Ona tili fanining am



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə2/70
tarix08.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#116099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
12951 1 99234C91AAA9B781A564BE115B42B7673518E851

2. Mustaqil ish.
Talabalar o‘tirgan joylariga qarab 6 qatorga bo‘liniadilar va har bir qatorga alohida quyidagi tartibda o‘tilayotgan mavzu asosida mustaqil ishi topshiriladi:(Bajarilgan ishning sifati gapning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda talabaning o‘z misolini to‘g‘ri va tushunarli ifodalay olishi bilan belgilanadi.)
1-qator Dunyo tillari haqida ma`lumot bering
2-qator- Tirik va o‘lik tillar haqida ma`lumot bering. 3-qator-Til va nutq tushunchalariga izoh bering.
4-qator-Milliy til va adabiy til haqida gapiring.. 5-qator-Shevalar haqida nimalarni bilasiz?

3. Topshiriq.
Matn beriladi. Matndan milliy va adabiy til tarkibiga kiruvchi so‘zlar aniqlanadi. Shevaga hos so‘zlar, qaysi shevaga tegishliligi aniqlanadi.
4. Topshiriq. Quyidagi matnni oʻqing. Matn boʻyicha savollar tuzib ularga javob bering.

TIL VA JAMIYAT

Inson jamiyatda yashaydi. Jamiyat deganda odamlarning birlashib yashashi, ishlashi, oʻzaro turli-tuman aloqa va munosabatda boʻlishini tushunamiz.


Odamlar birgalikda yashab ishlashi uchun bir-biri bilan soʻzlashishi, fikr almashishlari zarur. Shuning uchun jamiyat a’zolari orasidagi aloqaning eng muhim turlaridan biri soʻzlashish, bir-biri bilan fikr almashishdir. Kishilar oʻzaro fikr almasha olmasa, jamiyat boʻlib yashay olmaydi. Jamiyat a’zolarining oʻzaro soʻzlashishini ta’minlovchi vosita tildir.
Fikrni chiroyli va ravon ifodalay olish, soʻrash va javob berish jamiyat a’zolari uchun eng zarur va yaxshi xislatdir.

150
Til oʻtgan avlodlar tajribasi, bilimlari natijalarini kelgusi avlodlarga yetkazuvchi koʻprik hamdir. Kishilar hayot tajribalari va ilmiy yutuqlarini yozib qoldiradi va ular avloddan avlodga oʻtib, boyib, rivojlanib boradi. Bu tilning ulkan ma’rifiy ahamiyatidir.


Til shxsiy hayotda ham juda kata oʻrin tutadi: shaxsning oʻzini oʻziga tanitadi, milliy va umuminsoniy faxrlanish tuygʻusini kamol toptiradi.
Insoniyat tarixida dastlab ogʻzaki nutq yagona aloqa quroli boʻlib xizmat qilgan. Yozuv paydo boʻlgach, odamlar ogʻzaki va yozma nutqdan foydalangan.
Dunyodagi tillar, shu jumladan oʻzbek tili ham, jamiyat bilan birga doimo rivojlanishda boʻladi.


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə