O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


XULOSA……………………………………………………………………………….27



Yüklə 108,07 Kb.
səhifə2/12
tarix22.12.2023
ölçüsü108,07 Kb.
#154217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GRAMMATIKA, IMLO VA NUTQ O‘STIRISH DARSLARIDA KO‘RGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISH

XULOSA……………………………………………………………………………….27
FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATI……………………………………29


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarga innovatsion, ilg‘or usullar va metodlarni qo‘llab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta’lim berish hamda o‘quvchilarning ta’limdagi sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6- apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar o‘quvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga zamin hozirlaydi.
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” vazifasi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarining mustaqil fikrlash salohiyatini kengaytirish tub islohotlar zamirida rivojlanayotgan davlatimizda faol, izlanuvchan va zamon bilan hamnafas bo‘lishni taqozo etadi. Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fikrlash, fikrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiynazariy tomoni lug‘atlarda, darslik va o‘quv va metodik qo‘llanmalarda izoh berib, atroflicha yoritilgan.
Forobiyning fikricha, qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, ya’ni substansiya va aksidensiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchisi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilinmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to‘g‘ri va nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”.

Yüklə 108,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə