Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat pedagogika instituti magistratura boʻlimi maktabgacha ta’lim kafedrasi



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə2/13
tarix06.05.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#108803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Dissertatsiya KAMARBASTA HAYDAROVA

MUNDARIJA
KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
I BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashning ilmiy- nazariy asoslari. . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashning ahamiyati va samarali shakl, vosita, usullari . . . . .
1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashda rivojlanish xaritasining tutgan o’rni. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
II BOB. Xorijiy tajribalar asosida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash texnologiyalarini aniqlash va ularning o’ziga xos xususiyatlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
2.1. Mariya Montessori metodikasida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashning o’rni
2.2. Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda xorijiy tajribalardan foydalanishning afzalligi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
III BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash mezonlaridan foydalanishga oid tajriba-sinov ishlari. . . . . . . . . . . . . . . .
3.1. Tajriba –sinov ishlari metodikasining mazmuni va mexanizmi. . . . .
3.2. Tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligi.. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Umumiy xulosa va tavsiyalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Ilovalar .
KIRISH
(magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi.Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash,uni mazmunan boyitish,ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik,texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish,mamlakatda olib borilayotgan ta’lim islohotlarining asosiy g‘oyasi sanaladi.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bo‘g‘ini hisoblanib,u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatning mo’jizasi, avlodlar davomchisi bo’lmish bolajonlar bor joyda xamisha hushchaqchaqlik, sokin bir davomlik va qizg’in xayot jo’sh uradi. Tinib- tinchimaydigan, o’ynab charchamaydigan, o’ta sersavol, o’tkir zexnli bolalarning xar biriga o’ziga hos yondashuv, har tamonlama rivojlanishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratish doim dolzarb bo’lib kelgan.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim masalalari, ta’lim tarbiya masalasi davlatimiz hamda yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb masalalardan biridir. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatarni tartibga solish”ga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan.1
Ayni paytda jahonda uzluksiz taʼlim tizimida, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, kelajakda ularda maʼnaviy-axloqiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan multimedia vositalarini yaratish, maʼnaviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning diagnostik tizimini takomillashtirish, ularda maʼnaviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrda respublikamizda maktabgacha ta’lim sohasida me’yoriy-huquqiy bazani tubdan takomillashtirish, ilg’or xorijiy tajribalar, ilmiy ishanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga integratsiya qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasidagi ilmiy, innovatsion-pedagogik faoliyatni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan konseptual islohotlar amalga oshirilmoqda.O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ 2707-sonli Qarori,2 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF 5198-sonli Farmoni,3 2017-yil 9-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ 3261-sonli Qarori qabul qilindi.4 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 4iyuldagi 1450-sonli “O‘zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i.5Oʻzbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari”, “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotining Davlat oʻquv dasturi hamda O‘zbekiston respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqotida muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə