O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


-mavzu. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə20/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
Majmua-2023 tarix

2-mavzu. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari

Reja:


  1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv.
  2. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va So‘g‘d (So‘g‘diyona)va qadimgi Farg‘ona davlatlaridagi ijtimoiy-iqtisodi va madaniy hayot.


  3. Eron Ahamoniylari va Yunon Makedon qo‘shinlarining O‘rta Osiyoga hujumi va ularga qarshi milliy ozodlik kurashlari
  4. O‘rta Osiyoda antik davr va ilk yer egaligi davlatlari.


Tayanch iboralar

Paleolit, mezolit, neolit, Avesto, Qadimgi Xorazm, To‘maris, Shiroq, ilk yer egaligi, Kushon, Eron Ahamoniylari, Yunon Makedon.


Adabiyotlar ro‘yxati


  1. Rtveladze E.V. Velikiy shelkovy put. -T., 1999.

  2. Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T., 2015

  3. Axmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. (Qadimgi davr va o‘rta asrlar) T., 2001.

  4. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. T., 1991.

  5. Muhammadjonov A. Qadimgi Toshkent. T., 2002.

  6. Sagdulayev A.S. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda. -T., 1996.

  7. O‘zbekiston xalqlari tarixi. (akademik A.Asqarov tahriri ostida). qism. T., 1992.

  8. Buryakov Yu. F. Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa. Tashkent., 1982.

  9. Eshov B. J. Qadimgi O‘rta Osiyo shaharlari tarixi. (Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma). T., 2006.

  10. O‘zbekiston tarixi.«Darslik».//Mas’ul muharrirt.f.d R.X. Murtazayeva. T., 2005 y.

  11. Usmonov Q, Sodiqov M, Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. O‘quv qo‘llanma. T.: «Meros», 2002.

  12. Usmonov Q, Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. «Darslik». T., 2006

  1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv.

Miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlari va I ming yillikning boshlarida ajdodlarimiz temirni ishlatishni, undan qurol-yarog‘lar tayorlashni o‘zlashtirganlar. Shu tarzda mexnat qurollarining takomillashishi ham mintaqada davlatchilikning shakllanishiga turtki bo‘lgan muhim omillardan edi. Bu esa o‘z navbatida inson faoliyatining muhim mahsuli bo‘lib, bu holat jamiyatning barcha sohalarida iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy sohalar rivojiga turtki bo‘lgan.
Umuman bu davrda aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi va ularning bir yerga to‘planishi uchun zamin yaratdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi o‘z navbatida mahsulot hajmining o‘sishiga, qo‘shimcha mahsulot paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Demak, qadimgi xo‘jaliklarning ixtisoslashuvi, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o‘zaro ayirboshlash va savdo-sotiq taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblangan.
Ko‘pchilik tadqiqotlardan bizga ma’lumki, ilk shaharlar davlatchilik paydo bo‘lishining muhim va asosiy belgisi hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar mil.avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlari Qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilik ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlaganidan dalolat beradi. Ktesiy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mil.avv. II ming yillikning dastlabki asrlarida Baqtriya qudratli podsholik bo‘lib, mintaqada hukmronlik mavqeini qo‘lga kiritish maqsadida Midiya va Ossuriya o‘rtasidagi urushlarda ishtirok etgan.
Davlatchilik paydo bo‘lishining muhim belgilaridan yana biri jamiyatning ijtimoiy tabaqalarga bo‘linishi hisoblanadi. Ko‘pchilik manbalardan bizga ma’lumki, Avesto jamiyati quyidagi to‘rtta tabaqaga bo‘lingan: 1) qohinlar, 2) harbiylar, 3) dehqon-chorvadorlar, 4) hunarmandlar. Jamiyatning bunday tabaqalashuvi qadimgi, ya’ni, zardushtiylikkacha bo‘lgan a’analarni ham aks ettiradi. Bu an’analar ayrim o‘zgarishlar bilan ko‘p asrlar, Avestodan keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan.
Dastlabki ikki tabaqa ancha imtiyozlarga ega bo‘lib, jamiyatni boshqarganlar. Ayniqsa, qohinlar juda yuqori mavqeda turganlar. Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib etish jarayonida podsho Vishtaspning eng yaqin odami va maslahatchisiga aylanadi. O‘sha davrdagi jamiyatning har bir bo‘lagi - uy, qishloq, voha va viloyat - o‘lka ma’lum unvoni bo‘lgan o‘z diniy yo‘lboshchisiga ega bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, davlatning bosh qohini
«zaratushtrotem» unvoniga ega bo‘lgan. Undan tashqari «zautara» (diniy qo‘shiqlar ijrochisi), «aturpat» (olov bosh qohini), «xirpat» (ibodatxona va diniy tadbirlar boshlig‘i) kabi diniy unvonlar ham mavjud bo‘lgan. Jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchilari va moddiy yaratuvchilari dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlar edilar. Avestoda qullar ham bir necha bor eslatib o‘tiladi. Ular tabaqalarga kirmagan va jamiyat hayotida unchalik katta rol o‘ynamaganlar.
Mil. av. bir minginchi yillarning boshlarida ajdodlarimiz temirdan mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar, bezakli buyumlar yasashni o‘zlashtiradilar va temirdan foydalanish keng tarqaladi. Odamlar hayotida temir davri boshlanadi. Temirdan yasalgan omoch, ketmon, belkurak va boshqa mehnat qurollari oila yumushini yengillashtirgan, ular bilan ancha keng maydonlarni haydash, to‘g‘onlar qurish, kanal va ariqlar qazib suv chiqarish imkoni paydo bo‘lgan. Bu dehqonchilikning yuksalishiga olib kelgan.Temirning kashf etilishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog‘onaga ko‘taradi. Temirdan qattiq va o‘tkir pichoqlar, o‘roqlar yasalishi mehnat umumdorligini oshirishga yordam bergan.


  1. Yüklə 0,51 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə