O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkil etilishi kerak deb hisoblaysizmi?” savoliga javoblarning taqsimlanishi, N=508



Yüklə 277,21 Kb.
səhifə12/35
tarix19.03.2023
ölçüsü277,21 Kb.
#102820
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Тиббий муассасаларда психологик хизмат ЎУ мажмуа 2020 2023

1-jadval
Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkil etilishi kerak deb hisoblaysizmi?” savoliga javoblarning taqsimlanishi, N=508

508 nafar respondentning 95,5 foizi “ha” javobini bergan bо‘lsa, 3,5% foizi “yо‘q, о‘z ish joyida bо‘lishi kerak” degan javobni qayd etgan, 1% foizi esa “bilmayman” deb javob berganligini kuzatishimiz mumkin. Demak, respondentlarning aksariyati tibbiyot muassasalarida psixologik xizmatni yо‘lga qо‘yish tarafdori ekan.
2-jadval
Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat yо‘lga qо‘yilsa, mazkur xizmatdan foydalangan bо‘larmidingiz?” savoliga javoblarning taqsimlanishi, N=507

Kо‘rinib turganidek, respondentlarning 63,9 foizi “ha”, 13,8 foizi “murojaat qilishim mumkin”, 13,4 foizi “yо‘q”, 8,5 foizi “bilmadim”, 0,4 foizi “tekin bо‘lsa” mazmunida javob bergan. Javoblardan kо‘rinib turibdiki, aksariyat respondentlar psixologga murojaat qilishni ma’qul deb bilishlarini bildirgan.
Shifokorlarga mо‘ljallangan anketaning oltinchi savoliga berilgan javoblar tahlili 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval
Faoliyatingiz davomida bemorni davolashga tо‘siq bо‘layotgan psixologik muammolarga tez-tez duch kelgan va psixolog xizmatiga ehtiyoj sezgan paytlaringiz bо‘ladimi?” savoliga javoblarning taqsimlanishi , N=67

Shifokorlarning 70,8 foizi “ha” degan javobni, 20,0 foizi “yо‘q”, 7,7 foizi “har doim ham emas”, 1,5 foizi “о‘zimiz psixolog bо‘lishga harakat qilamiz” mazmunidagi javoblarni qayd etganlar. Jadvaldan kо‘rinib turibdiki, aksariyat shifokorlar faoliyatida psixolog xizmatiga ehtiyoj mavjud.
О‘tkazilgan ijtimoiy-psixologik sо‘rovnoma natijalaridan xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi kunda tibbiyot muassasalarida psixolog xizmatini yо‘lga qо‘yish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Har bir davolash muassasasining о‘ziga xos jihatlarini, har xil kasallik turlariga oid bemorlarning о‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda ularning diagnostikasi va korreksiyasini amalga oshirishda о‘ziga xos va о‘ziga mos yondashuvlarni qо‘llash psixolog-mutaxassislar ish faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradi, deyish mumkin. Biroq kо‘rib turganimizdek, savolnoma natijalari tibbiyot muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi zamon va aholi talabiga javob bermasligini, hatto shifokorlarning kо‘pchiligi klinik sharoitlarda psixologik xizmat qanday kо‘rinishda bо‘lishi zarurligi va psixolog aslida kim va u nima bilan shug‘ullanishi haqida yetarlicha tasavvurga ega emas. Bu holat somatik kasalliklar orqasida yashiringan psixologik muammolarni о‘z vaqtida qayd etish va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini pasaytiradi.
Ta’kidlash joizki, bir qator shifokorlar bilan о‘tkazilgan suhbat va sо‘rovnoma natijalaridan psixoterapevt aslida kim va u nima bilan shug‘ullanadi, degan savolga ham turlicha javoblar olindi.
Psixoterapevt – tibbiy oliy ma’lumotga ega bо‘lgan shifokor, psixiatriya yо‘nalishi bо‘yicha ixtisoslashgan, biroq psixoterapiyadan xabari bor mutaxassis, degan javoblar ham uchradi. Universitet diplomiga ega psixolog psixoterapevt bо‘la olmasligi shifokorlar tomonidan bir necha marotaba ta’kidlandi. Kuzatishlarimiz Toshkent shahridagi poliklinikalarda psixonevrolog faoliyati, qо‘llayotgan metodikalari psixolognikidan deyarli farq qilmasligini kо‘rsatdi. Shu jumladan, sinaluvchilarimiz orasidan psixiatrlar sud-psixologik ekspertizaga universitet ma’lumotiga ega bо‘lgan psixologlar aralashayotganini ham nokompetentlikka yо‘ydilar va bu ish bilan faqatgina tibbiy ma’lumotga ega bо‘lgan psixiatrlar shug‘ullanishi kerakligini aytdilar.
Olib borilgan ushbu tadqiqotimiz zamonaviy jahon psixologiyasida kuzatilayotgan tendensiyani yanada yaqqolroq takrorladi, ya’ni tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat sohasida qanday ma’lumotga ega mutaxassis ishlashi kerak va uning klinika va poliklinika sharoitidagi asosiy funksiyalari nimalardan iborat, degan muammoning oxirigacha hal etilmaganligi bizning mamlakatimiz sharoitida ham tasdiqlandi. Mazkur holat tibbiyot muassasalarida psixologik xizmatni yо‘lga qо‘yishning aniq yо‘nalishini belgilash va dasturini yaratish zaruratini tug‘diradi. Buning uchun esa birinchi navbatda klinik-psixologik tadqiqotlar yordamida surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarda kasallik sharoitida yuz beradigan psixologik о‘zgarishlarni aniqlash va psixologik xizmat kо‘rsatish zaruratini asoslash lozim, deb hisoblaymiz.
О‘tkazilgan tadqiqot yuzasidan quyidagi amaliy tavsiyalar berishimiz mumkin: sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmat faoliyatini olib boruvchi psixolog-mutaxassis bemorlar bilan ish olib borishi uchun maxsus tayyorgarlikdan о‘tishi maqsadga muvofiqdir. Ya’ni psixolog-mutaxassisdan bemorlarga tolerantlik, empatiya, kommunikativ kompetentlik kabi xususiyatlarga ega bо‘lish taqozo etiladi. Bunga tibbiyot о‘quv muassasalari va psixolog-mutaxassislar tayyorlovchi universitetlar sharoitida malaka oshirish hamda qayta tayyorlash kurslarini yо‘lga qо‘yib erishish mumkin; aholi о‘rtasida tibbiy-psixologik bilimlarni targ‘ib qilish ham fikrimizcha, tibbiyot sohasida psixologik xizmatni yо‘lga qо‘yishning tarkibiy qismlaridan biridir. U yoki bu kasallikka chalingan bemorlar kasallik sharoitida psixologik holat о‘zgarishlari xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bо‘lishlari о‘z vaqtida psixolog-mutaxassisga murojaat qilishlarini ta’minlaydi.

Yüklə 277,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə