Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat pedagogika instituti magistratura boʻlimi maktabgacha ta’lim kafedrasi


-§. Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda xorijiy tajribalardan foydalanishning afzalligi



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə9/13
tarix06.05.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#108803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Dissertatsiya KAMARBASTA HAYDAROVA

2.2.-§. Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda xorijiy tajribalardan foydalanishning afzalligi
Har bir jamiyat o’zining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy ravnaqi uchun ma’suliyatli vazifani his etadigan, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan manfaatdir. Zero, jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy zimmasiga har bir shaxs o’zining hayotidagi, o’z layoqati yo’nalishlarini kashf etishi, anglashi, xalq farovonligini oshirish yo’lida qo’lidan kelganicha samarali mehnat qilishi kabi ma’suliyat yuklangan. Jamiyatga yuklatilgan ushbu vazifalarni hal qilish ko’p jihatdan kelajak bunyodkorlarini tayyorlashga katta hissa qo‘shuvchi tarbiyachilarning kasbiy mahoratiga bog‘liq.
Bugungi kunda uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor har qachongidan ortib bormoqda. Ushbu ta’lim bosqichi keyingi ta’lim bosqichlarining poydevori ekani ham barchaga ma’lum. O‘zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko‘p bosqichli ta’lim tizimiga o‘tmoqda. O‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilayotgan ta’lim texnologiyalari shaxsni rivojlanishiga, mustaqil ishlashga o‘rgatishi zarur. Xorijiy tajribalarini o‘rganib, ularni mavjud sharoitimizga moslab tatbiq, amaliyotda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ma’lumki, respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimining boshlang‘ich poydevori bo‘lgan maktabgacha ta’limni sifatli va zamon talabi darajasida tashkil etilishini ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori13 qabul qilindi. Shu qaror bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dastur”ning asosiy maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlari qatorida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori14da mavjud tizimli kamchiliklar, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan sabablar ko‘rsatilgan. Ahamiyatli tomoni dunyo tajribasida hali kuzatilmagan yana bir qaror, ya’ni yurtboshimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-3305-sonli Qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga berilgan sharhda ta’kidlanganidek: «... bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda». “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsyepsiyasi” sida esa “...maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish” masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo‘yildi”.15
Yuqoridagi kabi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi.
«Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»16 va «Ilk qadam»17 Davlat dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Albatta maktabgacha ta’limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta’lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish (rivojlanish) markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir.
Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv yetarlicha tadbiq etilmayapti. Shu maqsadda tadqiqotchilar tomonidan tarbiyalanuvchilarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini va bilishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, vositalarini va metodikasini ishlab chiqish muhimdir.
Bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashayotgan davrda rivojlangan davlatlarda ancha ilgari shakllanganini inobatga olgan holda ular rivojlanishi, etimologiyasi, mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi yuzasidan tarbiyachilar kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Chunki bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim tarbiyachi va tarbilanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, hamkorlik va tanlash erkinligiga asoslanib, ta’lim oluvchini qadriyat sifatida e’tirof etilishi uchun sharoit yaratadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida ham Maktabgacha ta’lim tashkilotlar lariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligi ga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqiga egadirlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg`or pedagogik va axborot tehnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart -sharoitlarni ta’minlaydi. Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof pedagogikasi asosida ko‘riladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga i ntegral tarzda ta’limtarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari takdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb etilmagan 3 milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir suz bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga etkazish asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi-maktabgacha ta’limga o‘ziga xos yondoshuvni talab etar edi. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog’lom, aqlli, xushhulqli qilib tarbiyalash vazifasi quyildi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ham ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish uchun asosiy vazifalari belgilab berildi.
Turli yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviyishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o‘zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydi, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talab vujudga keladi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.
Mashg‘ulotlardagi o‘quv faoliyati orqali bolalar tevarak-atrofdagi tabiat, ijtimoiy hayot, kishilar to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirib oladilar. SHuningdek, ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi. Agar ta’lim jarayonida 3—4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to‘g‘risidagi aniq faktlarga qaratilsa, 5—6 yoshli bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim bog‘liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o‘qish asosiy faoliyat bo‘lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o‘zini maktab o‘quvchisi deb tushuna boshlaydi.
Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi bo‘ladigan o‘yin faoliyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rahbarligidagi o‘yinlar chog‘ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatlarini, o‘xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab yetadilar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o‘yinlar harakatlarning rivojlanishiga, makonda yo‘l-yo‘riqtopishga yordam beradi. Birgalikdagi o‘yinlarda bolalar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishning ahamiyatini anglab yetadilar va o‘zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavurlarini kengaytiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo‘ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. O‘yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to‘g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Muntazam mehnat topshiriqlari o‘z faoliyatini jamoat manfaatlariga bo‘ysundirish, ijtimoiy foyda keltirishga harakat qilish, mehnatning
umumiy natijalaridan quvonish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Mashg‘ulotlardagi eng oddiy o‘quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 3—4 yoshda
ta’lim paytida bolalarning e’tibori tabiat, odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5—6 yoshli bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o‘zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi, bu esa bolalarda tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. o‘zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.
Mashg`ulotlarda bolalar faoliyatni tashkil etish va bola egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini baholash jarayonini misol tariqasida biror ta`limiy faoliyat misolaida ko`raylik;
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda o‘quv yili davomida bola egallashi lozim bo‘lgan quyidagi talablar qo‘yiladi;
-Bolalar Ona Vatan va atrof-olam, buyuksiymolar, bayramlar,
Mashhur sarkardalar haqidagi bilimlarni egallaydilar;
-bolalar xalq amaliy san’ati, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalarini tahlil etadilar;
-buyumlarning bir necha xil belgilari va ulardan foydalanish
Haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi;
-buyumlarning yasalishi va ishlatilish tartibini o‘zlashtiradilar;
-odamning ichki a’zolari (yurak, jigar, oshqozon, o‘pka) va ularning joylashuvi, vazifalari haqida ma’lumot bera oladilar;
-bolalarga yo‘lda harakatlanish va ko‘chada o‘zini tutish qoidalarini
o‘zlashtiradilar.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.
Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi nazardan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turi, mazmuni va tuzilishi, ijtimoiy-tarixiy xarakteri yosh avlodga obektiv ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimda, san’atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.
Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik roli to‘g‘risidagi qoidadan kelibchiqib, uning o‘quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini faoliyatning har xil turlariga boy bo‘ladigan qilib uyushtirish zarur. Bunda ularga mazmunni boyitishga, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, mutsaqillikni rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta’minlanishi kerak.
Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug‘ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim, malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.
Shu yilning 6 noyabr` kuni davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonda yangi Milliy o'quv dasturini ishlab chiqishda xorijlik ekspertlar, jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini jalb qilish nazarda tutilgan.Mamlakatimiz ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishda nima uchun finlyandiyalik mutaxassislarni jalb qilish ko'zda tutilmoqda? Finlyandiya ta'lim tizimining o'ziga xos jihatlari nimalardan iborat? O’quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikr­lashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta'kidlagandi. Bu borada jahon tajribasida eng ilg'or mamlakatlardan biri sifatida Finlyandiya taj­ribasi misol qilib keltirildi.Bu mamlakat so'nggi yillar davomida bir qator xalqaro reytinglarda muntazam ravishda nufuzli o'rinlarni egallab keladi. Ular bunday natijaga ta'lim tizimiga kiritilgan sarmoya va bilimga asoslangan iqtisodiyotni yaratish hisobiga erishdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.Bilamizki, ushbu mamlakat bugungi kunda umumiy savodxonlik, tabiiy va matematika fanlari o'qitilishi bo'yicha dunyoda eng ilg'orlardan biri. Umuman finlar ta'lim sohasida izchil ravishda yuqori natijalarni egallab kelmoqda.Finlyandiyada ayni paytda asosiy e'tibor ta'lim sifatiga qaratilgan. Ta'lim jarayoni doimo mamlakat ishlab chiqarish sektori ehtiyojlari bilan chambarchas bog'liq kechadi. Ya'ni Finlyandiya ta'lim jarayonlariga yondashuvni o'zgartirish va o'quvchilarni imtihonga emas, hayotga tayyorlash evaziga ushbu ko'rsatkichlarga erishdi.Ushbu mamlakat ta'lim sifatini baholash bo'yicha o'tkazilgan xalqaro tadqiqotlardagi muvaffaqiyatlarini ham e'tirof etishimiz kerak. Fin o'quvchilari xalqaro tadqiqotlardagi barcha yo'nalishlarda savodxonlik va ta'lim tengligi ko'rsatkichlari bo'yicha eng oldingi o'rinlarda.
Mazkur tadqiqotlarda o'quvchilarning ma'lumotlarni eslab qolish qobiliyatiga emas, balki egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatda qo'llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati baholanadi. Ayni shu nuqtai nazardan ham ta'lim sohasiga o'quvchilarni yodlashga emas, fikrlashga o'rgatadigan o'qitish metodikasini joriy etishda Finlyandiya tajribasini o'rganish va tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Finlandiyada maktabgacha ta’limning bir nechta turi mavjud:
- Umumiy
- Xususiy
- Oilaviy
Finlandiyada maktabgacha ta’lim “Bolalarning bolaligi bo’lishi kerak” degan g’oyani ilgari suradi. Shuning uchun ham u yerda hamma narsa o’yin asosida tashkil etilgan. Bolalar bog’chasi 6:30 da ochiladi va 17:00 ga qadar ishlaydi. Bolalar bog’chasi qat’iy tartib asosida ish olib boradi. Bolala 8:00 da nonushta qilishadi shundan so’ng mashg’ulotlar boshlanadi. 9:30 da sayrga chiqishdi. Soat 10:30 da birinchi tushlik beriladi. 11:00da uxlashga yotishadi (13:00gacha). Kunduzgi uyqudan so’ng ikkinchi tushlikni qilib ish vaqti tugagunga qadar tashqrida sayr qilishadi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo’ljallangan xususiy va davlat tassarufidagi bog’chalar mavjud. Ular enaga yolashdan bir oz arzonroqqa tushadi. Lekin xar ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni yedirishadi, krovatlar, ko’rpa,to’shak, yostiqni ota-onalar olib borishadi. Bizdagidek taomnomalar o’quv dasturlari yo’q. Bolalar yozda atrofdagi ko’klamzorlarida o’ynab dam oladilar. Bu bog’chalarda ham bolalar yoshlarida qarab turli guruhlarda tarbiyalanadilar, ularga tarbiyashi mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi turli qo’shiqlar, she`rlar o’rgatadi, quvnoq o’yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o’uz uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o’quv dasturlari joriy qilinmagan.Lekin bolalar uchun haqiqiy ta`lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to’lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular tayyorlov bog’chalariga jalb etadilar. Ular hukumat tassarufida bo’lib bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «Maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo’l-tarnsport xodisalardan to’la muhofaza etilgan; sariq ranga bo’yalgan uning signallariga barcha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport vositalari quvib o’tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar.Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning asosini ularni maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshli bog’cha guruhlarida bo’lsalarda, lekin bu guruhlardagi ta`lim boshlang’ish sinfdagi ta`limga yaqin turib, amalda uning dastlabki bosqishi hisoblanadi. Maktabgasha tarbiya muassasalarning ta`lim dasturi ko’p jihatdan ota onlar bilan hamkorlikda ish olib borishga mo’ljalangan, u pirovard natijada bolalarni boshlang’ish maktablarga puxta tayyorlab berishga xizmat qilishi kerak. Bola dunyoga kelib, yig‘lay boshlaganda uni ovutish uchun alla aytiladi, “oppoq bolam”, “oltin bolam”, “qo‘zichog‘im” kabi so‘zlar bilan ovutiladi. Emaklash, yurishni boshlaganida esa “aqlli bolam”, “toychog‘im” deb erkalash orqali rag‘batlantiramiz. Yig‘lasa, yegulik bilan birga o‘yinchoq beramiz, yaxshiroq harakatlari yoki biron ijobiy natijalarini sezib-sezmay baholagan holda sovg‘alar bilan siylaymiz. Bunday harakatlarmillat,davlattanlamaydi.
Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarda baholash tizimi qanday? Bizdagi baho­lash tizimi sizga qanchalik ma’qul? Balki yaxshi tajribalarni o‘rganish kerakdir, shu maqsadda bir qator davlatlarda o‘quvchilar bilimini baholash bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etishni lozim topdik:
1) Ilmiy asoslangan diagnostik metodlarsiz bolalarning maktabga tayyorligini bilish mumkin emas:
2) Rivojlantiruvchi ta’lim samaradorligini kuzatib bo’lmaydi:
3) Turli metodlarning nisbiy maxsuldorligini, o’qitishning shakl va vositalarini baholash:
a) diagnostik metodlarsiz o’quvchilarning turli yosh davirlaridagi intellektual
rivojlanganlik darajasini belgilash o’ta mashaqqatli
b) o’quvchilarga individual yondashish uchun zarur bo’lgan ularning individual hususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni to’play olmaymiz.
Finlandiya maktablarida boshlang‘ich ta’lim 6 yil davom etadi, o‘qituvchilar tomonidan deyarli uyga vazifa berilmaydi. 2017-yildan aksariyat maktablar dars vaqti “ruchkadan voz kechishgan”, dars jara­yonida to‘liq kompyuter va planshetlardan foydalaniladi. Finlandiya ta’lim tizimi o‘qituvchilarning malakasiga tayanadi. 9-sinfdan keyin o‘qish litsey (lukio) va kasb-texnika maktablari(Ammatillinen oppilaitos)da davom etadi. Litseylar xuddi O‘zbekistondagi singari OTMga tayyorlaydi, 3 yil davom etadi.
Fin maktablarida o‘quvchilar bilimi uchun 1–3-sinflarda baho qo‘yilmaydi, 4–6-sinflarda og‘zaki motivatsion so‘zlar orqali baholash amalga oshirilsa, 7–9-sinf­larda va 2-3 yillik kollej, litseylarda 4–10 ball bilan baholanadi, 4 ball qoniqarsiz, 10 ball esa eng yuqori baho hisoblanadi.18
Buyuk Britaniya ingliz maktablarida uzoq vaqt davo­mida o‘quvchilar bilimini baholash uchun harflardan foydalanilgan. Baholash juda sodda — G dan A gacha, bu yerda G — eng past baho bo‘lsa, A — eng yaxshi baho. O‘rta maktabning birinchi sinfida (11-12 yoshlarda) o‘quvchi matematikani yoki ingliz tilini F darajada, keyingi sinfda E darajada, undan keyingi sinfda D darajada bilishi, shunday qilib 9 yildan keyin maktabni bitirguncha A darajaga yetib borish kerak bo‘lgan. Bunday baholashdan norozi­liklar ko‘p bo‘lgan. 2017-yildan buyon Angliyadagi maktablar raqamli ball tizimiga o‘tishni boshlagan. Endi o‘quvchilar fanlarni o‘zlash­tirishlariga qarab 2 baldan 9 balgacha to‘plashlari mumkin, 9 ball eng yaxshi ko‘rsatkichdir. O‘quvchilar har kuni baho olishadi. Shuningdek, fanlardan bilimlari muntazam ravishda test yordamida tekshiriladi. Maktab ma’muriyati chorak yakunida o‘quvchi va uning ota-onasiga hisobot jo‘natadi. Unda o‘quvchiga bilimi va mehnatsevarligi uchun baho beriladi. O‘quvchilar to‘g‘risida alohida fikrlar: “Yaxshi ishlaydi, yaxshi yutuqlarga erishadi, harakat qilsa, yanada ko‘proq yutuqqa erishadi” kabi yozuvlar bo‘ladi. Buyuk Britaniyada yomon bahoga (ikki bahoga) o‘qiydigan o‘quvchi yo‘q, deyishadi. Ustozlar o‘quvchilarning kamchiliklarini tuzatadi, ularni o‘rta holga keltirib, faollashtiradi, “4”chilar a’lochiga aylanib, natijada barcha bitiruvchilar OTMlarga kirishiga erishadilar.
Germaniyada ta’lim tizimi indivi­duallik, mustaqillik va intizomga yo‘naltirilgan. Bolaga hech kim birinchi sinfdan maktabni bitirguncha bosim o‘tkazmaydi, o‘zlashtirishga qiynalsa, hech kim unga yordamlashib, sudramaydi, erkalatish yo‘q, u uchun hech kim tashvishlanmaydi. O‘quvchiga o‘qishni taklif qilishadi, ammo vazifani bajarishga majburlashmaydi. Maktabni tugatishda esa hammadanbirxilso‘rovbo‘ladi.
Yaponiyada ta’lim uch bosqichga: boshlang‘ich maktab (1–6-sinflar) — shogakko, umumiy o‘rta maktab (7–9- sinflar) — chugakko, o‘rta maktab (10–12- sinflar) — kotogakko deb yuritiladi.Yaponiya maktablarida baholash tizimi qiziq. O‘quvchi bilim darajasi individual ravishda baholanmaydi. Chorak oxirida barcha o‘quvchilar bilim sifatining umu­miy foizi aniqlanib, butun sinf uchun o‘rtacha baho chiqariladi. Bunday baholash tizimidan hozirgi kunda ko‘pchilik ota-onalar norozi. Baholash 100 ballik tizimda amalga oshiriladi. Har bir topshiriq uchun 1–5 ball beriladi. Kichik xato (iyeroglifdagi yoki yarim bajarilgan topshiriq uchun) bo‘lsa, o‘qituvchi uchburchak qo‘yadi. Bu yarim ochko, to‘liq xato uchun tasdiq belgisi, to‘g‘ri javoblar uchun doira qo‘yiladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maktabda semestr boshida va oxirida jiddiy imtihonlar o‘tkaziladi. Buning uchun 2 yoki 3 kun ajratiladi va bolalar astoydil harakat qilishadi. Semestr boshida sinovlar 5 ta fan — yapon tili, matematika, kimyo-fizika-biologiya, tarix-jamiyatshunoslik va ingliz tilidan olinadi (yaponlar ingliz tilini faqat 7-sinfda o‘rganishni boshlaydi). Semestr oxirida 9 ta fandan, oldingilarga qo‘shimcha iqtisod-texnologiya (bitta fan), rasm, musiqa va jismoniy tarbiya(yozma test)-dan sinov olinadi.
Attestatdagi baholar 5 ballik tizimda, ammo ushbu baholar 100 balli testlar va darsdagi o‘zini tutishi asosida qo‘yiladi. Agar o‘quvchi 80–90 ball to‘plab, o‘zini yaxshi tutsa 5 ball, 60–80 ball to‘plab, o‘zini yaxshi tutgan bo‘lsa 4 balga ega bo‘ladi.
Janubiy Koreya hukumati tashkil topgan dast­labki yillarda Yaponiyaning eski maktablaridagidek baholash usuli ishlatilgan. Ya’ni, bu “Suumiyanga” deb atalgan. 2014-yildan o‘rta maktabning 3-o‘quv yiligacha (O‘zbekistonda 9-sinf) “Suumiyanga” o‘rniga harflar orqali S-A-B-C-D-E-F baholash usuliga o‘tildi. S — 90 dan 100 gacha, A — 80 dan 89 gacha, B — 70 dan 79 gacha, C — 60 dan 69 gacha, D — 40 dan 59 gacha, E — 20 dan 40 gacha, F—20 baldan kam.
Janubiy Koreyada boshlang‘ich ta’lim 6 yil davom etadi. Bir o‘quv yili ikki semestrga bo‘lingan. O‘rta ta’lim 3 yil va u majburiy. O‘quv yili 1-martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqa bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. O‘quvchi uchun axborot, chet tili (nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus,arabtillari)kabitanlovfanlarimavjud.
Rossiyada 5 ballik tizim 1937-yildan rasmiy belgilangan. “1” — past o‘zlash­tirish, “2” — qoniqarsiz, “3” — qoniqarli, “4” — yaxshi, “5” — a’lo. “1” baho deyarli qo‘yilmagan, natijada “5” ballik emas, “4” ballik tizimga amal qilinadi.
O‘zbekistonda o‘quvchilar bilimini baholash me’yorlaridan barchamiz xabar­dormiz. Bir necha yil davomida turli ko‘rinishdagi baholashlardan charchab, 5 ballik tizimga qaytib oldik. Joriy nazorat — so‘rovlar, yozma ish yoki testlar tarzida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi. Oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholashuchunamalgaoshiriladi.



Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə