O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/77
tarix01.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#99888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterina

Tovush yuksakligi
- tovush sifatini aniqlovchi xarakteristika 
bo’lib, odamning eshitish organi orqali subyektiv ravishda aniqlanadi va u 
chastotadan bog’liqdir. Chastota oshishi bilan yuksaklik oshadi, ya’ni tovush 
"yuqori" bo’ladi. Tembr esa tovush energiyasining chastotaga qarab 
taqsimlanishini xarakterlaydi. 
Tovush ham yorug’lik kabi ko’plab informasiya manbaidir. Shuning uchun 
ichki organlarning funksiyasi buzulsa, tovush ham o’zgaradi. Kasallik 
diagnostikasida tarqalgan tovushiy usuli - 
auskultasiya
(bemorni eshitib ko’rish) 
eramizgacha bo’lgan 2 asrdan beri ma’lum. Auskultasiya uchun stetaskop yoki 
fanendaskopdan foydalaniladi.
O’pkalar auskultasiyasida nafas shovqinlari, kasallik uchun xarakterli 
bo’lgan xirillashlarni tinglaydilar. Xuddi shunday yurak faoliyatini eshitish 
mumkin. Yana bir tovush usuli 
- perkussiya
- tiqqillatib ko’rish. Organizmning 
turli qismlarini bolg’acha yoki qo’l bilan tiqqillatib ko’rishda majburiy tebranishlar 
yuzaga keladi. Bu tovushga perkuter tovush deyiladi. Yumshoq joyga (muskul, 
yog’, teri) urganda qisqa to’lqin hosil bo’ladi va tez yutiladi. Agar elastik qismiga 
urilsa rezonans bo’lib, perkuter tovush kuchayishi mumkin va u ancha baland 
tovush hosil qiladi. Agar organizmda potologik o’zgarishlar bo’lsa tovush 
o’zgaradi. 
Hayvonlar tovush chiqarish organlari turlichadir. Ular tovushdan ov qilish
aloqa vaositalarida ishlatadi. Hamma hayvonlarda ham ovoz chiqarish organlari 
mavjud emas. Shu sababli ovoz chiqarish uchun ular boshqa organlardan 
foydalanadi (qanotlar, oyoqlar va hakazo).
Bo’g’in oyoqlilar
ishqalanish yoki bir organning ikkinchisiga urilishi, 
menbranalar vibrasiyasi (qanotlar), tirqish orqali havo o’tkazish tufayli tovush 
chiqaradi. Ularning akustik spektri murakkab, chastotasi yuqori (2 k Gs atrofida). 
M: pashsha, ari, chibinlar qanotini qoqishi tufayli tovush chiqaradi. 
Baliqlar -
ularning chiqaradigan tovushi asosan tanasining u darajada silliq 
bo’lmasligi tufayli suzish vaqtida suv bilan ishqalanishidan paydo bo’ladi. Shu 
bilan birga har bir baliq o’ziga xos tovush chiqaradi. M: stavrida g’ijirlashga 


10 
o’xshash tovush chiqarsa, lesh xurrakga o’xshash, dengiz karasi esa tiqqillashga 
o’xshash tovushlar chiqaradi. Baliqlar asosan suzuvchi shishiragi yordamida 
tovush chiqaradi. Uning ichida havosi bor. Buni harakatga keltirish uchun baliqlar 
yonboshida joylashgan baraban muskullarini ishga soladi. 
Qushlar
- ularning tarqatadigan tovushlarining ko’pchiligi tovush 
organlaridan emas, balki qanotlari, tumshuqlari, oyoqlaridan chiqadi. M: turnalar - 
tiqqillagan tovushni tumshuqlarini yopish va ochish yordamida chiqaradi. Lekin 
asosiy rolni nafas tovushlari o’ynaydi. Tanglayida 2 ta menbrana mavjud - tashqi 
va ichki. Uning ish prinsipi Bernulli qonuniga asoslangan. Havo tez o’tishida ovoz 
chiqaradi. Qushlar asosan 20 Gs - 12 kGs chastotali, ba’zilar esa hatto 30 - 50 kGs 
chastotali ultratovushlar chiqarishi mumkin. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə