Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari mutaxassisligiga kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi


Bolalarning birgalikdagi mehnatini tashkil etish



Yüklə 104,17 Kb.
səhifə10/14
tarix23.12.2023
ölçüsü104,17 Kb.
#155241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Oliy ma’lumotli pedagoglarni maktabgacha ta’lim muassasasining t-fayllar.org

3. Bolalarning birgalikdagi mehnatini tashkil etish.
a) Tarbiyachi bolalarga bir necha kishilar birgalikda biron ishni bajarayotganligini, ularning ishi bir-biriga bevosita bog’liqligini, ulardan har biri umumiy ishning biron qismini bajarayotganini, ish qanday izchillik bilan amalga oshirilayotganini tushuntiradi (buning uchun tushuntirish, hikoya qilib berish, bolalar badiiy adabiyotidan foydalanadi.)
b) Bolalarning kichkina guruhi bilan ularning birgalikdagi mehnatini tashkil etish. Bunday mehnat ertalab, sayr paytlarida tashkil etiladi.
Bolalarning mehnat faoliyatini rejalashtirganda tarbiyachi uni mehnat jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy vazifalariga ko’ra belgilaydi.
Bolalar bog’chasida mehnat tarbiyasining vazifasi va mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bolalar mehnati uchun joy va vaqt, gigiyenik shart-sharoit yaratilmog’i lozim, ozodalik, toza havo kerakli darajadagi yorug’lik, mehnatning bolalar imkoniyatiga muvofiq bo’lishi, mehnat vaqtini bolalar yoshiga qarab to’g’ri belgilash (kichik yoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katta guruh bolalari uchun 15-20 daqiqa), bolalar harakatlarini almashtirib turishni ham e’tiborga olish kerak.
Mehnat bolalarga quvonch bag’ishlaydigan qilib rejalash-tirilishi lozim. U ma’lum izchillik bilan amalga oshirib borilishi kerak.
Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga yetarli miqdorda kerakli qurollar, asboblar bo’lishi, ular bolalarning’ yoshiga, imkoniyatiga mos kelishi, o’zlari mustaqil foydalanadigan qilib joylashtirilishi kerak. Navbatchilar uchun fartuklar, qalpokcha, qo’lqopcha, idish yuvish uchun klyonkadan fartuklar zarur. Ovqat tayyorlash uchun kichikroq pichoqlar, tarelkalar, o’qlovchalar, xamir qorish uchun tog’oracha, shaklchalar kerak bo’ladi. Xonani tozalash uchun toza latta, kichikroq tog’oracha, stoldan uvoqlarni yigib olish, polni supurish uchun cho’tkalar, axlatni yig’ib olish uchun hokandozlar kerak. Kir yuvish uchun tog’ora, chelakchalar, kichkina dazmol taxtasi, kiyim tozalash uchun cho’tka, supurgi, tikish uchun tugmachalar solingan quticha, ip, nina, mato parchalari, o’yinchoqlarni yasash va singanlarini, buzilganlarini tuzatish uchun maxsus stol yoki taxtacha, bolg’achalar, mixlar, qisqich, yaxshi randalangan taxtachalar, karton, ip, arqon, tashlandiq materiallar, gugurt qutilari, konfet, atir qutichalari, ipdan bo’shagan g’altaklar va h.k. lar zarur. Guruh xonasidagi tabiat burchagida, bog’cha hovlisidagi polizda, gulzorda ishlash uchun belkurak, xaskash, supurgi, kichkina zambilchalar, chelakchalar, leyka, savatchalar kerak bo’ladi. Hamma jihozlar bolalar olib foydalanishlari uchun qulay joyda saqlanishi kerak. Barcha buyum ishlatib bo’lingandan keyin tozalab joyiga qo’yiladi.
Bolalarga to’g’ri mehnat tarbiyasi berishda kattalarning bir-biri bilan o’zaro do’stona munosabat bilan hamkorlikda ishlashlari ijobiy natija beradi. Ayniqsa tarbiyachinig ibrati, har qanday mehnatga nisbatan vijdonan munosabati, uning har xil kasb egalariga nisbatan hurmat bilan qarashi katta ahamiyatga egadir.
Mehnat ta’limi jarayonida va uni tashkil etishning hamma shakllarida har xil metod va usullardan foydalanish muhin ahamiyat kasb etadi, bular quyidagilardir:
- har bir mehnat jarayonini namuna ko’rsatish orqali tushuntirib borish;
- bo’lajakmehnat faoliyati to’g’risida uning mahsulini ko’rsatish orqali suhbat o’tkazish;
- tarbiyachining hikoyasi;
- bolalarning mustaqil ishlashlarini mashq qildirish;
- o’yin-mashqlar va didaktik o’yinlar.
Butun mehnat jarayonini va uning ayrim qismlarini ko’rsatish, tushuntirish, eslatish, nazorat qilish, o’z-o’zini nazorat qilish, bajarilgan ishni baholash ayniqsa zarurdir.
Mehnat malakalariga o’rgatishda ko’rsatma berish usuli muhim ahamiyatga egadir. Hamma o’rgatish usullari va metodlaridan unumli foydalanish bolalarning mehnat tarbiyasida samarali natija beradi.
Bolalarga to’g’ri mehnat tarbiyasi berish uchun bog’cha bilan oila o’zaro hamkorlikda ish olib borishlari zarur. Majlislar, adabiy-pedagogik kechalar, savol-javob kechalari, mehnat tarbiyasining har xil masalalari bo’yicha ota-onalar konferensiyalari, ko’rgazmalar, stendlar tashkil etiladi. Ota-onalar uchun eslatmalar chiqariladi. Ilg’or tajribalarni o’rganib, umumlashtirib boriladi. Mehnat tarbiyasi masalalari bog’chaning yillik rejasida aks ettiriladi va tarbiyachilarga mehnat tarbiyasini to’g’ri rejalashtirish va amalga oshirilishda yordam beradi.
Bolalar bog’chasida mehnat tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va unga rahbarlik qilish yosh avlodni har tomonlama vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.



Yüklə 104,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə