O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Kurzweil R.
The Singularity Is Near. - N. Y.: Viking, 2005. – P. 3.


123 
Test natijasida A.Tyuring shunday xulosaga keladi: “
Mashina (kompyuter) 
kelajakda 10 gegabaytli xotira bilan insonni 5 minut ichida 30 %ga chalg’itishi 
mumkin bo’ladi”
.
98
Avtomatlashtirilgan ekspert tizimlar mantiqiy masalalarni kompyuter 
yordamida yechishga imkon beradi. Mazkur tizimlar ma’lum sohadagi bilimlar 
majmuiga asoslangan implikativ qoidalar – “agar … sa, u holda …” qolipidagi 
mantiqiy qoidalarni o’z ichiga oladi. Masalan, 
MYCIN
ekspert tizimi 
shifokorlarga qon tarkibidagi bir qancha bakterial infeksiyalarga tashxis qo’yishda 
va ularga mos davolash metodini tanlashda yordam beradi. 
MYCIN 
tizimining 
kompyuter dasturi dastlab simptomlar asosida kasalning holati haqida fikr yuritadi, 
so’ng mikroorganizmning kasallik qo’zg’otish tabiatiga mos keluvchi tashxisni 
aniqlaydi, bundan so’ng infeksiya sababini aniqlab, bir yoki bir nechta muqobil 
davolash usullarini tavsiya qiladi. 
Tabiiy tilda kompyuter bilan muloqot qilishni ta’minlashga yordam 
beradigan dasturlar (
lingvistik protsessorlar
) ham yaratilmoqda. XX asrning 70-
yillarida AQSHda kompyuter bilan cheklangan muloqotni ta’minlaydigan tabiiy 
tilli interfeys tizimi (
LIFER
– Language Interface Facility with Ellipsis and 
Recursion) yaratildi. 1985 yilda “Semantek” korporatsiyasi tomonidan 
Q&A
dasturi, “Karnegi gruppa” kompaniyasi tomonidan 
Language Craft
dasturiy 
ta’minoti ishlab chiqildi.
99
Bu turdagi dasturlar hozirda ingliz tilining 
standartlasgan so’zlashuv uslubida uncha katta bo’lmagan lu’g’at zahirasi bilan 
ishlamoqda. Tabiiy tilni tushunishga imkon beruvchi dasturlarning qamrovini 
kengaytirish kompyuter lingvistikasining dolzarb vazifalaridan biridir. Bunday 
dasturlarni rivojlantirish inson kabi muloqot qila oladigan, erkin 
kommunikatsiyaga kirisha oladigan sun’iy intellekt g’oyasining istiqbolini 
belgilaydi.
Sun’iy intellekt yo’nalishidagi tadqiqotlar sirasiga “ekspert tizimlar” yoki 
“neyron tarmoqlar” bo’yicha olib borilgan amaliy tadqiqotlar ham kiradi. Mazkur 
ikki yo’nalishga nisbatan “kompyuter intellekti” (“computer intelligence”) termini 
ishlatilmoqda, bunda inson tafakkurini global modellashtirish jarayoni hamda 
murakkab masalalarni operativ tarzda yechishga mo’ljallangan avtomatlarning 
yaratilishi tushuniladi. 
Sun’iy intellekt tizimi bo’yicha izlanayotgan mutaxassislar inson tafakkuri, 
ong-u shuurining barcha qirralarini modellshtirish masalasi imkonsiz 
qolayotganligini ta’kidlamoqdalar. Mazkur jihatlar sirasiga insonning ichki 
dunyosi, intuitsiyasi, ongosti jarayonlari, ilhom kabi sirli fenomenlarni aytish 
mumkin. 
98

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə