Ona tili fanining am



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə8/70
tarix08.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#116099
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
12951 1 99234C91AAA9B781A564BE115B42B7673518E851

2. Test savollari
1. Turkiy tillarga qaysi tillar kiradi? a) uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz qoraqalpoq
b) turkman, tatar, boshqird, gagauz, turk, ozarbayjon s) chuvash, boshqird, hom-som tillari
d) a va b
2. Dunyo tillari necha til oilasiga bo‘linadi? a) 20 ga yaqin
b) 35 atrofida s) 50 ga yaqin d) 38 ga yaqin
3. Tipologik-morfologik tasniflashda tilning qaysi xususiyati e’tiborga olinadi?
a) sintaktik b) morfalogik s) tipologik
d) tipologik-sintaktik
4. Morfologik tasnifga ko‘ra dunyo tillari nechta va ular qaysilar? a) 2 xil, polisintetik, morfologik
b) 1 xil agglyutinativ
s) 3 xil, agglyutinativ, amorf, fonetik
d) 4 xil agglyutinativ, flektiv, amorf, polisintetik 5. Tillar qarindoshligini qaysi tasnif o‘rganadi? a) tipologik
b) morfologik s) geneologik
d) tipologik-morfologik
6. «Integratsiya» so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma’nosi? a) turkcha – to‘g‘ri
b) lotincha – to‘latmoq s) forscha – rost
d) tojikcha – haq
7. Xalqaro bitimlar va shartnomalar o‘zaro davlatlar o‘rtasida 6 tilda imzolanadi, ular qaysilar?
a) arab, lotin, rus, ozarbayjon, nemis, frantsuz b) arab, frantsuz, ispan, ingliz, rus, xitoy
s) xitoy, nemis, turk, rus, o‘zbek, ispan d) a va b
8. Flektiv tillarga xos bo‘lgan hususiyatni korsating?

158
a) bir fleksiya bir nechta ma’no anglatishi mumkin


b) bir fleksiya bir nechta variantga ega bo‘lishi mumkin, o‘zakka va negizga fleksiya qo‘shilganda tovushlar almashinishi mumkin
s) ichki fleksialarga boy bo‘ladi, grammatik formalari suppletiv yo‘l bilan yasaladigan so‘zlar uchraydi
d) a. b. s.
9. Agglyutinativ tillarga qaysi tillar kiradi? a) turkiy, fin-ugor, yapon, dravid, bantu
b) fors, yapon, sanskrit s) nemis, rus, azarbayjon d) tojik, turk, forscha

4-mavzu: Fonetikaga kirish Mavzu rejasi:
1.Tashkiliy qism.
2. Mavzuga oid talabalar bilimini savol-javob va mashqlar orqali tekshirish va mustahkamlash.
3. Test topshiriqlari asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash. 4. LTQ texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash. 5. Mashgʻulotni yakunlash.

Adabiyotlar:
1) 22-24 b; 2)5-25b; Tavsiya etiladi:
1. M.Hamroyev. Ona tili Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 15-22
2. M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 2019. 6-11

Quyidagi savollarga yozma javob bering!
1. Fonetikaning predmeti va vazifalari. 2. Fonetika fanining turlari.
3. Fonetik birliklar.

1. Mashqlar bajarish
1-mashq. Berilgan nutq a’zolarini faol va nofaol nutq a’zolariga ajrating. Ular nima uchun faol va nofaol nutq a’zosi deyilishini tushuntiring.
Tovush paychalari, yuqori jag‘, til, kichik til, tish, yumshoq tanglay, pastki jag‘, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i, lab.

2-mashq. Berilgan fonetik birliklarni segment va supersegment birliklarga ajrating. Fonetik birliklar nima uchun shunday tasniflanishini izohlang.

159
Urg‘u, nutq tovushi, ohang, bo‘g‘in, pauza, melodika.



3-mashq. Berilgan gaplar va so‘z birikmasidagi ohangning turini aniqlang.

1.Qadim zamonda bir yurtni yov bosibdi. 2. baland tog‘lar 3. Kuz. Daraxtlar bargi sarg‘aygan. 4. Eh, bahor qanday go‘zal fasl! 4. Xabar qilinglar, barcha qovun sayliga otlansin! (“Bobur va kabutar rivoyatidan) 5. G‘oz, o‘rdak, oqqush, qil-quyruqlar osmonni to‘ldirib qag‘illashib yuqori-quyi uchmoqda. (Yusuf Xos Hojib) 6. Qovun bu yerdan emasligini qayerdan bildingiz, shohim? (“Hidi, tilimi va maza-sidan” hikoyatidan)



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə