O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

"mashina tarjimasi"

"mashina tilshunosligi"
atamalari qo’llanila boshlandi.
1
Bu asrning buyuk 
1
Grishman R.
Computational linguistics. Cambridge University Press, 1994. – P. 4. 



kashfiyoti bo’lgan kompyuter texnologiyalari tilshunoslikka ham kirib kelganining 
isboti edi.
2
Mashina tarjimasi yoki avtomatik tarjima deyilganda bir tildagi matnni 
ikkinchi bir tilga EHM (kompyuter) vositasida, tez vaqt ichida tarjima qilish 
nazarda tutiladi. Mashina tarjimasining asoschilari kibernetika va matematika 
sohasi vakillari bo’lib, keyinchalik bu ishda tilshunoslar ham faol qatnasha 
boshlagan. Shu tariqa mashina tarjimasi g’oyalari butun dunyoda nazariy va amaliy 
tilshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Bu yo’nalish bilan parallel 
ravishda formal grammatika nazariyasi yuzaga kelib, til va uning alohida aspektlari 
modelini yaratishga e'tibor qaratildi. Tilning bu jihatlari matematik lingvistika 
fanida ishlab chiqilib, bu o’z navbatida, kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga 
kelishi uchun poydevor bo’ldi. Demak, shu asosda tilshunoslikning yangi 
yo’nalishi bo’lgan kompyuter lingvistikasi va tilshunoslikning bir qator nazariy va 
amaliy yo’nalishlari vujudga keldi. 
Matematik lingvistika fani XX asrning 50-yillarida (1952 yilda) 
tilshunoslikning alohida yo’nalishi sifatida yuzaga keldi. Bu fanning shakllanishida 
Kopengagen struktural tilshunoslik maktabi (glossematika)ning asoschisi Lui 
Yelmslevning g’oyalari o’ziga xos „turtki“ vazifasini o’tagan. U hatto til 
hosidalarini matematik bayonda tushuntiradigan fanning nomini ham taklif etgan. 
Olimning fikricha, bu fan „
Til algebrasi
“ (
„Lingvistik algebra“
) deb atalishi 
lozim edi.
3
Amerikalik tilshunos Noam Chomskiyning formal grammatika
transformatsion grammatika haqiagi qarashlari bevosita matematik lingvistikaning 
alohida yo’nalish sifatida yuzaga kelishiga sabab bo’lgan.
4
Mana shunday 
qarashlar ta’sirida matematik lingvistika fani shakllandi. Matematik lingvistika bu 
– tabiiy tillarning matematik modellarini (bunday formallashgan til 
metatil
deb 
ataladi) ishlab chiqish, xususan, sun’iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan 
shug’ullanuvchi fandir. Matematik lingvistika oldida turuvchi eng muhim 
masalalar quyidagilardir: 
-
tilning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish; 
-
formal grammatika yaratish; 
-
tillarning matematik modellarini ishlab chiqish. 
Har bir fanning o’z maqsad va vazifalari bo’ladi. Matematik lingvistika
fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir. 
Ushbu maqsadga erishish uchun fan o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: 
-
tabiiy va sun’iy tillarning formal modellari algoritmini ishlab chiqish; 
-
lisoniy hodisalarni matematik parametrlarda baholash; 
2

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə