Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


I .4-§. Dars -eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tiliga о‘qitish



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/91
tarix21.10.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#129777
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
ONA TILI O’QITISH MAXSUS METODIKASI surdopedagogika ta’lim yo‘nalishi

I .4-§. Dars -eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabida ona tiliga о‘qitish 
shakli sifatida 
 
Maxsus maktab, maktab-internatlarda tashkil etiluvchi ta’lim jarayoni 
о‘quvchilar sо‘zlashuv nutqini rivojlantirish zamirida о‘quv rejasida kо‘zda tutilgan 
fanlar bо‘yicha bilim, kо‘nikma, malakalar bilan qurollantirish, ijtimoiy hayotga 
uyg‘unlashuvning zaruriy sharti – kasbga yо‘naltirish hamda hayotiy kо‘nikmalarni 
shakllantirish masalalarini hal qilishni nazarda tutishi, ta’lim muassasasi о‘z ishining 
pirovardida esa, ana shu vazifalarni hal qilishga erishishi lozim. О‘quv–tarbiya 
jarayoniga qо‘yilayotgan yangi talablar muassasaning pedagog xodimlariga, eng 
avvalo, о‘z о‘quvchilari rivojlanish xususiyatlari haqida mukammal bilimga ega 
bо‘lish, maxsus tashkil etiluvchi ta’lim-tarbiya jarayonining tub mohiyati va 


33 
mazmunini anglab olish vazifasini yuklamoqda. Faqat shundagina defektolog-
о‘qituvchi о‘ziga yuklatilgan vazifaning mohirona yechimiga ega bо‘ladi.О‘quvchilar 
tomonidan nazariy bilimlar hamda amaliy kо‘nikmalarning о‘zlashtirilishi о‘quv 
jarayoni (о‘qitish)ning turli-tuman shakllarida amalga oshiriladi.
О‘quv jarayonining tashkiliy shakllari о‘qituvchi va о‘quvchilarning ma’lum 
bir shart-sharoit va tartib asosida tashkil etiluvchi birgalikdagi о‘zaro faoliyati bо‘lib, 
ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liq bо‘lib, didaktik tizimlar rivojlanishi bilan bog‘liq 
ravishda yuzaga keladi hamda takomillashib boradi. Ushbu tashkiliy shakllar turli 
mezonlar asosida: о‘quvchilar soni (yalpi, jamoa, guruh, kichik guruh va yakka 
mashg‘ulotlar), о‘qitish(ta’lim)ni о‘tkazishning joyiga kо‘ra (maktab va maktabdan 
tashqari shakllar), о‘quv mashg‘ulotlarning davomiyligi va h.k.larga kо‘ra
tasniflanadi. 
Maxsus maktab, maktab-internatlarda о‘quv jarayonini tashkil etishning dars, 
ekskursiya, yakka tartibdagi mashg‘ulotlar, musiqaviy-ritmik mashg‘ulot, uy 
topshiriqlari, fakultativ mashg‘ulotlar о‘tkazilib, ularda asosiy e’tibor muassasaning 
oldiga qо‘yilgan vazifalar yechimiga qaratiladi.
О‘qitishning sinf-dars tizimi hozirgi kunga qadar, butun dunyoda barcha 
maktablardagi singari, maxsus maktab-internatlarda ham о‘quv faoliyatining eng 
kо‘p tarqalgan tashkiliy shakli bо‘lib qolmoqda. 
Dars maktabdagi о‘quv jarayonining asosiy ish shakli sifatida ilk bor, XVII 
asrda zamonaviy pedagogika sohasida ushbu kunda ham о‘z ahamiyatini yо‘qotmagan 
– “Buyuk didaktika” asarining muallifi Yan Amos Komenskiy tomonidan amaliyotga 
joriy qilindi.
Dars – о‘qitishning vazifalari, mazmuni, nizom va metodlarini о‘zida 
mujassamlovchi, о‘qituvchi rahbarligida о‘quvchilar jamoasi bilan aniq, belgilangan 
vaqtlarda jadval asosida olib boriluvchi о‘quv jarayonining asosiy shakli. 
Maxsus maktab, maktab-internatlarda olib boriluvchi dars vazifalari eshitishda 
nuqsoni bо‘lgan bolalar о‘qitish maqsadlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Sinf-dars tizimining о‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

didaktik tizimning asosiy birligi dars sanaladi; 

dars bir о‘quv faniga bag‘ishlangan bо‘lib, о‘quvchilar о‘qituvchining maqsad sari
yо‘naltirilishi, rahbarligi asosida faoliyat kо‘rsatadilar; 

о‘qituvchining tutgan о‘rni nafaqat о‘quvchilarga о‘quv materialini yetkazib 
berish, balki uning har bir о‘quvchi tomonidan о‘zlashtirishlishiga erishishi, 
javobgarligi bilan belgilanadi; 

sinf – taxminan bir xil yosh va xususiyatlarga ega о‘quvchilarning birlashuvi 
bilan, uning tarkibi о‘quv yili davomida deyarli о‘zgarmasligi bilan belgilanadi; 

sinf dars jadvaliga muvofiq holda о‘quv reja va dasturlari asosida ta’lim oladi; 

darslar barcha о‘quvchilar uchun avvaldan tuzilgan qat’iy jadval asosida olib 
boriladi; 

о‘quv yili chorak hamda ta’til davrlari bilan, о‘quv kuni esa jadval asosidagi 
darslar miqdori hamda ular о‘rtasidagi tanaffuslar bilan belgilanadi; 

о‘quv yili har bir о‘quv fanidan belgilangan dastur materiallarining tugallanishi 
bilan yakunlanadi; 


34 

maktab ta’limi bitiruv imtihonlari (bitiruv attestatsiya) bilan yakunlanadi. 
Dars turlari (tiplari) ma’lum bir darslar guruhiga xos bо‘lgan belgilar yig‘indisi 
bо‘lib, ular asosiy maqsadlarning xususiyatlari, mazmuniy – metodik talablarga 
muvofiq holda belgilanadi. YA’ni har qanday dars о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘lib, 
о‘zining aniq maqsadi, vazifalari va mazmuniga kо‘ra bir-biridan farq qiladi. 
Darsning qaysi tomonlari (belgilari) asosiy qilib tanlanishiga muvofiq holda о‘quv 
mashg‘ulotlarining turli – tuman kо‘rinishlari belgilanadi. Darslar mazmuni hamda 
olib borish usullariga kо‘ra guruhlashtirilishi mumkin (I.N.Kazansev). Asosiy 
didaktik vazifalariga kо‘ra maxsus maktab-internatlarda о‘tiluvchi quyidagi dars 
turlarini ajratish mumkin: kirish (propedevtik), о‘quv materiali bilan dastlabki 
tanishish, yangi bilimlarni egallash, egallangan bilimlarni amaliyotda qо‘llash, yangi 
kо‘nikma va malakalarni shakllashtirish, bilim, kо‘nikmalarni takrorlash va 
umumlashtirish, nazorat qilish va korreksiyalash, sinfdan tashqari о‘qish va h.k. 
Aralash dars turida о‘quv faoliyatini olib borishning tushuntirish, mustahkamlash, 
tekshirish, yakun yasash kabi turlari uyg‘unlashgan bо‘ladi. Yangi bilimlarni 
egallash darsida asosiy e’tibor yangi materialni о‘rganishga qaratiladi. Bilim, 
kо‘nikma, malakalarni hosil qilish va mustahkamlash darslarida kо‘proq amaliy 
faoliyatga, shuningdek, mashqlarga e’tibor karatiladi. Kо‘nikma va malakalarni 
takrorlash va umumlashtirish darslarida muayyan mavzular va bilimlar bо‘yicha 
о‘rganilgan о‘quv materiali tizimga solinadi. Laboratoriya darslari - olingan nazariy 
bilimlar laboratoriya sharoitida amalda qо‘llanadi, malaka va kо‘nikmalar 
shakllantiriladi. О‘quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darsida - 
о‘quvchilar turli xildagi sinov va nazorat, og‘zaki va yozma ishlarni bajaradilar. Bu 
darslarda asta-sekin maxsus maktablarda ham testlash usulidan foydalanish kiritib 
borilmoqda. Sinfdan tashqari о‘qish darsi - bolalarda о‘qishga, adabiyotga qiziqish va 
muhabbat uyg‘otish, badiiy adabiyot bilan ishlash kо‘nikmalarini shakllantirish, 
nutqiy kо‘nikmalarini shakllantirish, korreksiyalash, mustaqil nutqini rivojlantirishni 
kо‘zda tutadi. 
Dars tuzilishi deganda uning о‘quv vazifasini bajarishga yordam beradigan qismlari. 
bosqichlari nisbati va ularni amalga oshirish izchilligi tushuniladi. 
О‘quv vazifasi va ishning mazmuniga kо‘ri dars qismlarining о‘rtasidagi nisbat 
о‘zgarib turadi. Ularning ayrimlari darsda asosiy о‘rinni egallasa, ayrimlari 
yordamchi ahamiyatga bо‘ladi yoki umuman ishtirok etmaydi. Darsning turlari 
tuzilishiga oid xususiyatlar tо‘g‘risida aniq tushunchalarga ega bо‘lish eng kо‘p 
uchraydigan dars turlari tuzilishining bosqichlarini kо‘rib chiqamiz. 
Aralash darsning tuzilishi: 

darsning borishini tashkil etish; 

nutqiy mashqlar; 

uy vazifasini tekshirish; 

о‘tgan dars yuzasidan topshiriqlar; 

yangi materialni bayon qilish (tushuntirish) (oraliqda - fizminutka); 

о‘tilgan materialni mustahkamlash va takrorlash yuzasidan faoliyat; 

darsga yakun yasash va uyga vazifa berish. 
Yangi bilimlarni bayon etish darsining tuzilishi: 


35 

darsning boshlanishini tashkil etish; 

nutqiy mashqlar; 

о‘quv jarayoniga kirish ishi: uy vazifalarini tekshirish, ilgari о‘rganilgan 
material yuzasidan qisqa takrorlash va h.; 

yangi materialni bayon qilish (tushuntirish) (oraliqda - fizminutka); 

о‘tilgan materialni mustahkamlash va takrorlash yuzasidan faoliyat; 

darsni yakunlash va uyga vazifa berish. 
Umumlashtirish yoki takrorlash darsining tuzilishi: 

darsning boshlanishini tashkil etish; 

nutqiy mashqlar; 

о‘quv jarayoniga kirish ishi: uy vazifalarini tekshirish, ilgari о‘rganilgan 
materiallar yuzasidan qisqa savol-javob va h.; 

о‘quv materiallarini umumlashtirish va muayyan tizimga solish; 

darsga yakun yasash va uyga vazifa berish 
Maxsus maktab-internatlarda asosan (о‘quv vaqtining deyarli 80% ga yaqini)
aralash (kombinatsiyalashtirilgan) dars turidan foydalanish keng tarqalgan.
Amaliy darslarda asosiy ish faoliyati maktab tajriba maydonchasida tajriba 
о‘tkazish, о‘quv xonalaridagi laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish 
ustaxonalarida amaliy tajriba о‘tkazish hisoblanadi. Asosiy dars turlaridan tashqari 
korreksiyalash, intergratsiyalashtirilgan hamda noan’anviy: dars-ertak, dars-sayohat, 
dars-seminar, dars-auksion, loyihalar bilan ishlash kabi darslar о‘tkaziladi. 
Maxcus maktab, maktab- internatlarida olib boriluvchi darslar quyidagi 
talablarga javob berishi lozim:
1. Pedagogik talablar; 
2. Psixologik talablar; 
3. Gigiyenik talablar; 
4. Tashkiliy talablar. 
Maxsus maktab, maktab-internatlarida olib boriluvchi darslar о‘qitishning 
umumdidaktik va о‘ziga xos bо‘lgan tamoyillaridan kelib chiquvchi pedagogik 
talablarga javob berishi zarur. Ushbu talablarning asosiylari quyidagilardan iborat: 

har bir dars aniq belgilangan mavzu va vazifalarga ega bо‘lishi; 

darsning mavzusi uning vazifalariga mos, ilmiylikka yо‘naltirilgan bо‘lishi va 
xuddi shuningdek, о‘quvchilarga tushunarli, hayot bilan chambarchas bog‘liq 
bо‘lishi, individual va tabaqalangan holda yondashuv talablariga mos bо‘lishi; 

darsning vazifalari hamda о‘quv jarayonining bosqichlari dasturiy talablardan, 
shuningdek, sinf о‘quvchilarining umumiy va nutqiy rivojlanish darajasidan 
kelib chiqqan holda belgilanishi; 

dars jarayonida qо‘llaniluvchi metod va usullar о‘quvchilarning yosh 
xususiyatlariga mos bо‘lishi, ularning ikkilamchi muammolarini bartaraf etish, 
umumiy rivojlanishlarini ta’minlash va ixtimoiy meyorlarni egallashga xizmat 
qilishi lozim; 

sinf о‘quvchilarining bilish faoliyatlarini faollashtirishga yо‘naltirilgan ish 
usullaridan mohirona va о‘rinli foydalanishning oldindan loyihalashtirib 
qо‘yilishi; 


36 

har bir darsda о‘quvchilar tomonidan egallab borilayotgan bilim, kо‘nikma va 
malakalarning sifatining nazorat qilib borilishi; 

alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda kо‘rsatmalilik, kо‘rgazmalilik, amaliy ish jarayoniga alohida e’tibor 
qaratish; 

darsga oid bilim, kо‘nikma va malakalarning о‘quvchilar sо‘zlashuv nutqini 
muloqot quroli sifatida shakllantirish zamirida egallanishi; 

darslarda nutqning turli-tuman shakllaridan foydalanish (bunda qaysi nutq 
shaklining 
yetakchi 
bо‘lishi bosqich talablaridan, shuninigdek, sinf 
о‘quvchilarining umumiy va nutqiy rivojlanishlaridan kelib chiqqan holda 
belgilanadi); 

eshitish qoldig‘ini rivojlantirish, labdan о‘qish malakasini shakllantirish 
ishlariga alohida e’tibor qaratish; 

alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda doskada bajariladigan ishga ajratilgan vaqt taqsimotiga jiddiy ahamiyat 
qaratish; 

о‘quvchilar kо‘rish о‘tkirliklari pasayishining oldini olish maqsadida namoyish 
qilinuvchi rasm va namunalar о‘lchamlarini mos ravishda tanlash; 

darsda qо‘llanuvchi sо‘z va iboralar kartochkalarda kо‘k rangda, bosma 
harflarda berilishi (qizil,och yashil, pushti va shu kabi ranglar bolalar 
toliqishlarini keltirib chiqarish bilan bir qatorda kо‘rish о‘tkirligining pasayishi 
kabi asoratlarga ham olib kelishi mumkin) lozim. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə