O’zbek notiqlik san’ati tarixidan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2M1800-20 guruh talabasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/10
tarix12.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#105165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’ZBEK NOTIQLIK SAN’ATI TARIXIDAN

Abu Ali ibn Sino (980-1037).

  • O’rta asr Sharqining buyuk allomalari orasida mashhur tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino alohida o’rin tutadi. Uning turli sohalar bilan birga ta`lim – tarbiya, axloq va nutq haqida ham fikrlari mavjudki, ular bilan yaqindan tanishish notiqlik san`atini mukammal o’rganishga yordam beradi. Yaxshi do’st qaysi yo’l bilan axloqiy kamchiliklarni tuzatishda boshqalarga yordam berishi mumkinligi masalasiga ibn Sino alohida e`tibor beradi va notiq quyidagilarga amal qilishi lozim deb biladi:
  • Nasihat (Nutq - B.O’ va A.S) qo’pol ohangda berilishi kerak emas.
  • Suhbatdoshning ilm darajasini hisobga olish zarur.
  • Nasihatga (va`zxonlikka) ko’p berilmaslik kerak, uni o’rtoqlik suhbati tarzida olib borish kerak.

Unsurulmaoliy Kaykovus

  • Unsurulmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy qirg`og`ida yashagan Gilon qabilasidandir. U 412 - hijriy, 1021-1022 - milodiy yilida mayda feodal oilasida tug`ildi. «Qobusnoma»ni 475-hijriy, 1082-1083 milodiy yilida yaratdi. Bu haqda Kaykovus asarida: «Sana 475 da boshladim» - deb ma`lumot beradi. Bu davrda Kaykovus 63 yoshda bo’lib, anchagina keksayib qolgan edi, u o’g`liga: «Pisaram, man pir shudam» - deb o’zining qariganligidan ma`lumot beradi va o’z asari «Qobusnoma»ni o’g`liga bag`ishlaydi.
  • «Qobusnoma» 44 bobdan iborat bo’lib, bulardan to’rt bobi diniy xarakterdadir, qolgan 40 bobi hayotiy voqealarni ifoda etadi.
  • Kaykovus o’z asarida yoshlarning xulq - atvoriga alohida e`tibor berdi. Ularga insonparvar bo’lishni, xalqqa shirin muomala qilishni ta`kidladi. Shuningdek, do’st va dushmanga qanday munosabatda bo’lish kabi masalalarni ham asarida yoritdi.

Abu Rayhon Beruniy.

  • Dunyo madaniyati va ma`naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, fan tarixida juda katta iz qoldirgan qomusiy olimlarimizdan yana biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniydir. Abu Rayhon Beruniy, U.I.Karimovning ta`kidlashicha, milodiy 973 – yilning 4 - sentyabrida (hijriy 362-yil zulhijja oyining 2 - kunida) Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyatda tavallud topdi. 1009-1017 - yillarda Xorazmshoh Abu-l-Abbos Ma`mun ibn Ma`mun saroyida xizmat qilib, katta obro’ - e`tibor qozongan. 1017 yilda Mahmud G`aznaviy Xorazmni bosib olgandan so’ng Xorazmdagi bir qancha olimlar qatori Beruniy ham G`aznaga yo’l olishga majbur bo’ldi va umrining oxiriga qadar shu yerda ijod qildi.
  • U o’z davridagi barcha fan sohalari bo’yicha qalam tebratib, 150 dan ortiq asar qoldirdi. Bizgacha etib kelgan asarlari orasida «Xronologiya», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Mas`ud qonuni» hamda «Saydana» nomi bilan mashhur bo’lgan «Kitob as-saydana fi-t-tibb» asarlari tadqiqotchilar tomonidan maxsus o’rganildi va arab, rus, ingliz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilinib, nashr etildi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə