Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/91
tarix21.10.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#129777
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
ONA TILI O’QITISH MAXSUS METODIKASI surdopedagogika ta’lim yo‘nalishi

hearing impairment 
VI.1-§. The content and purpose of the development of associated speech in children 
with hearing impairment 
VI.2-§. Classification essay 
VI.3-§. Pedagogical requirements for teaching children with hearing impairments 
related speech 
VI.4-§. Types of work on the development of associated speech in children with 
hearing impairment 
CHAPTER III METHODS OF TEACHING CHILDREN TO READ 
HEARING IMPAIRMENT
Section I Methods of teaching children to read with hearing impairments
I .1-§. The task and importance of reading lessons in a special school 
I .2-§. Modern approach to teaching children with hearing impairments 
I. 3-§. The main directions of work on the lessons of reading in a special school. 
I. 4-§. Description of the components of the pedagogical system of speech 
development of children with hearing impairments in the process of literary education 
CHAPTER VI SEMANTIC APPROACH TO GRAMMAR EDUCATION IN 
SCHOOL FOR CHILDREN WITH HEARING IMPAIRMENTS 
Section I. Methods of teaching grammar to children with hearing impairment
I .1-§. Methods of teaching grammar to children with hearing impairment
I .2 - § methods of teaching grammar in a special school 
 
 
 


11 
 
 
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikni qо‘lga kiritgan davrni sarhisob qilsak
hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini kо‘zlash va himoyalash jarayonida 
jamiyatimizning alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e’tibor qaratib 
kelinayotganini kuzatamiz. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarni boshqa barcha 
fuqarolar bilan teng imkoniyatlarga ega bо‘lishini ta’minlash, ularning turmush 
faoliyatidagi cheklanishlarni bartaraf etish, tо‘laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek, о‘zlarining 
fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish 
davlatimiz insonparvarlik siyosatining asosiy mazmunini tashkil etadi. 2017 yil 1 
avgustdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qо‘llab –quvvatlash tizimini yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
tо‘g‘risida”gi 
О‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining farmoyishi nogironlarni davlat tomonidan qо‘llab – quvvatlash, ularni 
tо‘laqonli ta’lim olishi, jamiyat tomonidan qо‘llab – quvvatlanishi, ularni sog‘lomlar 
qatorida jamiyatga uyg‘unlashib, ijtimoiy hayotda moslashib ketishiga oid chora-
tadbirlarni takomillashtirishni kо‘zda tutadi. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirishni beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “Harakatlar 
strategiyasi”ning tо‘rtinchi ustuvor yо‘nalishida “aholini ijtimoiy himoya qilish, 
nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarni davlat tomonidan qо‘llab-
quvvatlanishi ”ni kuchaytirishga alohida e’tibor berildi
1
.Xususan eshitishda nuqsoni 
bо‘lgan shaxslarni og‘zaki nutqini muloqat quroli sifatida rivojlanitirish orqali ularni 
ma’naviy yetuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil 
fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, 
Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga qodir 
bо‘lgan yosh avlod sifatida tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom 
ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng kо‘lamdagi kompleks chora-tadbirlarni 
amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yо‘lda 
safarbar etish lozimligi bilan ifodalanadi. Zamonaviy maxsus ta’lim tizimining 
nazariy asoschisi L. S. Vigotskiy eshitishning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan 
soqovlik – insoniy nutqning mavjud bо‘lmasligini keltirib chiqarsa, о‘z navbatida, 
nutqni egallay olmaslik umumiy madaniy rivojlanishga katta salbiy ta’sir 
kо‘rsatishini alohida qayd etadi. Eshitishida muammoci bо‘lgan bolalarni atroflicha 
о‘rgangan R .M. Boskis eshitish analizatori funksiyasining nisbatan oz buzilishi – 
shivirlashni, idrok etish imkoniyatining chegaralanishi ham bola nutqining meyorda 
rivojlanishiga, buning oqibatida mantiqiy tafakkurining shakllanishiga tо‘sqinlik 
qilishini kо‘rsatib о‘tadi.
2
Malakali o‘qituvchi – surdopedagoglarni tayyorlash oliy 
o‘quv yurtlarinnng defektologiya bo‘limlarida amalga oshiriladi. Defektologiya 
fakultetining o‘quv rejasi kar va zaif eshituvchilar maktablarida ona tili o‘qitish 
1
Sh.M. Mirziyoev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda 
barpo etamiz. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2016. -56 b.
 
2
Боскис Р.М. Учителю о детях с нарушениями слуха.–М.:Просвешиение, 1998. – 18 с. 


12 
maxsus uslubiyati fanini o‘z ichiga qamrab olgan. Bu uslubiyat nazariyaga asoslanib, 
eshitishda nuqsoni mavjud o‘quvchilarini tarbiyalash, rivojlanishi va o‘qitishning 
amaliy vazifalarni amalga oshiradi. Uning predmeti ona tiliga o‘rgatishning maxsus 
uslubiyati usullarini eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqni shakllantirish, yozuv, 
o‘qish, grammatikani egallash o‘rgatish hisoblanadi. 
Ona tili o‘qitish maxsus uslubiyati talabalarga eshitishda nuqsoni bo‘lgan 
o‘quvchilarda til bo‘yicha bilimni shakllanishining qonuniyatini o‘rganishiga, 
korreksion (fikrlash va nutqning rivojlantirish, to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish, eshitish 
idrokini rivojlantirish) va tarbiyaviy vazifalarni yechishga imkon beradi. 
Ona tili o‘qitish maxsus uslubiyati pedagogik fan sifatida pedagogik tajribani 
o‘rganish, tekshirish, umumlashtirish va ommalashtirishni ko‘zda tutadi. Ona tili 
o‘qitish maxsus uslubiyati fanini boyitishda pedagogik amaliyot bosh omillaridan biri 
hisoblanadi. Nutqiy va eshitish holatiga qarab, kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni 
o‘qitishda differensial yondashuv amalga oshiriladi. Hozirda O‘zbekistonda kar 
bolalar maktabi va zaif eshitadigan bolalar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu 
maktablarda ona tili dasturlari bir-biridan sezilarli darajada ajralib turadi, bu 
o‘quvchilarning umumiy va nutqiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Eshitishda 
nuqsoni mavjud o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida diferensial yondashish, ta’lim 
jarayoni usullarini o‘ziga xosligi oliy o‘quv yurtida “Karlar va zaif eshituvchi bolalar 
maktablarida ona tili o‘qitish maxsus uslubiyati” fanini tasniflangan holda o‘qitishni 
talab etadi. Bunda kar o‘quvchilarni ona tiliga o‘qitish uslubiyati mazmuni va o‘ziga 
xosligi yoritiladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida ona tili o‘qitish 
maxsus uslubiyatiga yondashgan tarzda ushbu darslikning vazifalari quyidagicha:

zamonaviy bosqichda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni ona tili faniga 
o‘qitishga qo‘yilgan talablarni yoritish;

ona tili o‘qitish maxsus uslubiyatining metodologik asoslarini tavsiflash;

ona tili o‘qitish maxsus uslubiyatini boshqa fanlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatish;

eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni ona tiliga o‘rgatish zamonaviy tizimini 
o‘ziga xosligini aniqlash;

ona tiliga o‘rgatish davrlari vazifalari mazmuni, har bir davrda nutq ustidagi 
ishlarni o‘ziga hosligi bilan tanishtirish;

og‘zaki nutqni shakllantirish bo‘yicha darslarni va darsdan tashqari 
mashg‘ulotlarni rejalashtirish malakasini shakllantirish;

maxsus maktab dasturlaridan foydalanib, o‘qitishning har xil bosqichlariga xos 
darslar ishlanmasini tuzish qobiliyatini shakllantirish;

to‘g‘ri talaffuz malakasi va eshitish qoldiqlarini rivojlantirish talablarini hisobga 
olib, ona tili darslarini rejalashtirish va o‘tkazish qobiliyatini shakllantirish; 

uslubiy adabiyot, ilmiy izlanish ma’lumotlari va maktab hujjatlari bilan mustaqil 
ishlash malakasini shakllantirish; 

olingan bilimlarni umumlashtirish va amaliyotda qo‘llash;
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni og‘zaki nutqga o‘rgatishning maxsus 
uslubiyati bo‘lajak surdopedagoglarni nafaqat aniq bir usullar haqidagi kuchli 
bilimlar bilan ta’minlaydi, balki ularda kar bolalarning ijtimoiy moslashish va 


13 
rivojlanishi maqsadida nutqning rivojlanish darajasini uzluksiz ko‘tarish shartliligiga 
ishonchni shakillantiradi. 
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni tilga o‘rgatish bo‘yicha samarali 
usullarni egallash avvalombor o‘quv jarayonini psixologik, lingvistik, uslubiy 
jihatdan baholash va o‘qitishning samarali usullarini maqsadga muvofiq tanlashni 
ko‘zda tutadi. Shuning uchun bu fanni egallash surdopedagogika, umumiy va maxsus 
psixologiya, fizialogiya, ona tili va didaktika haqidagi mavjud bilim va ma’lumotlarni 
faollashtirish bilan bog‘liq amalga oshadi. 
Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar talabalarga 
kar bolalarni ona tiliga o‘qitish tizimining tuzilishining boshlang‘ich tamoyillarini 
anglash, bu jarayonni o‘ziga xosligini tushunish, uni nutqiy rivojlantirishning 
umumiy qonuniyatlari bilan taqqoslash, kuzatishlarni umumlashtirish hamda 
ta’limning yangi, samarali uslublarini amalda qo‘llash imkonini beradi. 
Darslik IV bо‘limdan iborat: Birinchi bо‘lim Ona tili о‘qitish maxsus metodikasi 
fan sifatida nomlanib, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tilga 
о‘qitish ishlarini tashkil qilish, ona tili darslarida didaktik tamoyillarni qо‘llash, dars -
eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tiliga о‘qitish shakli sifatida, 
eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tiliga о‘qitish jarayonida
pedagogik texnologiyalarni qо‘llash, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida 
ona tiliga о‘qitish jarayonida qо‘llanuvchi nutqiy vositalar kabi mavzularn qamrab 
oladi. Ikkinchi bо‘lim Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida nutqqa 
o‘rgatish nomlanib, mazkur bо‘limda eshitishda nuqsoni bor bolalarga daktil nutqini 
o‘rgatish uslubiyati, eshitishda nuqsoni bor bolalar og‘zaki nutqni shakllantirish 
uslubiyati, eshitishda nuqsoni bor bolalarni savodga o‘rgatish uslubiyati, eshitishda 
nuqsoni bor bolalarni so‘zlashuv nutqini shakllantirish uslubiyati, eshitishda nuqsoni 
bor bolalarni bog‘langan nutqni rivojlantirish uslubiyati kabi mavzularn yoritiladi. 
Uchinchi bо‘lim Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida o‘qish metodikasi 
nomlanib, maxsus maktabda о‘qish darslarining vazifasi va ahamiyati, eshitishda 
nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qishga о‘rgatishga zamonaviy yondoshish, maxsus 
maktabda о‘qish darslarida ishni asosiy yо‘nalishlari, adabiy ta’lim jarayonida 
eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar bolalar sо‘zlashuv nutqini rivojlantirish bо‘yicha
pedagogik tizim komponentlari tavsifi kabi mavzularn qamrab oladi. Tо‘rtinchi
bо‘lim Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida grammatikani o‘rgatishga 
semantik yondashuv deb nomlanib, bu bо‘limda maxsus maktabda grammatikani 
о‘rgatish uslubiyati, maxsus maktabda grammatikani о‘rgatish dasturi mazmuni
kabi mavzularn yoritiladi. 


14 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə