O‘zbekiston respublikasi oliy va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 5,11 Mb.
səhifə4/33
tarix20.04.2023
ölçüsü5,11 Mb.
#106426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
ulbo\'sin opaniki

Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.
Xorazmiy dunyo faniga g`oyat katta hissa qo`shdi. U algebra fanining asoschisi bo`ldi. «Algebra» so`zining o`zi esa uning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala» nomli risolasidan olingan.
Uning “Hind hisobi haqida qisqacha kitob” risolasi hind raqamlariga asoslangan bo`lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o`nlik pozitsion sanoq sistemasi va shu sistemadagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bo`ldi.
Abu Rayxon Beruniy «Qonuni Mas`udiy» asarini 1037 yilda yozib tugatdi. Bu asar matematika tarixi, ayniqsa trigonometriya tarixida katta ahamiyatga egadir. Bunda Beruniy o`zidan oldin o`tgan olimlar tomonidan olib borilgan juda ko`p hisoblashlarga yakun yasaydi, o`zi tomonidan olib borilgan kuzatishlar va hisoblashlarni, o`tkazilgan tajribalarni bayon etadi.
Nasriddin Tusiy matematika va astronomiya sohasida 40 dan ziyod qimmatli asarlar yozgan. Bulardan eng muhimlari nisbatlar nazariyasi va sferik triginometriya sohasida yozilgan risola – “To`liq to`rt tomonlik haqida” va geometriya sohasida y`ozilgan “Qavoidul-handasa”, “Taxta va tuproq yordamida arifmetikadan to`plam” asarlardir.
Olimning arifmetika va algebra masalalariga bag`ishlangan “Taxta va tuproq yordamida arifmetikadan to`plam” (Jomiul-hisob bit-taxti vat-turob) asari katta ahamiyatga egadir. Bu asarda qo`shish, ayirish, ko`paytirish va bo`lish amallari, bu amallarni o`nlik pozitsion sanoq sistemasida bajarish qoidalari berilgan. Bu asarda sonlarni darajaga ko`tarish va sonlardan ildiz chiqarish amallari ham bayon etilgan.
Ulug`bek ilmiy maktabi asoschilaridan biri Salohiddin Muso ibn Qozizoda Rumiy fan sohasidagi muvaffaqiyatlari tufayli olimlar orasida “Aflotuni zamon” degan nom oladi. Rumiy astromomiya va matematikaga oid bir qancha asarlar yozgan. Ulardan eng asosiylari:
1) “Arifmetika haqida risola”;
2) “Sinus haqida risola”. Bu asarda rumiy bir gradusli burchakning sinusini hisoblash usulini beradi;
3) “Sinus choragi haqida risola”. Bu asar algebra va trigonometriya masalalariga bag`ishlangan.
Ulug`bek ilmiy maktabining yirik olimlaridan biri Jamshid ibn Mas’ud ibn Mahmud G`iyosiddin al-Koshiy yoshligidanoq o`z davrining еtuk matematik va astronom olimi sifatida shuhrat qozondi.
Jamshid Koshiy asarlari orasida juda katta ahamiyatga ega bo`lgan ikkita mashhur asari mavjud. Bulardan biri «Arifmetika kaliti» (Miftohul hisob) risolasi bo`lib, bu asar O`rta asr elementar matematikasining ensiklopediyasi hisoblanadi.
Ikkinchi asar «Aylana haqida risola» deb nomlanadi. Bu asarda Koshiy aylana uzunligining uning diametriga nibati () ni verguldan keyin 17 ta aniq raqam bilan topadi:
3,14159265358997932
Ulug`bek ilmiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, Ulug`bekning yaqin shogirdi, mashhur olim Aloviddin ibn Muhammad li Qushchi Ali Qushchi fanning turli sohalariga oid ko`plab asarlar yozib ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan.
«Hisob risolasi», bu asarni Qushchi 1425-yilda Samarqandda fors-tojik tilida yozgan. Bu asar uch qismdan iborat bo`lib, hindlar arifmetikasi (o`nlik sanoq sistemasi), astronomlar arifmetikasi (oltmishlik sanoq sistemasi) va geometriyadan iborat.
Fan xazinasini bebaho javohirlar bilan boyitgan bu iste’dodli olimlar o`rta asrlarda hukm surgan, feodal tuzumiga xos bo`lgan turli qarama-qarshiliklar va katta qiyinchiliklarni еngib, ilmiy ishlar olib bordilar. Ular zolim podsholar zulmiga, fitnachi amaldor va ruhoniylarning qilmishlariga qahr va g`azab bilan qaradilar, ularga la’natlar o`qidilar, zolim podsholarga bo`ysun-maslik maqsadida o`zlarining turar joylarini o`zgartirib turishga majbur bo`ldilar.
Bu olimlar urushlarni qoraladilar va uni fan xazinasini boyitgan ajoyib asarlarni yo`q qiluvchi, fan va madaniyatni taraqqiyotdan to`xtatuvchi bir ofat deb bilar edilar. Shuning uchun ham ular hamma vaqt tinchlik tarafdori bo`lib, tinch va osoyishtalik sharoitida ilmiy ish olib borish uchun kurashdilar.
O`rta asrlarda yashab, ijodiy ish olib borgan bu olimlar jamiyat ishlarida, shuningdek fan va madaniyat sohasida ham adolat o`rnatishni orzu qilar edilar. Barcha xalqlarning tinch-totuv yashab, fan va madaniyatning taraqqiyoti uchun birgalikda ijodiy ishlar olib borishini istar edilar.
Hozirgi zamonda “Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi” fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan olimlardan L.SH.Levenberg, A.M. Pishkalo, E.Yangabayeva, M.Axmedov, N.U.Bikboyeva, Z.G.Tadjiyeva, M.E.Jumayev, N.Abdurahmonova va boshqalarni aytish mumkin. Ular matematika o`qitish metodikasini o`rgatishda yangicha yo`ndashuvga asos solgan.

Yüklə 5,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə