiat burchagidagi mehnati xam har kuni tashkil etiladi. Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mehnat jarayonida bolalarda tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik, g’amxo’rlik munosabatlari shakllantiriladi.
Tabiatdagi mehnat bolalarda burchlariga nisbatan ma’suliyatni xis etib yondoshishini tarbiyalaydi. Bolalar o’simlik va hayvonlarni parvarish qilar ekanlar uning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Biroq tabiatdagi mehnatga nisbatan mas’uliyatini tarbiyalash uchun bolalar mehnat malakalarini egallab olgan bo’lishlari, o’z mehnatlarining ahamiyatini tushunishlari lozim.
Tabiatdagi mehnat maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Mehnat jarayonida bolalar o’simliklar holati, ularni yorug’likka, namlikka, issiqlikka yaxshi tuproqqa bo’lgan ehtiyojlarini qondirilishiga bog’liq ekanligini anglab oladilar.
Tabiatdagi mehnat kuzatuvchanlikni o’stirilishining usullaridan biridir. Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta’limiy vazifalar xam hal qilinadi. Tabiat burchagida bo’ladigan navbatchilik ertalab baliqchalarni boqadilar, gullarga suv qo’yadilar, yerlarni yumshatadilar, qushlar qafaslarini tozalashda yordam beradilar. Vaqti-vaqtida ko’chat o’tkazishda ham yordam beradilar.
Tarbiyachi va bolalar navbatchilar ishini nazorat qiladilar hamda uni baholaydilar.
Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnati orasida alohida o’rinni guruh xonalarida doimo tozalik va tartibni saqlash ishi egallashi lozim. Tarbiyachi bolalardan qaysi biridir kiyimini shkafga tartibli qo’ymaganligini ko’rib, masalan: shapka qayerda turishi kerakligini yoki koftochkasining yengi nima uchun chiqarilmaganligini so’raydi.
Vaqti-vaqtida (odatda haftaga bir) bolalar tarbiyachi topshirig’iga ko’ra qo’llanma va o’yinchoqlarni ajratadilar, yuvadilar, guruh xonasini umumiy yig’ishtirishda qatnashadilar. Xo’jalik turmush mehnatini yaxshi tashkil etishda bolalarning yonma-yon ishlab, umumiy natijasini tasavvur qilishlari muximdir. Ba’zan umumiy ishni bajarish uchun tarbiyachi vazifani bolalar o’rtasida har bir bolaning tajribasiga ko’ra taqsimlaydi va u ishni oxirigacha bajaradi.
Mehnat vazifalarini uyushtirishda tashabbus va mustaqillikni namoyon qilganlar rag’batlantiriladi. Tayyorlov guruhida tarbiyachi bolalar mehnatini tashkil etishning yana bir ko’rinishi hamkorlikdagi mehnatdan foydalaniladi. Bu holatda bolalardan bittasi ishning oz qismini bajaradi, ikkinchisi uni davom ettiradi.
Qo’l mehnati ko’pincha mashg’ulotlarga barcha bolalar uchun bir vaqtda ulashiladi. O’yinchoqlar qog’oz, tabiiy materiallarni bolalar butun guruh bo’lib yoki kichik guruhlarga bo’linib bajaradilar. Bu maqsadda alohida joy jihozlanib u yerga material va asboblar joylashtriladi. Qo’l mehnatini bajarishda bola natijaga erishadigan narsa bu buyum vujudga keladi bolalar yopishtirish, bo’yash, tikish, qirqish va shunga o’xshash oddiy mehnat malaka ko’nikmalarini egallab oladilar. Yilning issiq vaqtlaridagi sayrlarda yerni chopish va yumshatish, o’toq qilish, hosilni yig’ishtirish bo’yicha birgalikdagi ish tashkil etiladi. Bu holatda mehnatni tashkil etishning asosiy shakli guruh (3-4 bola) yoki zveno bo’lib bajridigan davomli topshiriqlar bo’ladi.
Mehnat faoliyati har xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan har xil mehnat turlarining umumlashtiruvchi keng tushunchasidir. Mehnat jarayonini mehnat faoliyatining o’ziga xos bir bo’lagi bo’lib uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy qismlari mehnatning maqsadi. Material va mehnat qurol-aslahalari biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishishi uchun sarf qilingan barcha mehnat harajatlari, mehnat sabablari va mehnat mahsuli yaqqol ko’zga tashlanadi. Mehnat faoliyatini egallash bu birinchi navbtada mehnat jarayonining uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir. Shunga qarab bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular quyidagilardan iboratdir.
  1. Bolalarni bo’lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo’yishga o’rgatish.


  2. Mehnat jarayonini mehnat faoliyatini eng oddiy rejalab olishga o’rgatish.


  3. O’z ish joyini tayyorlab olishga o’rgatish.


  4. Mehnat malaka va ko’nikmalarini o’rgatish.


  5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati qancha vaqt bajarilganligiga qarab o’zining va boshqalarning ishini to’g’ri baholashga o’rgatish.


  6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.


  7. Jamoa mehnat faoliyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni shakllantirish.


Shunday qilib bolalar mehnatini to’g’ri tashkil etish har bir bolani har xil mehnat turlariga muntazam jalb qilishni nazarda tutadi. Bunda ishning jamoa va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Ish hajmi nazarda tutiladi. Uskunalar to’g’ri tanlanadi.




Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə