Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə9/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

Mehnatning sababi, ya’ni bola nima uchun mehnat qilishini bilishi kerak. Bu quyidagi shart-sharoit ta’sirida rivojlanadi:
1. Bolalar mehnatdan keladigan natijani va uning ijtimoiy mohiyatini bilishlari kerak.
2. Bolalar yasagan buyumlardan bog’chada, oilada foydalanish kerak.
3. Bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatini amaliy jihatdan tashkil etish.
4. Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar uchun foydasini baholash.
Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar bilan egallab olinishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlanishi hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatining asosiy shakllari quyidagilardan iborat: o’z-o’ziga xizmat qilish, topshiriqni bajarish, yakka tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo’l mehnati bo’yicha mashg’ulotlar, jamoa mehnati. O’z-o’ziga xizmat, topshiriqni bajarish, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlang’ich shakli hisoblanadi.
O’z-o’ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shakli sifatida yosh guruhlarida tashkil etiladi. U kun tartibidagi uyqu va sayrdan oldin va keyingi jarayonlar: ovqatlanish, kiyinish va yechinish, kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy, bog’liqdir.
Yosh guruhlarida topshiriqdan foydalaniladi; u yakka tartibda va gruppaviy bo’lishi mumkin. Kichkina guruhlarda bolalarga uncha murakkab bo’lmagan va qisqa muddatli topshiriqlar beriladi: «O’yinchoqni, kitobni, stulni olib kel, o’rniga olib borib qo’y, tushki ovqat uchun stol ustiga qoshiqlar-ni qo’yib chiq». Bunday topshiriqlarni ayrim bolalar guruhdan tashqari joylarda ham bajarishlari mumkin.
O’rta va katta guruhlardagi bolalarga beriladigan topshiriqlar ancha murakkab bo’lib, ular endi xonadan tashqarida bajarishga mo’ljallangan va ikkinchi bir kishiga murojaat qilish bilan bog’langan bo’ladi, masalan, boshqa guruhning tarbiyachisiga, enagaga, shifokorga, hamshiraga murojaat qilish va hokazo.
Bu guruhlarda topshirihlar 2-3 boladan tashkil topgan kichik guruhlar tomonidan bajarilishi mumkin( o’yinchoqlarni yig’ishtirish, gullarga suv quyish, to’kilgan barglarni terib, tegishli joyga olib borib tashlash kabi).
Maktabga tayyorlov guruhida beriladigan topshiriqlar yana ham murakkablashadi. Bunday topshiriqlar endi javobgarlik va boshqa kishilarga mehribonlarcha munosabatda bo’lish hissini shakllantirish bilan bog’liq bo’lishi mumkin: kichkina guruh bolalarini sayrga chiqishdan oldin, uyqudan keyin kiyinishiga yordam berish; ularning stolini tushlik ovqatga tayyorlab berish, enagaga toza sochiqlarni osishga, toza choy-shablarni olib kelishga yordamlashish va hokazo.
Topshiriq uzoq vaqt bajarilishi mumkin. Masalan, ma’lum bir gul yoki bir qancha gullar bir hafta davomida parvarish qilinishi yoki bu ish yanada uzoqroq cho’zilishi mumkin (biror o’simlikni ekish va o’stirish).
Tarbiyachi bolalarning topshiriqni bajarilishiga rahbarlik qilish bilan ham axloqiy, ham mehnat tarbiyasining muhim tomonlarini amalga oshiradi, mehnatda qatnashish istagini, o’rtoqlariga g’amxo’rlik va e’tibor bilan qarash ruhini singdiradi, bolalarni tengdoshlari va kattalar bilan o’zaro xushmuomala bo’lishga odatlantiradi, topshirilgan ishda burch va javobgarlikni sezish hissini, natijaga erishishda sabotlilikni tarbiyalaydi.
Navbatchdlik- bu jamoa uchun mo’ljallangan mehnat faoliyatshshng shakli bo’lib, u majburiy tartibda bajariladi. Bolalarning navbatchiligi ikkinchi kichik guruhda yil oxiridan (oshxonada) boshlanadi.
Barcha bolalarning mehnatda doimiy ishtirok etishlarini ta’minlash uchun navbatchilikning xilma-xil turlari uyushtiriladi: oshxonada (hamma yosh guruhlarida), mashg’ulotga tayyorlanishda (o’rta guruhdan boshlab), o’simlik va hayvonlarni parvarish qilishda (katta va maktabga tayyorlov guruhlarida). Ikkinchi kichik guruhdagi bolalar oshxonada navbatchilik qiladilar. Birdaniga 4-5 bola navbatchilik qilishi mumkin, har bir bola 1-2 stolni bezatadi. Katta va tayyorlov guruhlarida bolalarning vazifalari kengayadi. Nonushta va tushlik ovqatga, kech tushki va kechki ovqatga dasturxon tuzatish, ovqatlanib bo’lingandan keyin idish-tovoqni ovqat tarqatiladigan stolga yig’ishtirish, stollar ustini tozalab olish, enagaga choy idishlarini yuvishda yordam berish shular jumlasidandir. Bu yoshdagi bolalar ikkitadan navbatchilik qilishadi, ammo har bir bolaning ish hajmlari ko’payadi.
Mashg’ulotlarga tayyorgarlik bo’yicha navbatchilik qilish o’rta guruhda – bolalar oshxonada navbatchilik qilishni bi-lib olganlaridan keyin kiritiladi. Bu navbatchilar stol va stullarni, mashg’ulotga kerakli materiallarni, qo’llanmalar-ni mashg’ulotga tayyorlaydilar va xonani tartibga soladilar.
Katta guruhdan boshlab bolalar tabiat burchagida navbatchilik qila boshlaydilar. Navbatchilikning bu turi ham tarbiyaviy, ham ta’limiy ahamiyatga ega.
Navbatchilikning bu turida ham bolalar ikkitadan tayinlanadi: biri o’simliklarni parvarish qilsa, ikkinchisi jonivorlarga qaraydi. Ulardan qaysi biri bo’sh qolsa ikkinchisiga yordam beradi.
Navbatchilikning hamma turi yaxshi tashkil etilganda foydali bo’ladi. Navbatchilikni boshlashdan oldin «Biz navbatchilik qilamiz» degan mavzuda mashg’ulot o’tkazish mumkin. Masalan, tabiat burchagida navbatchilikni boshlashdan oldin tarbiyachi mashg’ulot o’tkazib, bolalarni tabiat burchagida nimalar borligi, o’simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilish haqida suhbat o’tkazadi. Tarbiyachi tabiat burchagida yashovchilarni har kuni va to’g’ri boqish, o’simliklarni sug’orish va yuvish, qurigan shoxcha va barglarini qirqish kabilarga diqqatni jalb etadi, ish usullarini tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarni o’simlik va hayvonlarni kuzatishga, o’zgarishlarni aniqlab borishga, burchakdagi o’simlik va hayvonlarga g’amxo’rlik bilan munosabatda bo’lishga, ularda yuz beradigan o’zgarishlarni ko’ra bilish va ular to’g’risida so’zlab berishga o’rgatadi. Yozda navbatchilarga ertalab gulpushtalarni sug’orish, guldasta tuzash, gul solingan guldonlar suvini almashtirish topshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari hayvonlarga ovqat berish vaqtini, miqdorini, ovqatni mustaqil tayyorlashni, kataklarni tozalashni bilishlari kerak.
Navbatchilarning vazifasi va bajargan ishining sifati nazorat qilib boriladi. Bunday nazoratda bolalarning o’zla-ri qatnashsalar yana ham yaxshi bo’ladi.
Ba’zan navbatchilarning ish natijalari bolalarning uyga ketishlari oldidan muhokama qilinadi. Tarbiyachi bolalarga: bugun navbatchilar o’z vaqtida keldimi? Ular hamma ishni qilishdimi? Nonushtaga, tushlik ovqatga stol to’g’ri tuzatildi-mi? Navbatchilar hamma narsani vaqtida bajarib, o’ynashga ham ulgurdilarmi? Kim yaxshiroh va chiroyliroq bajardi?- kabi savollar beradi va ular ishini baholaydi. Navbatchilar har kuni almashtirib turiladi, bu har bir bolaning navbatchilikning har xil turlarida qatnashishiga va turli mehnat malakalarini egallab olishiga imkon yaratadi.
Navbatchilik ishlari bolalarning sog’lig’iga zarar yetkaz maydigak (suyuq ovqatlarni, choyni bolalar tarqatmaydilar, og’ir narsalarni bolalar ko’tarmaydilar va hokazo) qilib tashkil etilishi kerak. Navbatchilik uchun hamma kerakli jihozlar bo’lishi lozim, bolalar ulardan mustaqil, ehtiyotlik bilan foydalanishga, ishdan keyin joyiga yig’ishtirib qo’yishga o’rgatiladi.
Ayniqsa navbatchilarni guruhlashga e’tibor berish juda muhimdir: passiv bolalarni faolroxlari bilan, navbatchilikni endi boshlagan bolalarni tajribali bolalar bilan birga taninlash kerak. Lekin bunda faol bolalarning passiv bolalar ishini bajarishlariga yo’l qo’ymaslik darkor. Navbatchilarni tanlash va tayinlash har xil bo’lishi mumkin: bolalarning xohishiga qarab stollar bo’yicha, ro’yxat bo’yicha, sekin-asta navbatchilik galini bolalar o’zlari eslab qoladilar va shu tartib bilan borishini nazorat qilib boradilar.
Navbatchilarning borligi boshqa bolalar hamma ishdan ozod bo’lishini bildirmaydi, ovqatni yeb bo’lgan har bir bola o’zining idishini stolni o’rtasiga taxlab qo’yadi, salfetkani ham ma’lum joyga qo’yishadi, stul joyiga surib qo’yiladi. Navbatchilar idishlarni maxsus tarqatish stoli ustiga olib borib qo’yishadi, stol ustidagi uvoqlarni maxsus cho’tka bilan idishga yig’ib olishadi. Mashg’ulotdan keyin ham shu hol takrorlanadi; har bir bola o’zining qalamini qalamdonga solib qo’yadi, o’z mo’yqalamlarini yuvib, qiyqimlarni yig’ishtirib qo’yishadi va h. k. Eng muhimi – bolalarda o’zaro mehr-muhabbatni tarbiyalash, bir-biridan qo’lidan kelgan yordamini ayamas-likka o’rgatish kerak. Bularning hammasiga tarbiyachi rahbarlik qiladi.
Bolalarning mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllaridan yana biri qo’l mehnati bo’yicha mashg’ulotdir. Bilim va malaka birinchi marta yerilayotgan bo’lsa va u tushuntirish hamda barcha bolalarga yaqqol, ko’rgazmali qilib ko’rsatishni talab etgan hollarda ana shunday mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Bolalarning jamoa mehnati dastlabki jamoachilik asoslarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida birgalikda harakat qilish, o’zaro yordam, shu bilan birga mehnat taqsimoti ham mujassamlashgan bo’ladi. Bunda mehnat yutuqlaridan birgalikda quvonadilar, ish yaxshi chiqmasa birgalikda qayg’uradilar.
Mehnatda bolalarning birlashishlari tarbiyaviy vazifaga qarab har xil shaklda bo’ladi. «Yenma-yon mehnat»da hamma bolalar bitta ishni bajaradilar, ammo har bittasi o’sha umumiy ishning bir qismini bajaradi (bittasi mo’yqalamlarni yig’ishtiradi, boshqasi bo’yoqlarni va h. k.). Ishnint bunday tashkil etilishi bolalarni mehnat malakalariga o’rgatishda ham, ularning ishini nazorat qilib turishda ham o’ng’aylik tug’diradi.
«Umumiy mehnat»da har bir bola o’z ishini bajaradi, ammo oxirida hamma qatnashuvchilar mehnati umumlashtiriladi (harbir bola xamirdan uzib olib pechenye yasaydi va u bitta idishga solib pishirishga qo’yiladi, pishgandan keyin bitta idishga solib bolalar mehmon qilinadi). yoki hamma bolalar turuh xonasini yig’ishtirishadi – har bir bola biron ishni bajaradi, yig’ishtirib bo’lingach, natija bitta qilib yakunlanadi («Hamma yaxshi ishladi, shuning uchun guruh xonasi toza, saranjom-sarishta, chiroyli bo’lib qoldi»).
Birgalikdagi mehnat quyidagicha tashkil etilishi mumkin: masalan, xonani yig’ishtirishda bolalarning bittasi o’yinchoqlarni yuvadi, ikkinchisi artadi, uchinchisi o’yinchoq polkasini tozalaydi va unga o’yinchoqlarni teradi. yoki tabiatdagi mehnatda bittasi tuvaklarga qum va tuproqlarni soladi, ikkinchisi urug’ yoki ko’chatni o’tqazadi, uchinchisi joyiga olib borib qo’yadi. Buyerda bolalarning ish harakatida o’zaro mutanosiblik bo’lishi, ya’ni har bir bola bir xilda chaqqonlik bilan harakat qilishi kerak, buning natijasida ma’lum mehnat munosabatlari yuzaga keladi. Bunday vaziyatda tarbiyachining bolalar o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatishga qaratilgan bevosita rahbarligi zarur.
Bunday rahbarlik, ma’lum izchillikda amalga oshiriladi.
1. Mehnat malakalarini shakllantirish. a) Mehnat jarayonida yoki topshiriqlarni bajarishda bolalarni yakka yoki kichkina guruhlarga bo’lib, mehnat malakalariga o’rgatish.
b) Bolalarda mehnat malakalarini mustahkamlash,ish sur’atini, sifatini yaxshilash mahsadida ahyon-ahyonda zrtalab,sayr vaqtlarida yonma-yon mehnatni tashkil etib turish.
v) Bolalarni kattalarning mehnat jarayonlari bilan tanishtirib borish: ish qanday izchillikda bajarilayotgani, uni bajarish tartibi, ishning sifati, mehnat natijasida oddiy narsalardan chiroyli buyumlarning vujudga kelishi va h. k.
g) Ayrim mehnat malakalariga o’rgatish bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etish (kitoblarni yamash, o’yinchoqlar yasash va h. k.).
2. Bolalarning umumiy mehnatini tashkil etish. a) Bolalarga kattalar mehnatining jamoa xarakterida ekanligini tushuntirish.
b) Bolalar mehnatini umumiy maqsad bilan tashkil etish. Bunda bolalarning har biriga kim qaysi ishni bajarishi kerakligi tushuntiriladi (masalan, guruh xonasini yig’ishtirish).
v) Butun guruh bolalariningumumiymehnatini tashkil etish. Bu uch narsani e’tiborga olgan holda tashkil etiladi: 1) mehnatni qatnashchilar o’rtasida to’g’ri taqsimlash; 2) vazifani bajarish jarayoni; 3) mehnat natijasini muhokama qilish.

Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə