O’zbek notiqlik san’ati tarixidan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2M1800-20 guruh talabasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/10
tarix12.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#105165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’ZBEK NOTIQLIK SAN’ATI TARIXIDAN

Kvintiliаn

  • Rim nоtiqlik sаn’аtining buyuk nаzаriyotchilаridаn biri Kvintiliаndir. Mаrk Fаbiy Kvintiliаn nоtiqlik sаn’аtidа yirik nоtiq vа nаzаriyotchi sifаtidа shuhrаt qоzоngаn. Uning «Nоtiq bilimi hаqidа» nоmli аsаri mаvjuddir. Kvintiliаn Sitsеrоn vа bоshqа Rim nоtiqlаri fikrigа qo‘shilgаn hоldа, hаmmа nоtiq birinchi nаvbаtdа bilimli bo‘lishi lоzimligini аytаdi. Shuningdеk, u nоtiq ахlоqiy оlijаnоb bo‘lishi lоzim, busiz hеch qаchоn hаqiqiy nоtiq dаrаjаsigа ko‘tаrilа оlmаydi, dеb bilаdi.
  • Kvintiliаn Rimdаgi nоtiqlik mаktаbining аsоschisi hisоblаnаdi. Ungаchа nоtiqlik bilimini bеrish хususiy mаktаblаrdа аmаlgа оshirilgаn.
  • Umumаn qаdimgi Yunonistоn vа Rimning nоtiqlik sаn’аti tаjribаlаri o‘rtа аsr vа kеyingi dаvr nоtiqlаrining vujudgа kеlishidа muhim rоl o‘ynаydi.
  • O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, IX-XV asrlarda dunyo madaniyati taraqqiyotining eng oldingi, yetakchi saflarida turish darajasiga ko‘tarila oldi. O‘rta asr fani, madaniyati Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Koshg‘ariy, Jomiy, Navoiy, Bobur kabi ulug‘ siymolarning nomlari bilan xarakterlanadi.
  • Bu mutafakkir, shoir, san’atkorlar yashagan davr Sharq tarixida Uyg‘onish davri deb ataldi. Bu davrda madaniyat, san’at, ilm - fan ravnaq topdi. Fan va madaniyat targ‘ibotchilari - voizlar yetishib chiqdi. Voizlikni qadrlovchi fikrlar vujudga keldi.

Abu Nasr Forobiy

  • Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug` ibn Tarxon Forobiy 872-873 - yillarda (260 hijriy yilida) Aris suvi Sirdaryoga quyiladigan erdagi Forob degan joyda tug`ilgan. XIII - XIV asr tarixchilarining guvohlik berishicha Forob Shoshning (Toshkentning) shimolrog`ida joylashgan. Shuningdek, manbalarda Forob yaqinidagi Sutkant shahri haqida ham ma`lumotlar uchraydi.1
  • Abu Nasr Forobiy ham IX - X asrlarda – iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar kuchaygan bir davrda yashab ijod etdi. U ilmning turli sohalarini mukammal bilgan va ular haqida mustaqil fikrlar bayon qilgan buyuk allomadir. Nutq va aql tarbiyasiga oid ilmlar to’g`risida Forobiy qimmatli fikrlar aytgan.
  • Forobiyning aytishicha, mantiq shunday bir san`atki, kishi notiqlikdan adashib qoladigan bo’lsa, to’g`ri fikrlashga olib keluvchi va aql yordamida biror xulosa chiqariladigan bo’lsa, xatolarning oldini oluvchi narsalarni o’z ichiga oladi. Uning aqlga munosabati grammatika san`atining tilga munosabati kabidir.
  • 1 M.M.Xayrullaev. Forobiy. -T.: 1991. 3-bet.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə