O‘zbekiston respublikasi oliy va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 5,11 Mb.
səhifə8/33
tarix20.04.2023
ölçüsü5,11 Mb.
#106426
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
ulbo\'sin opaniki

Norvegiya ta’lim tizimi
Dastlabki maktablar 12-asr boshlarida ochilgan. 1848 yili 7 yoshdan 13—14 yoshgachabo‘lganbolalaruchunmajburiyta’limjoriyetildi, 1968 y. 16 yoshgachaetkazildi. Hozirgi ta’­lim tizimi maktabgacha tarbiya muassa­salari, 6 yillikkichikva 3 yilikyuqorimajburiymaktablar, o‘rtaumumiyta’­limmaktabi — gimnaziyalar, hunar-texnika vao‘rtamaxsuso‘quvyurtlarinio‘z ichiga oladi. Oslo, Bergen, Tron­xeym, Tromsyodagiuniversitetlar va 10 ta institut oliyta’limberadi.
Daniya ta’lim tizimi
Daniya ta’lim tizimining ilk bo‘g‘ini‒bolalar bog‘chalari 6 yoshdan bolalar uchun 9 yillik majburiy ta’lim joriy etilgan.
Boshlang‘ich maktablarda o‘qish muddati 7 yil, kichik o‘rta (real) maktablarda 3yil, yuqori o‘rta maktab (gimnaziya)larda 3yil, hunar-texnika bilimyurtlarida1‒3 yil. 5 ta universitet, 3 texnika universiteti, 20 ga yaqin institut va kollejlarda oliy ma’lumot beriladi. Yirik oliy o‘quvyurtlari: Kopengagen (1479 yilda asos solingan) va Orxus (1928 yilda asos solingan) universitetlari, Daniya muhandislik akademiyasi, Kopengagen texnika universiteti.

Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSh, Fransiya, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular, garchi, umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin mavjud mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi. Masalan, Yaponiya ta’lim tizimida «Oila» omiliga katta e’tibor berilgan. Amerika yoki Fransiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar joriy etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda o‘zini oqlagan va samara bergan modellarni o‘zga davlatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab yoki tatbiq etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, milliy hamda respublikamizga xos bo‘lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tizimlari yaxlit ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-ma’naviy ierarxiyasi (hukmronligi)ning uzviy mushtarakligidan tashkil topgan.


Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni еtishtirishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi еtakchi vazifalardan biri ta’lim mazmunini yangilash, yosh avlodning aqliy-intellektual taraqqiyotini ta’minlashga yoʻnaltirilgan uzluksiz ta’lim-tarbiyaning yangi modelini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlagan holda muntazam takomillashtirib borishdan iborat. Chunki ta’lim-tarbiya bosqichlarida fan asoslarini yaxshi oʻzlashtirgan mutaxassis ishlab chiqarishning barcha sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsata oladi, jamiyatning taraqqiyotiga hissa qoʻsha oladi. Buning uchun ta’lim oldida turgan muhim vazifa ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etishdir. Ta’limning yuqori saviyada boʻlishi oʻqitishning har bir bosqichida ta’lim mazmunini toʻgʻri belgilanishiga, oʻqitish usullarining toʻgʻri tanlanishiga bogʻliq.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
Barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi.
Bizga kirib kelgan ta’lim texnologiyalari, interfaol usullar, ta’lim jarayonini axborotlashtirish, ta’limning audiovisual vositalarini yaratish va fanlarni oʻqitish jarayoniga qoʻllash sohasida respublikamizda metodikaning takomillashuviga zamin yaratdi. Oʻzbekistonda oʻqitish jarayoniga interfaol usularni tadbiq etish boʻyicha B. Farberman, D.Safin, R.Musina, Q.Husanboyeva, Sh.Yusupova, S.Odilova, F.Egamberdiyeva, Q.Qiyasova, M.Jumaniyozova, A.Hayitov, N.Boymurodov kabi tadqiqot ishchilar oʻrta, oʻrta-maxsus va oily ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga interfaol usullarni qoʻllash muammosini koʻtarib chiqdilar, uning afzallik tomonlarini yoritib berdilar. J.Yoʻldoshev, S.Usmonov “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish”5, R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayevlar “Ta’limda innovatsion tenologiyalar”6 deb nomlangan kitobida pedagog-oʻqituvchilar uchun amaliy tavsiyalar berganlar. Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasining ham umumjahon standartlariga mos rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Matematika ta’limi sohasida ham oʻzgarish, rivojlanishlar jadallashdi. Matematika oʻqitish metodikasining izlanish, ijodiy yondashish, kashfiyot qilish tizimiga oʻtishini еngillashtirdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kashfiyot ta’lim tizimiga (ongli verbal-kognitiv ta’lim) asoslangan zamonaviy darsliklar, elektron oʻquv qoʻllanmalari bilan ta’minlashning yoʻlga qoʻyilishi matematika ta’limiga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni jadal joriylashishiga sabab boʻlmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ-2133-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida bir nechta fanlar bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar va ularni multimedia ilovalari tayyorlangan. Masalan, B.S.Abdullayeva va boshqalar tomonidan boshlangʻich ta’limning 1- va 2-sinflariga matematika darslari uchun multimediyali oʻquv-metodik qoʻllanmalar yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi.
Oʻqitish metodlari, axborot texnologiyalari – darsning asosiy komponenti, darslarning harakatlantiruvchi kuchi sanaladi. Ular oldindan belgilab qoʻyilgan aniq maqsad yoʻlida oʻqituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasidir. Barcha fanlar kabi ona tilini oʻqitish samaradorligini oshirish ham interfaol usullardan foydalanishni taqozo etadi. Biz quyida sanab oʻtadigan oʻqitish usullari horijiy davlatlar ta’limi sohasida qoʻllanib kelinib, hozirda bizning ta’lim sohamizda yaxshi natijalar bermoqda.
Texnologiya – tuzilma, didaktik maqsad, yangi vazifalarni belgilab olishdan boshlanib, jarayonni bir butun yaxlitlikda yoʻnalishini nazarda tutadi. Pedagogik texnologiyalarni tadbiqi borasida matematika ta’limi oldida quyidagi vazifalar turibdi:
-axborot texnologiyalari tadbiq etilgan elektron darslik va metodik qoʻllanmalar yaratish;
-mavzularning modulli dasturini yaratish;
-ma’ruza va amaliy mashgʻulot mavzusini aniq yorituvchi va yangi tushunchalarni talabalarning izlanishlari asosida egallashlashlariga yoʻnaltiruvchi pedagogik texnologiyalarni joriy etish va mashqlar tizimini ishlab chiqish;
-nazariy qarashlarni dalillovchi materiallar (tushunchalar) toʻplamini yaratish;
-har bir mavzu doirasida mustaqil ishlar mavzusini belgilash va metodik koʻrsatmalar ishlab chiqish.
Matematika o`qitish metodikasi eng avvalo matematika fani - o`zining tayanch fani bilan uzviy bog`liq. Boshlang`ch matematika metodikasi ta’limning boshqa metodikalari (ona tili, tabiyatshunoslik, rasm va boshqa fanlar) bilan bo`g`liq. Bu borada axborot texnologiyalari fanlar orasidagi bogʻlanishni to`g`ri ta’minlash, fanlarni integratsiyalash, dalillardan foydalanish, oʻquvchilar orasida tashabbuskorlikni yuzaga keltirish, ijodiy izlanish muhitini yaratish maqsadlarini amalga oshirish vazifasini bajaradi.
Texnologiya interfaol mihitni yuzaga keltiradi. Interfaol - soʻzi inglizcha soʻz boʻlib, “interact”: “inter” “oʻzaro” va “act” – “harakat qilmoq”, “oʻzaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Oʻzaro harakat turlariga “oʻqituvchi+talaba”, “talaba+oʻqituvchi”, “talaba+talaba” kabi muloqotlar kiradi7 . Matematika darslarida interfaol usullarning eng koʻp qoʻllanadigan usulu kognitiv (“bilim”, “bilish” ma’nosini anglatadi) usuli – u yoki bu shaklda jamoa muhokamasini tashkil etish usuli sanaladi. Shuningdek, eksperimental usul, modellashtirish, fasilitatsiya (inglizcha - osonlashtirish) usuli – guruh ishini aniq amaliy topshriqlar bilan bogʻliq, aniq qarorlar qabul qilish boʻyicha muhokama, faoliyatning aniq rejasini ishlab chiqish, manfaatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan usuldir. Matematikadan bilimlarni talabalarga еtkazishda qabul qilishning koʻrish (vizual), eshitish (audil), his etish (kinestetik) vositalariga asoslanilmoqda.
Bilimlarni talabalarga еtkazishda aqliy faoliyatga: oʻylash va izlanish, farqlash, guruhlash, umumlashtirishga undovchi, fikrlar xilma-xilligini ta’minlovchi “Aqliy hujum” yoki “Fikrlar hujumi”, “Venn diagrammasi”, “Toifalash jadvali” koʻp qoʻllanilmoqda. Bu metod jamoaviy ijodiy fikrlashni ham yuzaga keltiradi.
Matematika o`qitish metodikasi darslarini Qadimgi Gretsiyada keng qoʻllanilgan muammoli savol-javob, Qadimgi Hindiston va Xitoyda qoʻllangan muammoli bahs-munozaralardan foydalanib tshkil etilmoqda. “Nima uchun arifmetik amallari birinchi va ikkinchi guruh amallari deb ajratiladi?”, “Nima uchun arifmetik amallarni konsentrlarga boʻlib oʻrganamiz?” kabi muammoli savollar oʻrtaga tashlanadi. Bunda asosiy maqsad bilimlarni talabalarga tayyor holda berish emas, balki ularni mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlashga oʻrgatish, talabani muloqotga olib kirish maqsadi koʻzda tutiladi.
Muammoli ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish uchun oʻqituvchi matematikadagi muammoli masalalarni oldindan belgilab olishi va rejalashtirishi, talabalarni tayyorgarligini uyushtirishi lozim. Masalan, butun dars jarayonini qamrab oluvchi muammoli ta’lim texnologiyasini “Yuzlik konsentirida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi” mavzusi yuzasidan ishlab chiqish mumkin. Sababi matematika o`qitish metodikasi fanida arifmetik amallarni o`rgatishning o`rni beqiyos.
Matematika o`qitish metodikasi darslarida keng qoʻllanib kelinayotgan oʻqitish texnologiyalaridan biri “Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi” dir. Bunda oʻquvchilar kichik guruhlarga (juft, 5talik, 6talik va hokazo) boʻlinishadi va oʻzaro hamkorlikda berilgan topshiriqni bajarishadi. Yana jamoa boʻlib “Baliq skleti”, “Venn diagrammasi” , “Klaster” usullarida berilgan topshiriqlarni bajarish mumkin. Masalan, “Baliq skleti”dagi savollarga javob yozing. “On va yuzlik konsentirida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasining umumiy va farqli tomonlarini Venn diagrammasida ifodalang”. Bunda talaba bir-biriga oʻqituvchi-oʻrgatuvchi, oʻquvchi-oʻrganuvchi vazifasini bajaradi.
Xulosa qilib aytganda, talabaga beriladigan har bir topshiriq, tashkil etilayotgan mashgʻulot oddiy zerikarli dars boʻlib qolmasligi, balki zarur bilimlarni egallash metodi va vositasi sifadida xizmat qilishi lozim.



Yüklə 5,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə