O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari



Yüklə 277,21 Kb.
səhifə13/35
tarix19.03.2023
ölçüsü277,21 Kb.
#102820
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Тиббий муассасаларда психологик хизмат ЎУ мажмуа 2020 2023

Adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони. // Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2017. – Б. 39.

  2. Аскарова Н.А., Намозов М.Х. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ СОЗДАНИЕ ПОЛОЖИТЕЛЬНЫХ ВЗАИМООТНОШЕНИЙ МЕЖДУ ВРАЧОМ И БОЛЬНЫМ //Сборники конференций НИЦ Социосфера. – Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro, 2016. – №. 7. – С. 42-43.

  3. Ахмедова М.Т. INFORMATION SECURITY IN INTERNAL AND EXTERNAL POLICY OF THE STATE //ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2020. – №. SPECIAL 2.

  4. Баротов Ш.Р. Ўзбекистонда психологик хизмат асослари. – Тошкент, 2006.


7-Mavzu: Turli xil soxalarda psixologik xizmat. Telefonda shoshilinch psixologik xizmat ko`rsatish
Reja:

  1. Telefon orqali o’tkaziladigan psixologik maslahat

  2. Telefon orqali konsultatsiya e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlar

Tayanch tushunchalar: addiksiya, qaramliklar, empatiya, psixologik yordam.
Psixologik konsultatsiyada shunday holatlar yuzaga kelishi mumkinki, psixolog mijoz bilan telefon orqali maslahat berishiga to’g’ri kelishi mumkin. Bunday vaziyatlar qachon qanday hollarda sodir bo’lishi mumkin, ana shunday vaqtda psixolog ko’proq nimalarga ahamiyat qaratishi lozimligi haqida quyida ko’rib chiqamiz.
Amaliy psixolog faoliyatida:

  • Paysalga solish mumkin bo’lmagan masalani yechimini topish uchun

(xususan, patsientda suitsidga moyillik bor bo’lsa);

  • Mijozning oilaviy yoki shaxsiy hayotida kutilmagan inqirozli holatlar vujudga kelganda;

  • Patsient salomatligi bilan bog’liq yoki boshqa biror jiddiy sabab tufayli bevosita konsultatsiya o’tkazishga imkon bo’lmagan holatlarda telefon orqali psixologik yordam ko’rsatishga ruxsat etiladi.

Psixolog konsultant telefon orqali psixologik maslahat o’tkazishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi talab etiladi:

  1. Cheklanishlar mavjudligini yodda tutish. Yana ham aniqroq aytganda, telefon orqali suhbat vaqtini chegaralay olishi darkor.

  2. Maslahatni taskin berishdan boshlash. Ma’lumki, telefon orqali maslahatga ehtiyoj sezgan mijoz hayotida haqiqatan ham jiddiy muammolar bo’lishi aniq. Shuning uchun ham psixologning birinchi bajaradigan vazifasi unga suhbatning boshidan empatiya hissini bildirib, yetarli darajada taskin berishi muhim.

  3. Suhbat jarayonida mijozga taskin berganidan so’ng kutib bo’lmaydigan holat yuzasidan qaror qabul qilishi uchun tezkor tarzda psixologik mazmundagi axborot taqdim etishi lozim. Ya’ni psixolog mijozning ayni vaqtdagi muammosini hal qilish uchun qaror qabul qilishida asqotadigan psixologik mazmundagi axborotlarni to’g’ri tanlab taqdim etishi katta ahamiyatga ega.

  4. Telefon orqali konsultatsiyada psixologning asosiy quroli bu uning ovozi bo’ladi. Shunday ekan, psixolog ovoz toni yordamida mijozning xotirjam qila olish olishi, unga zaruriy axborotlarni yetkaza olishi zarur bo’ladi.

  5. Suhbat maromida bo’lishi lozim. Ochiqroq aytganda, konsultatsiya jarayonida psixolog tomnidan o’rinli pauzalar bo’lishi kerak. Chunki ushbu pauzalar muammoni aniqlashtirib olish hamda mijozga vaziyatning murakkab jihatlarini mustaqil o’ylab olishga ko’mak beradi.

  6. Telefon orqali tashkil etilayotgan konsultatsiyani to’g’ri yo’sinda boshlash uchun salomlashishdan so’ng bir necha daqiqa davoida mijozning muammosining umumiy mohiyatiga aniqlik kiritib olishi maqsadga muvofiqdir.

Buning uchun psixolog quyidagi jihatlarni taklif etishi lozim:

  1. O’zini tanishtirish, o’zi haqida so’zlab berish;

  2. Nima uchun telefon orqali konsultatsiyaga ehtiyoj sezganini izohlab berishi so’rash;

  3. Mijozning ayni damdagi holat va kechinmalari haqida gapirib

berishini iltimos qilish;
Yuqorida savol ostida turgan tomonlarga e’tibor qaratish orqali telefor orqali bo’ladigan psixologik konsultatsiyaning umumiy ko’rinishi hamda qanday o’tkazish haqida yetarli ma’lumotga ega bo’ladi.

  1. Qaror qabul qilishni taklif etish. Telefon orqali bo’lgan psixologik maslahatning kulminatsion nuqtasi ham shu qism sanaladi. Ya’ni psixologik yordam ko’rsatgan amaliy psixolog joriy faoliyatining samarasini shu orqali bilishi mumkin. Psixolog mijozga taskin, kerakli psixologik axborotlarni berganidan so’ng uni muammosi yuzasidan mustaqil qaror qabul qila olishiga erishishi shart.

  2. Telefon orqali konultatsiya so’ngida psixolog, albatta mijozni yuzma yuz o’tkaziladigan psixologik maslahatga taklif etishi lozim.

  3. Psixologik konsultatsiya cho’zib yubormaslik muhim. Chunki uzoq vaqtli konsultatsiya, birinchidan, mijoz hamda psixologni toliqtirsa, ikkinchidan, uning samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Umuman, psixologik maslahat jarayonida mijozni diqqat bilan tinglash, qo’llab quvvatlash, nutqida “men sizni tushunyapman”, “ha, shunday” kabi ta’kidlardan tez-tez foydalanishi kerak.



Yüklə 277,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə