Ona tili fanining am



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə5/70
tarix08.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#116099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
12951 1 99234C91AAA9B781A564BE115B42B7673518E851

2.Mashqlar bajarish. (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradi va javoblarning to‘liq va mukammal bo‘lishi o‘qituvchi va talabalar tomonidan qat’iy nazoratga olinadi.)
101-mashq. O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni “umumxalq leksikasi” va “dialektal leksika”ga ajratib yozing. Dialektal so‘zlar ma’nosini tushuntiring, ularning adabiy tildagi shaklini ayting va yonma-yon yozing.
1. ...Bozordan uch-to‘rt hovli naridagi, biqinida bir tup zardoli o‘sgan katta ko‘k darvoza bizniki. (E.A’zamov) 2. Savat ko‘targan yigit parmanchak terib, o‘rmon cheti bilan kelaverdi. (Yo.SH.) 3. Men yugurib borib non sandiqdan nonparni olib keldim. Buvim yasagan patir-kulchalarga nonpar bosa boshladim. (S.Nurov) 4. Umarxo‘ja boy ... katta bazm berib, mushakbozlik qildirgan edi. O‘shanda SHamsiddinim yo‘lga kirmagan buvak edi.(S.Ahm.) 5. Qandolatfurush yarim kilo pechak qand tortib uzatdi. (Yo.SH.) 6. Faner bermasa, vassa qilarsiz. (P.Q.) 7. – Taladan kelganimda shatta turgan edi-ya! – Kampir chiroqsiz xonada gugurt chaqib, qimiz kadini qidirar edi.(P.Q.) 8. Men seni injitmayman, Va lekin tinchitmayman. (M.Boboev)

102- mashq. Gaplarni o‘qing, dialektal so‘zlarni aniqlang, ular qaysi she-vaga xos ekanini va adabiy tildagi shaklini ayting.
1. Ma’lumki, tun bilan kunduz tenglashgan tongda ko‘katlar bulturgi ildizlaridan bosh ko‘tarib chiqadi, daraxtlar pindig‘i bo‘rtadi, tabiat uyg‘onib, yer ko‘pchiydi. 2. Bozordagilar: «Jinoyat amakimdi eshagining ham aytgani aytgan, degani degan», deyishsa, qishloqdagilar: «Jinoyat oqsoqol eshagiga xalacho‘pdi ham birovning tolidan sindirib oladi»,– deyishardi. (S. Ahm.) 3. Sen bilan biz baqlarda yuribmiz, xolos. (S. Ahm.) 4. Huv o‘qishni bilgan axtig‘imdan aylanay, - deb buvisi nabirasining yelkasini qoqib qo‘ydi. (J.SH.) 5. O‘rikka chiqib, g‘o‘ra uzib yeyishni, ... allaqachon o‘rgangan. (P. T.) 6. Yuraklarim ezilib ketdi, hadeb tushimga kirvotti. (P. T.) 7. To‘satdan oranglardan ola pishak o‘tdimi? (E.Usmonov) 8. Saidahmadxon Eshonxon ko‘k choy suzib uzatgan piyolani oldi. (O.) 9. SHundan keyin tez-tez ko‘rishib turish odatga aylandi... Asosiy pakkamiz bog‘ning etagi. (U.Nazarov) 10. Sekin, sekin, aya, birov eshitib qoladi. (S. Ahm.) 11. – Ie, anovi, polvonning askardan yangi kelgan ulimi? (E.A’zamov) 12. ...Biror joyda birpas choylashib, keyin poezdga chiqsak, qalay? (E.A’zamov) 13. Ammo Nazarov qoyil qolib: «Ofarin! Bamisoli po‘lot toblanishopti!» – dedi. (H. G‘.)


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə