O’zbeкiston res



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə20/81
tarix02.08.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#120245
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
ishlab chiqarishning metrologik asoslari

1-postulat - o’lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir.

2-postulat - kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin emas.

3-postulat -o’lchash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir.

Endi aytishimiz mumkinki, o’lchanayotgan kattalikning uchta qiymati bo’lar ekan:


1.Chinakam qiymat (uni aniqlash imkoni mavjud emas); 2.Haqiqiy qiymat (chinakam qiymatga yaqin); 3.Olingan qiymat (tajribadan olingan qiymat).
Tabiiyki, hakiqiy qiymatni qaerdan olamiz degan savol tug’ilishi mumkin. Yuqorida keltirgan misolimiz bo’yicha, olmani savdo do’koni tarozisida bir necha marta takroriy o’lchab, natijalarning o’rtacha qiymatini olsak, shu haqiqiy qiymat deb olinishi mumkin.

2.2. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining metrologiya togrisidagi qarorlari

Respublikamizda yuqori davlat hokimiyati dalolatnomalari bo’lib Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan qonunlar hisoblanadi. Respublikamizning asosiy qonuni – O’zbekiston Respublikasi Кonstitusiyasidir. Alohida sohalarda qonunlar majmuasi kodekslar deb nomlanadi. Mehnat haqida qonunlar kodeksi, jinoyat kodeksi va



30
boshqalar. Qonuniy metrologiyaning asosiy dalolatnomalaridan biri bo’lib sifatsiz, standartlarga yoki texnikaviy shartlarga nomuvofiq mahsulotni qayta–qayta yoki katta o’lchamda ishlab chiqarish uchun jinoiy jazoni ko’zda tutuvchi jinoyat kodeksining muvofiq moddasi hisoblanadi.
Metrologiya bo’yicha qonuniy dalolatnomalar bo’lib hukumat qarorlari hisoblanadi. Ulardan birinchisi 1918 yilda “O’lchovlar va og’irliklar xalqaro metrik tizimini joriy etish haqida”gi dekret bo’lgan. 14.01.1941 yilda “Davlat qiyoslashi va tamg’alanishi majburiy bo’lgan tekshirish o’lchash asboblari va o’lchovlar haqida”gi qaror chiqdi. 1983 yilda qonuniy metrologiya sohasida hukumatning “Mamlakatda o’lchashlar birliligini ta’minlash haqida”gi eng muhim qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 29 aprelda 211 – sonli “O’zbekiston Respublikasi standartlar, metrologik qoidalar va o’lchash vositalari ustidan davlat nazorati haqidagi qonunni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorni nashr qildi, bunda O’zbekiston respublikasida standartlar va o’lchash vositalari ustidan davlat nazoratining asosiy vazifasi, mahkamaviy bo’ysinuvi va mulk shaklidan qat’i nazar vazirliklar, idoralar, korxonalar va turli tashkilotlar bilan ta’minlash ekanligini ko’zda tutadi.
1993 yil 2 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O’zbekiston respublikasida standartlash bo’yicha ishlarni tashkil qilish haqida”gi 93-sonli qaror qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan, respublikada standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratishning asoslari qurildi.
Shu munosabat bilan sobiq Davstandartning respublika hududida joylashgan tashkilotlari bazasida O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi (O’zdavstandart) tashkil qilindi.
Bu qarorda respublika hududida standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablarni aniqlovchi me’yoriy hujjatlar toifasi oldindan kelishib olindi, shuningdek O’zbekiston respublikasi standartlashtirish davlat tizimining asosiy prinsiplari va O’zbekiston davlat

31
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi haqidagi qonun tasdiqlandi.


1993 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan respublikada metrologiya bo’yicha faoliyat Davlat boshqaruvini tartibga soluvchi “Metrologiya to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
2002 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishni takomillashtirish bo’yicha choralar haqida”gi 342-sonli qaror qabul qilindi. Bu qarorda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi (O’zdavstandart)ni O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi)ga aylantirish qaror qilindi.


Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə