Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/91
tarix21.10.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#129777
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
ONA TILI O’QITISH MAXSUS METODIKASI surdopedagogika ta’lim yo‘nalishi

 
 
I –BО‘LIM ONA TILI О‘QITISH MAXSUS METODIKASI FAN SIFATIDA 
 
I-BOB Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida ona tili korreksion o‘quv 
fani sifatida 
 
I .1-§. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktabida ona tili o‘qitish uslubiyati 
asoslari 
Hozirgi kunda zamonaviy, har tomonlama komil, bilimdon, ishbilarmon 
yoshlarning kamol topishini ta’minlash maktab, oila va jamoatchilik tomonidan 
yoshlarga kuchli e’tibor, yetarlicha keng bilim berishni talab etadi. Bu masala о‘sib 
kelayotgan yosh avlodning о‘z ona tilini mukammal egallashisiz hal bо‘lmaydi. Ana 
shu avlodning tо‘laqonli a’zosi sifatida kar bolalar ham jamiyat rivojlanishida о‘z 
о‘rniga egadir. Ularning tilni egallashi sog‘lom tengdoshlariga nisbatan о‘ziga xos 
kechadi. Bu о‘ziga xoslik mazkur bolalarning nutqiy va umumiy rivojlanishiga ta’sir 
etadi. Ushbu cheklanganlik kar bolalarga ona tilini о‘rgatishda maxsus pedagogik, 
psixologik yondashishni, xususan, tilga maxsus о‘rgatishni tashkil qilishni talab 
qiladi.Eshitishning buzilishi aksariyat hollarda nutqsizlik, mazkur nuqson tufayli 
og‘ir nutq buzilishlari yoki umumiy nutq rivojlanmasligiga olib keladi. Kar bolada 
umumiy rivojlanish bilan bog‘liq holda nutqning shakllanishi ham о‘ziga xos 
kechadi. 
Sog‘lom bolada nutq shakllanishining ilk davridagi kabi, kar bolada ham ovoz, 
un chiqarishlar sodir bо‘ladi. Tug‘ma kar bо‘lgan bolalarda ham gu-gulash, yig‘lash 
xususiyatlari bо‘lib, bular xuddi sog‘lom bolalardagidek tashqi yoki ichki muhitdan 
keladigan signallar–ochlik, tashnalik, sovuq, issiqqa bog‘liq bо‘ladi. Kar bolada 
eshitish idrokining nuqsonliligi tufayli о‘z-о‘zidan tashqi muhit bilan bog‘lanish 
vazifasini uning teri, ta’m, hid bilish, kо‘rish orqali sezish imkoniyati bajara 
boshlaydi. Kar bola 3-4 oylik bо‘lganda havo tо‘lqinlari (vibratsiya)ni sezishi 
kuzatila boshlaydi. Bunda kar bola havo tо‘lqinlarining tebranishi-vibratsiyani his 
qilishi orqali atrofdagilarni «eshitadi». qaysi tomondan tо‘lqinning kelishi bilan 
bog‘liq holda kо‘z qorachig‘i, bosh harakatlarini amalga oshiradi. Kar bolaning 
nuqsoni kо‘pincha 6 oylik, ya’ni о‘yinchoqlarga intilish, ulardan chiqayotgan 
ovozlarni farqlash, ovoz manbai tomonga qarashning sustligi yoki yuqligidan 
aniqlanadi. 
Agar nuqson qanchalik erta aniqlanib, tо‘g‘ri tashxis qо‘yilib, kar bolaga e’tibor 
maxsus tashkil etilsa, nuqsonni bartaraf etish, bilinmaydigan holatga keltirish 
imkoniyati keng bо‘ladi. Aksincha bо‘lsa, ruhiy, jismoniy va ular bilan bog‘liq holda 
aqliy rivojlanishi orqada qoladi, ya’ni bola ijtimoiy muhitdan cheklangan holda 
rivojlanadi. Bunda ota–ona va yaqinlarining e’tibori qanchalik kuchli bо‘lmasin, 
maxsus yondashuv tashkil etilmas ekan, bolaning umumiy rivojlanishi orqada 
qolaveradi . Chunki eshitish idrokining vazifalari nihoyatda muhimdir. Kar bola 
nafaqat oddiy nutqiy tovushlarni, balki nonutqiy tovushlarni ham qabul qila olmaydi, 
qabul qilsa ham farqlay olmaydi. Shu bilan birga kar bola ovozli, sо‘zli nutq 


15 
mavjudligini, ular inson faoliyatini tashkil etishini, boshqarishini ham anglamaydilar. 
Natijada ular boshqalarning sо‘zlarini eshitmagach, о‘zlari ham sо‘zlarni talaffuz 
etishdek, gapirishdek oliy-ijtimoiy ne’matlardan bahramand bо‘la olmaydilar. Demak 
karlik juda chuqur insoniy sifatlarning shakllanishiga salbiy ta’sirini berganligi bois, 
kar bola jamiyatdan ajralib qolishi mumkin
3
.
Bola kо‘rib, ta’m, hid bilib, teri orqali sezib yashasa-da, bu harakatlar yashash 
uchun yetarli bо‘lmagan tizimiga mosdir.Kar va zaif eshituvchi bolada nutqning 
shakllanish mexanizmini aniqlash uchun ichki nutq mohiyatini anglash muhimdir. 
Ichki nutq rus olimlarining tadqiqotlarida quyidagicha ta’riflanadi: ichki nutq fikrning 
iqtisodiy ta’minoti, inson ongi va aqliy faoliyati mexanizmi, nazariy va amaliy 
faoliyatni rejalashtirish demakdir
“Aynan eshitish va nutqiy sezish ichki nutqning hosil bо‘lishi uchun asosdir, 
"о‘zgalar uchun nutqdan о‘zi uchun nutq" hosil bо‘ladi"-deb ta’kidlaydi 
A.S.Vigotskiy . Ushbu ma’lumotlar, ya’ni ilmiy qarashlar kar bolalarni tilga 
о‘qitishda о‘z о‘rniga ega. Bunda ichki nutq mexanizmining xususiyatlari uning 
eshitish qobiliyati nuqsonliligidagi о‘ziga xosligini aniqlashga imkon yaratadi. 
Bolada mantiqiy tafakkurning rivojlanishi uchun yetakchi va asosiy omil eshitish 
idrokining rivojlanishi hisoblanadi. 
Fikrni nutq orqali ifoda etishda ichki nutqning ahamiyatini ochib berish 
bо‘yicha qator olimlar tadqiqot qilganlar . Ushbu tadqiqotlardan biz uchun muhim 
umumiy holatni keltiramiz, ya’ni ichki nutq natijasida fikr qurilmasi paydo bо‘ladi. 
Pirovardida u yoyiq nutqiy ifodaga aylanib qо‘llaniladi.
K.G Korovin kuzatishlarida fikr nutq shakllanishining birinchi komponenti 
sifatida tashqi kо‘zg‘atuvchi, ya’ni motivni tushunish hisoblanadi. Ikkinchi 
komponent sifatida ichki nutqda qurilgan fikr hisoblanadi. Nutq-fikrning hosil 
bо‘lishidagi bu bosqichda sо‘z tanlash, ya’ni ichki nutq kodining muayyan til 
birliklariga aylanishi sodir bо‘ladi.
Nutq hosil bо‘lishining uchinchi komponenti ichki nutq asosida fikr qurilmasini 
tuzish hisoblanib, bu bosqich fikr-gapning grammatik qurilishi bosqichi deb 
nomlanadi. 
Tо‘rtinchi komponent fikrni nutqiy ifoda shaklida tashqarida qо‘llash 
hisoblanadi. Bunda nutqning tashqi bezagi-talaffuzi va intonatsiyasi, ichki bezagi esa-
tuzilishi, grammatik qurilishi hisoblanadi
4
Yuqorida keltirilgan "fikrdan nutqqacha yо‘l" ning ochib berilishi yuzasidan 
ma’lumotlar kar va zaif eshituvchi bolalarga til о‘rgatish amaliyotida qator 
xulosalarga olib keladi. Ular nutqiy murojaatlarning hosil bо‘lishida ichki nutq 
mexanizmlarining ahamiyatini ochib beradi va tafakkur bilan birga nutq orasidagi 
bog‘liqlikni namoyon qiladi. 
3
Коровин К.Г. Практическая грамматика в системе специального обучения слабослышащих 
детей языку. – М., Педагогика, 19996.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə