Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Nutqiy qobiliyatni rivojlantirish



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/91
tarix21.10.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#129777
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
ONA TILI O’QITISH MAXSUS METODIKASI surdopedagogika ta’lim yo‘nalishi

Nutqiy qobiliyatni rivojlantirish
nutqiy bilish, anglash, qayta tasvirlash va 
psixofizik mexanizmlarini shakllantirishga imkon yaratish demakdir. Maxsus 
o‘qitishning birinchi kunlaridanoq bolalarga ma’lum predmetli vaziyatdagi ularga 
qaratilgan nutqga ta’sirlanishni, predmetli harakatlarni tuzilishiga qarab ulardan nima 
talab qilinayotganini payqash shartlari qo‘yiladi. Bolalar o‘qituvchi yoki 
tarbiyachining predmetli va nutqiy harakatlariga kattalar tomonidan berilgan nutqiy 
namuna asosida taqlid qilishga o‘rganadilar. Talaffuzga o‘rgatish va saqlangan 
eshitish qoldig‘ini rivojlantirish mashg‘ulotlari jarayonida idrokni rivojlantirish 
ishlari olib boriladi. Nutq materiallarini idrok etish va qayta bayon etish malakasini 
rivojini tezlashtirish maqsadida daktilalogiyadan foydalaniladi. Maktabgacha 
tayyorlovga ega bo‘lmagan bolalarni tilga o‘qitish jarayonida daktilalogiya dastlabki 
nutq shakli bo‘ladi. Unga o‘rgatish og‘zaki nutqga o‘rgatish bilan parallel holda olib 
boriladi
12

Amaliy faoliyatda o‘yinda darsni tashkillashtirish jarayonida turli xil 
kuzatuvlarda muloqot qilish mazkur bosqichdagi bolalarning butun o‘quv faoliyatini 
tashkil qiladi. Chunki, nutqiy qobiliyat faqat muloqotda paydo bo‘lib, muloqotdagina 
rivojlanadi. Nutqiy qobiliyat faqatgina nutqiy idrok qilishda emas, nutqni qo‘llashda 
ham rivojlanadi. Shuning uchun bolani fonetik qiyinchiliklariga qaramay, o‘qitish 
boshidanoq butun materialni so‘zlash hamda har bir so‘zni ham og‘zaki, ham daktil 
holda aytishga o‘rgatiladi. Murakkab tovushlarni talaffuzida bola tovushni fonemalar 
qisqartirilgan sistemasi talablariga muvofiq o‘sha tovushga yaqin qilib aytishi 
mumkin. Boshidanoq yetakchi idrok o‘rnini eshituv-ko‘ruv idroki egallaydi. Tanish 
vaziyatlarda qo‘llaniladigan so‘zlashuv nutqining bir qismi bolalarga eshittiriladi. 
Ushbu bosqichda bolalar nutqini rivojlantirish ishlarining ikkinchi yo‘nalishi – 
nutqiy faoliyat turlarini shakllantirishdir. Bolalar daktillashtirish, eshituv-ko‘ruv 
idroki, so‘zlash, o‘qish, yozuv ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. Biroq o‘qtishni asosiy 
vazifasi – kommunikativ akt natijalari: buyurilgan topshiriqni bajrish, murojaatni, 
iltimosni, istakni, savolni ifodalaydi olish, murojaat qilingandagi nutqni tushunish 
bo‘lgan tufayli, nutq faoliyatining har bir shaklini texnik tomoni o‘qitishning maqsadi 
bo‘la olmaydi. Nutqiy faoliyat motivlari ishga doir, shaxsiy va xususan nutqiydir. 
Tayyorlov bosqichida bolalar nutqiy vositalarni ma’lum natijalarga erishishni, 
o‘qituvchi yoki do‘sti bilan bir-birini tushunishni istaganligi uchun foydalaniladi. 
12
Kristin Snoddon - American sign language and early literacy - Gallaudet University Press , 2012, 
52 p. 


24 
Biroq buning uchun nutqiy vositalarni o‘zlashtirish so‘z va gaplarni o‘rganish, yod 
olish hamda to‘g‘ri talaffuz qilish har bir bola uchun maqsad bo‘lib qolmaydi. 
Mazkur nutqga ijobiy munosabatda bo‘lish motivini nutqiy vositalarni to‘plash 
jarayonini o‘ziga xos mazmun bilan boyitish, nutqiy muloqotni maxsus emotsional 
munosabatlar bilan jo‘r qilish kabilar bilan maxsus rivojlantirish darkor. 
Tayyorlov bosqichida o‘qitishning metodik usullari bolalarning yosh 
xususiyatlariga, ishlatilayotgan nutq vositalari hajmiga, untq o‘stirish ishlarining 
yo‘nalishiga mos keladi. Bu avvalombo dars jarayonida paydo bo‘ladigan tabiiy 
vaziyatlardan, individual mashg‘ulotlardan, darsdan tashqari mashg‘ulotlardan 
foydalanishda, mustaqil faoliyatni, momentlarini bajarishda namoyon bo‘ladi. Shu 
bilan birga o‘qituvchi bolalarda xissiyotlar uyg‘otuvchi, muloqotga undovchi maxsus 
vaziyatlar tug‘diradi. Bir xil vaziyatlarni muntazam takrorlanishi bolalarni kelgusi 
nutqiy mashqlariga tayyorlab turadi. Mazkur bosqichda didaktik o‘yin va mashqlar
darsdan tashqari vaqtlarda roli o‘yinlar bolalar bilan ishlashning katta qismini 
egallagan. Asosiy yo‘li – amaliy faoliyatlar jarayonida nutqni o‘stirishdir. Bosqich 
tavsifi yakunida shuni aytib o‘tish joizki, bosqich tuzilmasining biron yo‘nalishi yoki 
nutqiy materiali faqat bu bosqichgagina xos bo‘lib qolmay, aksincha keyingi 
bosqichlarning tuzilmasi va metodikalarida aks etishi, tayyorlovda shakllantirilgan 
malakalar esa real-haqqoniy kommunikativ ijtimoiy xulq-atvorga asos solishi lozim. 
Yuqorida qayd qilingan uch yo‘nalishlardan asosiysi nutq faoliyati turlarini 
shakllantirishi bo‘lib, bu faoliyatlar ichida eng asosiylari o‘qish va yozishdir. Biroq, 
birinchi yo‘nalish bo‘lish – nutqiy qobiliyatni rivojlantirish yo‘nalishi o‘z ahamiyatini 
yo‘qotmaydi, lekin namoyon bo‘lish mexanizmi bir muncha o‘zgartiriladi. 7-11 
yoshli bolalar faqatgina kattalarning nutqiy xarakatlariga taqlid qilib qolmay, nutqiy 
namunalardan foydalangan holda tayyor jumlalarni o‘zlashtira oladilar. Nutqiy 
boylikning yetarli darajasida ular so‘z shakllari va jumlalar qrilmasidagi anologiya 
(o‘xshashlik)larni aniqlash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bolalar ularda mavjud so‘z 
va jumlalar xazinasidan vaziyatga mosrog‘ini tanlay olishlari hamda tilning 
variantivligini tushunishlari mumkin. Boshlang‘ich sinflarda o‘qiyotgan kar 
o‘quvchilar tanish so‘zlarning o‘zagiga turli xil so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish 
bilan yangi so‘zlar hosil qilishga o‘rganadilar.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə