O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Ko`rgazmali qurollardan foydalanishning turlari va vazifalari



Yüklə 108,07 Kb.
səhifə5/12
tarix22.12.2023
ölçüsü108,07 Kb.
#154217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GRAMMATIKA, IMLO VA NUTQ O‘STIRISH DARSLARIDA KO‘RGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISH

1.2. Ko`rgazmali qurollardan foydalanishning turlari va vazifalari
Pedagogika, psixologiya fanlarini oʻqitishda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish taʼlim oluvchilarning pedagogik yoki psixologik muammolarga oid bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishda hamda ularga oid muammolarning yechimini topishda katta yordam beradi. Darslarda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanishdan asosiy maqsad taʼlim oluvchilarning mavzuni oʻrganishlarida ularning diqqatini toʻplash, darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, oʻzlariga boʻlgan ishonchni uygʻotish hamda koʻrgazmalilik va tarqatmalilik asosida ularning bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishdan iborat. Shu oʻrinda, muhtaram Prezidentimizning «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday boʻlishi farzandlarimizning bugun qanday taʼlim va tarbiya olishiga bogʻliq», degan fikrlari soʻzimizning isboti boʻladi.
Quyida koʻrgazmali materiallar xususida ayrim fikr-mulohazalar bildirilgan. Koʻrgazmali materiallar yordamida bir vaqtning oʻzida muhokama qilinayotgan savol, axborotni ham eshitish, ham koʻrish orqali qabul qilish, shubhasiz, taʼlim oluvchilarning puxta bilim olishlariga yordam beradi. Bizga maʼlumki, koʻrgazmali materiallarning xilma-xil shakllari mavjud. Taraqqiyotning oʻzi bir tomondan fanni chuqur oʻzlashtirishni zarur qilib qoʻysa, ikkinchi tomondan turli-tuman yangi metodlar, koʻrgazmalilikni oshirish, texnika vositalaridan samarali foydalanish, ularni qoʻllashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi. Koʻrgazmalilik, odatda, xayolan koʻz oʻngiga keltirish bilan yoki namoyish qilish bilan taʼminlanadi. Koʻrgazmali materiallar: nomoddiy, texnik va moddiy turlarga boʻlinadi.
Nomoddiy koʻrgazmali materiallar deyilganda, dars jarayonida soʻz bilan oʻqituvchi tomonidan maʼlumotlarni yodga tushirish, taʼlim oluvchilarning xayolida gavdalantirish mumkin boʻlgan ichki, xayoliy tushunchalar, yaʼni adabiyot, sanʼat asarlari, badiiy film, badiiy asar qahramonlari, hayotda yuz beradigan turli voqea, hodisa va turli vaziyatlarni tasavvur qilish orqali hosil qilish tushuniladi. Darsni boshlaganda oʻqituvchi oʻtilgan mavzuni taʼlim oluvchilarning yodiga tushiradi. Oʻqituvchi yangi mavzuni boshlar ekan, taʼlim oluvchilar diqqatini unga jalb qilish, fikrini yoʻnaltirish uchun adabiyot, sanʼat asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib berishi mumkin. Bu yangi mavzuni oʻrganishga taʼlim oluvchilar ruhi va kayfiyatini tayyorlaydi.
Masalan, «Pedagogika» fanidan «Taʼlim nazariyasi» mavzusini boshlashdan avval auditoriyaga quyidagicha murojaat qilish mumkin: «Taʼlim nazariyasi», «taʼlim jarayoni» yoki «taʼlim tizimi» deyilganda nimani tushunish mumkin? Ushbu savollarga taʼlim oluvchilar oʻzlari oldindan bilgan, oʻqigan, eshitgan maʼlumotlarga tayanib, koʻz oldilariga keltirib, oʻz fikr va mulohazalarini bildiradilar. Texnik koʻrgazmali materiallar deyilganda, taʼlim vositalarini tushunish mumkin. Chunki pedagogikada taʼlim vositalari koʻrgazmali material sifatida qaraladi. Bugungi kunda, uzluksiz taʼlim tizimini texnika vositalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Taʼlim vositalari deb, oʻqitilishi va oʻrganilishi lozim boʻlgan har qanday bilimlarni yetkazuvchi va axborot tashuvchi vositalarga aytiladi. Taʼlim vositalari uch turga boʻlinib oʻrganiladi: bosma, texnik va aniq oʻquv vositalari. Bosma yoki chop etilgan oʻquv materiallariga chop etilgan barcha oʻquv va koʻrgazmali materiallar kiradi. Bosma materiallar oʻz navbatida ikki turga boʻlinib oʻrganiladi, bular: matnli va tasvirli bosma materiallar. Masalan, oʻquv yoki ishchi dasturlar, darsliklar, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, tarqatmali materiallar, ishchi varaqalari, nazorat yoki topshiriq varaqalari, oʻquvuslubiy majmualar, maʼruza matnlari va boshqalar matnli vositalarga misol boʻladi. Ular maʼlumotlar olish va maʼlumotlarni qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Tasvirli koʻrgazmali materiallarga slaydlar, diagrammalar, jadvallar, fotosuratlar, chizma-sxemalar, plakat kabilar misol boʻladi. Ulardan umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun foydalaniladi. Texnika vositalarini ikki turga boʻlish mumkin: audiovizual, audiovirtual yoki yordamchi-jihozli.
Audiovizual vositalarga kompyuter, proyektor, kodoskop, kinoapparat, kompakt disklar, oʻquv televideniyesi, videomagnitofon, videofilm, audiokassetalar, Power Point materiallari, elektron darsliklar, multimedia vositalari kabilarni misol qilish mumkin. Audiovirtual vositalarga internet, masofaviy taʼlim kabilar misol boʻladi. Ushbu vositalar jarayonlar va ishlash mexanizmlari toʻgʻrisida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi-jihozli vositalarga doskalar (oddiy boʻr doska, oq (flipchart) doska, magnit doskasi, «Pinbord» doskasi), parta, stul, stol kabilar kiradi. Ushbu vositalar tasvir va matnni yozish hamda saqlash uchun xizmat qiladi. Aniq vositalar ikki turga boʻlib oʻrganiladi: haqiqiy va modelli. Haqiqiy taʼlim vositalari oʻrganilayotgan obʼektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirishga xizmat qiladi. Masalan, taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan binolar, mashina, traktor, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, xomashyolar, asbob-uskunalar va shu kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Modelli vositalarga esa, modellar, maketlar, trenajyor kabilarni misol qilish mumkin. Oʻrganilayotgan obʼektning modeli orqali u haqidagi tasavvur va maʼlumotlar hosil qilinadi. Taʼlim vositalari foydalanilishi jihatidan uch qismga ajratiladi: «taʼlim beruvchi uchun», «taʼlim oluvchi uchun» va «dars oʻtkazish uchun».
Dars oʻtkazish uchun vositalarni oʻqituvchi umumiy boʻlgan holatda tanlaydi, yaʼni ushbu vositalar ham taʼlim oluvchi uchun, ham taʼlim beruvchi uchun samarali boʻlishi talab etiladi. Ushbu taʼlim vositalarini qanday, qayerda, qachon tanlash kerakligi va ulardan oʻz oʻrnida samarali foydalanish oʻqituvchining bilimi, koʻnikmasi va mahoratiga bogʻliq boʻladi. Taʼlim beruvchi uchun vositalarga oʻquv-metodik qoʻllanmalar, metodik tavsiyalar, metodik ishlanmalar, oʻquv dasturlari, dars rejasi, maʼruza matni, texnologik xarita, kalendar reja kabilar kiradi. Taʼlim oluvchi uchun vositalarga darslik, oʻquv qoʻllanma, jadvallar, yoʻl-yoʻriqli, texnologik xaritalar, topshiriq varaqalari va hokazolarni misol qilish mumkin.
Dars oʻtkazish uchun vositalarga plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audio-vizual, audiovirtual vositalar, texnik, aniq vositalar kabilar kiradi. Baʼzi hollarda taʼlim oluvchi uchun moʻljallangan taʼlim vositalari taʼlim beruvchi uchun ham, dars oʻtkazish uchun ham qoʻllanilishi mumkin. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini toʻldirishi kerak.
Har qanday fanni o‘qitish metodikasi, Po‘lat E.S.ning fikricha, ta’lim jarayonida turli o‘quv qurollaridan foydalanishni nazarda tutadi. O‘quv qurollarining muayyan turlaridan foydalanish bolalarni o‘rganilayotgan fanning mohiyati va usullari bilan tanishtirish imkonini beradi. O‘quv qurollari turlarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga, didaktik funktsiyalarga ega bo‘lganligi sababli, bitta qo‘llanma har doim ham o‘rganilayotgan ob'ekt haqida to‘liq ma’lumot bera olmaydi, o‘rganilayotgan materialning butun mazmunini ochib beradi. Shuning uchun darsda o`quv qo`llanmalaridan kompleks tarzda foydalaniladi.
Ta’lim vositalari ta’lim va tarbiya jarayoniga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biridir. Mashg‘ulot mazmunining ko‘rgazmaliligi bilan bir qatorda, ularning o‘quvchilarning tasavvurini, tafakkurini rivojlantirish, malakalarini shakllantirish, bilimlarni mustahkamlash va ulardan amaliy foydalanishdagi o‘rniga ham e’tibor qaratish lozim.
O‘quv qurollarini kompleks qo‘llashda vositalardan biri etakchi rol o‘ynaydi: qolganlari uni to‘ldiradi.
Ko`pgina o`quv qurollaridan foydalanish o`qituvchidan har bir dars uchun puxta reja (stsenariy) tayyorlashni talab qiladi. Buning uchun o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish tamoyillari va ular bajarishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida bilim talab etiladi. Hozirgi zamon pedagogikasi ta’lim vositalarining ma’nosini nafaqat o‘rgatilayotgan bilimlarni ko‘rsatishda ko‘radi, balki eng avvalo, ularni o‘quvchi shaxsiga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan mustaqil bilim manbai deb biladi.
Pressman L.P. boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarni o‘qitishda ko‘rinishga alohida o‘rin beradi, chunki bu ularning bilimlarni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlariga mos keladi. Ko‘rgazmali qurollar sezgi a’zolariga (ko‘rish, eshitish va boshqalar) ta’sir ko‘rsatib, har qanday obraz, tushunchaning ko‘p qirrali, to‘liq shakllanishini ta’minlaydi va shu orqali bilimlarni yanada mustahkam o‘zlashtirishga, ilmiy bilimlarning hayot bilan bog‘liqligini tushunishga yordam beradi.



Yüklə 108,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə