O’zbek notiqlik san’ati tarixidan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2M1800-20 guruh talabasi


Zamahshariy hikmatlaridan namunalar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə8/10
tarix12.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#105165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’ZBEK NOTIQLIK SAN’ATI TARIXIDAN

Zamahshariy hikmatlaridan namunalar:

  • -- Agar tilingning ortiqcha so’zlashiga ega bo’la olmasang, unda tizgining jilovini shaytonga topshirgan bo’lasan.
  • -- Men ro’zadorman deysan-u, ammo o’zing bo’lsa birodaring go’shtini eysan, (g`iybatlar va xo’rliklardan so’zlaysan).
  • -- Tilingdan chiqqan sadaqa (ya`ni pandu nasihating va mav`izayu hasanang) ba`zan qo’lingdan (mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan ko’ra xayrliroqdir.
  • -- Ko’p so’z-iboralar borki, odamlarga ular fasohatli ko’rinsa-da, Alloh nazdida ular nomaqbuldir – so’zlovchini ham, eshituvchini ham mulzam qilur.
  • -- Ko’p ortiqcha so’zlashuv eshituvchini ranjitar.
  • -- Vijdon azobiyu ta`nadan to’g`ri bo’lmagan odamni (kimsani) ta`lim-tarbiya va qiynash ham to’g`rilashi amrimahol.
  • -- Tiliyu dili to’g`ri va haqgo’y bo’lgan odamning xatoyu nuqsoni kam bo’lur.
  • O’z va`dasida turmaganda turli-tuman vaj karsonlar ko’rsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson bo’lolmaydi.

Yusuf Xos Hojib.

  • Yusuf Xos Hojib XI asrning atoqli shoiri, donishmandi va davlat arbobidir. Uning hayoti va faoliyati haqida ma`lumot beruvchi yagona manba uning «Qutadg`u bilig» («Saodatga yo’llovchi bilim») dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462- (milodiy 1069-70) yilda yozilgan. Muallif dostonning muqaddimasida yoshi ellikdan oshganini ta`kidlaydi. Shunga qarab Yusuf Xos Hojib XI asrning 20 – yillari arafasida tug`ilgan, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani – Balasog`un (Quz o’rda) XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq hamda madaniy markazlari-dan biri edi. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo’lgan edi.
  • «Qutadg`u bilig»ning uch qo’lyozma nusxasi ma`lum. Bu nusxalar «Vena» (yoki «Hirot»), «Qohira» va «Namangan» nusxalari deb yuritiladi. Birinchi nusxasi XIX asrning 20 yillarida Istambulda topildi. – Hirot nusxasi. Ikkinchi qo’lyozma nusxasi 1896 yilda Qohirada topildi. – Qohira nushasi, 1913 yilda Namanganda topildi – Namangan nusxasi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə