O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə55/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
majmua

Амалий ўйинлар – муайян амалий ҳаракатларнинг ташкил этилишини имитациялаш имкониятини берадиган ўйинлар

  • Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi.

  • Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.

  • O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg‘aygan sari o‘yinning roli biroz kamayib boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi”.

    Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

    • ta’lim samarasi yuqoriroqbo’lgan o’qish-o’rganish;

    • ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;

    • ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;

    • ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;

    • ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;

    • amalda bajarish orqali o’rganilishi;

    • ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

    Shunday qilib, fanlarni o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o’rganish va amalda qo’llash o’quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to’g’ri echimini topishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o’quvchi-talabalarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.
    Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum bo’ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz.
    Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.

    Yüklə 199,56 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə