O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə57/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Vazifalar:

  • G‘” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

  • G‘” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish.

  • G‘” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishga o‘rgatish.



Kutilayotgan natijalar:

  • G‘” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishni bilib oladilar

Kerakli jihozlar:

  • G‘” tovushi bor suratlar

  • Nuqta- chiziqchalar bilan tasvirlangan tasvir

  • Mashg‘ulotning borishi:

Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “G‘” tovushi bilan tanishamiz.
G‘ayrat so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: G‘ayrat men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: G‘-g‘-g‘a-y-rat, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: G‘a-a-a-y-rat 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: G‘ay-y-y-rat 3- to‘rtburchak chiziladi: — G‘ayrat so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“G‘” tovushi) Bugun siz “G‘” tovushi bilan tanishasiz. “G‘” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi. Tarbiyachi endi men “G‘” tovushini talaffuz qilaman, siz qaysi nutq organlari qatnashayotganini aytasiz: (Til, qatnashyapti) “G‘” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q)
- “G‘” tovushi qanday tovush?
- Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
Demak, “G‘” undosh tovush ekan. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
G‘” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “G‘” tovushining so‘z boshida (g‘oz, g‘or, g‘alla, g‘alaba), o‘rtasida (Marg‘ion, bog‘bon) oxirida (tog‘, bog‘, ) kelishi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “G‘” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish kabi tushunchalar beriladi.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə