O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/77
tarix01.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#99888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterina

Sut emizuvchilar
- ular asosiy tovushni yuqori tanglay orqali hosil qiladi. 
Bunda, og’iz, burun, hattoki o’pka ham ovoz chiqarishda ishtirok qiladi. Ular 
chastotasi bir necha gersdan yuzlab kilogerslargacha (ko’rshapalaklar). Ba’zi 
jonivorlar uchun qabul qilish mumkin bo’lgan eng yuqori chastotalarni keltiramiz: 
odam 20 kGs, shimpanze 30, it 60, mushuk va delfin 100, ko’rshapalaklar 150, 
kabutarlar 12 kGs., tovuqlar 12 kGs. 
Chastotalari 20 kGs.dan yuqori bo’lgan elastik to’lqinlarga 
ultratovushlar
deyiladi (10
9
-10
13
Gs tovushlar gipertovushlar). Ultratovushlar asosan 2 yo’l bilan 
hosil qilinadi. 1 - teskari pyezoeffekt hodisasi, 2 - magnitostriksiya hodisalariga 
asosan. Ultratovushdan lokasiya, ya’ni kemalarda dengiz chuqurligini, baliqlar 
to`dasini (suvda ultratovush kam yutiladi) aniqlashda foydalaniladi. Ultratovush 
defektaskopiyasi, ya’ni defektlarni topishda qo’llaniladi. 
Tabiatda ko’rshapalaklar va delfinlar ham ultratovush chiqarib o’zining yo’lini 
topib oladi, ya’ni chiqargan to’lqinlarning to’siqlardan qaytishiga qarab yo’lni 
topadi. Ultratovush yordamida bir - biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikni 
aralashtirish mumkin. Ultratovushning Dopler effekti yordamida yurak klapanlari 
harakatining xarakterini o’rganadilar. Qon oqimi tezligini o’lchash mumkin. 
Terapiya maqsadlarida 800 kGs chastotali ultratovushlar ishlatiladi. Ularning 
o’rtacha intensivligi 1 Vt/sm
2
. nurlovchi qism va teri orasiga biror suyuqlik (m: 
yog’) qo’yiladi, chunki hatto yupqa havo qatlami ultratovushning organizmga 
o’tishiga to’sqinlik qiladi. To’qimaga qilinadigan mexanikaviy va issiqlik ta’siri 
ultratovush terapiyasi asosida yotgan birlamchi mexanizmdir. Ultratovush 
xirurgiyada "skalpel" vazifasini bajaradi. Oddiy skalpeldan farqli o’laroq 
ultratovush skalpeli juda ingichka qirqsa, ikkinchidan ma’lum energiyali tovush 
qonsiz kesadi. Bir vaqtning o’zida ultratovush tikib (payvandlab) ketadi. 
Farmosevtikada dorilar tayyorlashda ishlatiladi, ya’ni suyuqliklar ichidagi 
jismlarni parchalab emulsiya hosil qiladi. Ultratovush ishtirokida tayyorlangan turli 
xil dorivorlar emulsiyalari o’pka kasali, yuqori nafas yo’llari qatori, bronxeal 
astma kabi kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda shkastlangan yoki 
transplantasiyalangan suyak to’qimalarini "payvandlash"ning yangi usuli 
(ultratovush ostiosintezi) yaratildi. Ultratovushning mikroorganizmlarga halokatli 
ta’siri moddalarni stirlizasiya qilishda foydalanilmoqda. Ko’rlar uchun "Orentir" 
asbobi yaratilgan bo’lib u 10 m.gacha uzoqlikdagi jismlarni bilib olish va ularni 


11 
qanday xarakterda ekanini aniqlash mumkin. Ultratovushning issiqlik ta’siridan 
opuxullarni (o’simta) yemirishda ishlatiladi. Kichik intensivli ultratovushlar (1,5-3 
Vt/sm
2
) o’simliklarning o’sishiga yordam beradi, bronxial astma, radikulitni 
davolashda, katta intensivlikli ultratovush (30 Vt/sm) organizmga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. 
Veterinariyada - 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə