Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə3/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

Tadqiqot maqsadi: Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning metodlarini ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’yekti: Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning mazmun, shakl va metodlari.
Tadqiqot vazifalari:
1. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning mazmun-mohiyatini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash.
2. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning mazmuni, shakli, metod va vositalarini belgilash, ularning samaradorligini tajriba-sinov ishlari natijasida aniqlash hamda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning nazariy asoslari ilk marta asoslab berilganligi, Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning mazmuni, shakli va metodlari ishlab chiqilganligi va ularning eksperimental tadbig’iga erishilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning ilmiy farazi. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning samaradorligi oshadi, agar:
- Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash jarayonida interfaol usullardan foydalanilsa;
- Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning samaradorligini ta’minlovchi omillar hamda ular imkoniyatidan maqsadga muvofiq foydalanilsa;
- Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning maqbul yo’llari ishlab chiqilsa, tarbiyalanuvchilarga ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan o’quv-mehnat faoliyatini shakllantirish samarali kechadi.
Tadqiqotning metodologik asoslarini O’zbeksiton Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti I.A. Karimov asarlarida bayon qilingan mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga doir nazariy g’oyalar, Sharq mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasiga oid qarashlari, mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan falsafiy, psixologik, pedagogik ta’limotlar hamda mavzuga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, metodik manbalar, shuningdek, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi, interfaol usullarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash hamda ta’lim islohotlariga doir Respublika hukumati tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.

Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə