O’zbek notiqlik san’ati tarixidan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2M1800-20 guruh talabasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə6/10
tarix12.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#105165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’ZBEK NOTIQLIK SAN’ATI TARIXIDAN

Mahmud Koshg`ariy

  • Tilshunoslik tarixida Mahmud Koshg`ariy salmoqli o’rin egallaydi. U tilshunoslikning juda ko’p sohalari bo’yicha qalam tebratdi. Qiyosiy - tarixiy tilshunoslikning otasi, fonetist - fonolog, leksikolog, leksikograf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining asoschisi sanaladi.
  • S.Mutalibov ta`kidlaganidek, Mahmud Koshg`ariy yaratgan «Devonu lug`otit turk» asari faqat o’sha davr uchungina katta voqea bo’lib qolmay, bugungi turkologiya fani uchun ham o’z qimmatini saqlab kelmoqda. U haqli ravishda turkologiya fanining asoschisi hisoblanadi.
  • Mahmud Koshg`ariyning hayoti haqida juda oz ma`lumotga egamiz. Uning to’liq ismi Mahmud Ibn-ul Husayn Ibn Muhammad-al-Koshg`ariydir. Mahmud Koshg`ariyning tug`ilgan yili aniq emas. Lekin «Devon»ning oxirida bu «kitob umrini oxiriga etkazganini» quyidagi misralarda bayon qiladi:
  • «Kuchandi bilagim, eg`udi tilagim,
  • Tilindi bilagim, tegrab angar jartilur».

Lug`at yozilganda muallifning keksayib qolganligini hisobga olsak, u XI asr boshlarida tug`ilgan deb hisoblash mumkin.

  • Lug`at yozilganda muallifning keksayib qolganligini hisobga olsak, u XI asr boshlarida tug`ilgan deb hisoblash mumkin.
  • Mahmud Koshg`ariyning turkiy tillarga bag`ishlangan ikkita asar yozganligi ma`lum. Ulardan biri «Javohirun nahv fil lug`atit turk» («Turkiy tillarning (sintaksisi) javohirlari» deb, ikkinchisi esa «Devonu lug`atit turk» («Turkiy so’zlar to’plami») deb ataladi.
  • Uning semasiologiya sohasidagi fikrlari ham juda qimmatli. U so’zlarning ma`nolarini izohlabgina qolmay, ma`no o’zgarishlari yuzasidan ham nozik kuzatishlar olib borganligi ma`lum. Ma`noning kengayishi, torayishi va ma`no ko’chish usullari bilan birga so’zlardagi omonimiya va sinonimiya hodisalari ham asarda tilga olinadi.
  • Mahmud Koshg`ariyning boshqa tillardan so’z olish masalasidagi pozitsiyasi uni bizning davrimizga yaqinlashtiradi. Chunki Mahmud Koshg`ariy turmushda ishlatiladigan asbob va boshqa narsalar, kiyimlar, ovqatlar, dorilar nomlari sifatida kirgan chet so’zlarni zarur va foydali deb hisoblagan, bunday so’zlarni o’z asariga kiritgan. Ammo ona tilida mavjud bo’lgan so’zlar o’rnida chet so’zlardan foydalanishni zararli deb hisoblagan. Masalan, o’g`uzlarning qumg`on so’zi o’rnida forscha oftoba so’zini ishlatishlarini u tanqid qiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə